«Tasdiqlayman» sonli umumiy o`rta ta’limi maktabi direktori
-mavzu: Bir og`iz shirin so`z
Download 0.79 Mb.
|
TARBIYAVIY SOAT KONSPEKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sahna ko`rinish” mashqi.
6-mavzu: Bir og`iz shirin so`z. (filologiya fani oyligi doirasida) Jamoat joylarida telefondan foydalanish.
Kun shiori: Har so`z ila elga o`lumdinnajot, Ham so`z ila topib o`liktan hayot. Alisher Navoiy Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, so`zning inson hayotidagi o`rnini to`g`ri tushuntirish, so`z sehriga bo`lgan hurmatni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish . Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning “So`z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada:“Ba’zi bir so`zda sehr bordir” Hadis O`qituvchi: O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira, yozuvchi va ma’naviyat targ`ibotchisi Tursunoy Sodiqovaning quyidagi sehrli so`zlaridan o`zlaringga xulosa chiqarib olasizlar degan umiddamiz. Har qanday odamni o`zingizga qaratishda, turmushingizni qayta yaratishda, atrofga ma’ni va go`zallik nurlarini taratishda so`zga teng keladigan boshqa qurol yo`q! Siz o`zingizdan avval so`zingizni asrang: u-gavhar, tejab ayting, joyini topib ayting, randalab, shibbalab ayting, har bir so`zingiz bir uzukka ko`z bo`lsin! So`zni chaynamang, ming`irlamang, har bir harfni o`z ohangi, rangi bilan tiniq talaffuz qiling! Quvonchli so`zni quvnab ayting! Xafa so`zni hasrat bilan ayting! “Urg`u” degan oltin tayoqcha bor, kerak so`zni topib tegizsangiz, jumla jaranglab ketadi! Bu degani gapingiz albatta tinglovchining yuragiga yetadi! Siz avval o`zingizni emas, so`zingizni kiyintiring: odamlarning qulog`ini og`ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so`z bilan yetishni orzu qildingizmi, shunday aytingki, so`zingizni havoday shimirsinlar, gul hidlaganday vujudlari yayrab ketsin. Topshiriq: “Sahna ko`rinish” mashqi. Bunda o`quvchilar jamoat joylarida telefondan foydalanayotgan holatni ochib beradilar. (Sahnada o`quvchilarning holati, so`zga qanday urg`u berayotganligiga e’tibor qaratish) Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling