Tasdiqlayman” “Tasdiqlayman” 51- sonli maktab ma`naviy-ma`rifiy 51-sonli umumiy o`rta ta`lim ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari maktabi direktori
Download 2.32 Mb.
|
51-makatba Синф дафтари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vasiylik belgilanmagan bola Yetim va ota-onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlari
13 TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI 1.Maktabga chiqib kelayotganda salomatligingiz joyidaligiga ishonch xosil qiling. 2.Maktabga sinfdoshingiz bilan birga qatnashga erishing. 3.Yo`lni kesib o`tayotganda avval chap, so`ngra o`ng tomonga qarab so`ngra o`ting. 4.Maktabga qatnayotganda yo`l chetidan yuring. 5.Uydaligingizda ota - onangiz qaramog`ingizda bo`lib, so`ramay biror yoqqa ketib qolmang, maktabda sinf rahbari qaramog`ida bo`lib, so`ramay biror yoqqa ketib qolmang. 6.Uyda, maktabda, ko`chada va boshqa yerlarda bolalar ( yoki qizlar ) bilan urushmang, so`kishmang, xazillashmang. 7.O`qituvchi, sinf rahbari, maktab ma`muriyati, ota - onangizning xavfsizlik bo`yicha ogohlantirishlariga so`zsiz amal qiling. 8.Maktab va ko`chalardagi turli shanbaliklarda sinf rahbari nazoratida bo`lish, o`zboshimcha harakat qilmaslik. 9.Hunarga o`rgansangiz, darsdan so`ng o`rganing! 10.Transport vositalariga osilmang. 11.O`zboshimchalik bilan texnik nosoz ( yoki soz) velosiped, motorli velosiped, mototsikl va avtomobil, traktor turlarini xaydamang. Quyidagi buyum va o`yinlar Salomatligingizga xavf solishini ogoxlantiramiz: uchli narsalar -bigiz, sim, tsirkul, igna, ilgak, ruchka, qalam, novda, kegay, kamon o`qi, haskash, beshlik, qoziq, chizg`ich, mix, tikan, shpris ninasi, vilka, qoshiq... turli narsalar - pichoq, qaychi, chopqi, tesha, bolta, lapotka, ketmon, o`roq, olmos, shisha va ampula sinig`i, DVD disklar, banka qapqoqlari, chinni, piyola va kosa idishi sinig`i, makka va supurgi poyasi novdasi, tunuka qiyqimlari, randa, poytesha, andava, jodi... portlovchi vositalar - pirotexnik buyumlar, gazli shar, karbit, gugurt dorisi, oltingugurt, yasama portlovchi moslamalar, benzin, tabiiy gaz va turlari...o`yinlar - eshak mindi, tog`ara bosdi, quloq cho`zma, oq terakmi ko`k terak, arqon tortish, muz surish, qorbo`ron otish, cho`loq chumchuq, uloq, urush - urush, quvlama qoch, ragatka otish. 12.Yer qimirlaganda binolar ichida qolmang, keng yerga chiqib o`tirib oling. 13.Shamol bo`lganda stolba, daraxt, eski devor va binolar, baland tahlangan plitalar, yog`ochlar tagida turmang va ustiga chiqmang, chuqur ariq, hovuz, kanal, zakan, zovur, daryo, ko`l kabi suv havzalari atrofida yurmang. 14.Qish mavsumida katta transport yo`llarida chana, konki, chang`i, muz uchmang, muzlagan ariq, hovuz, kanal, zakan, zovur, daryo, ko`l kabi suv havzalarida sirpanmang. 15.Bahor, yoz, kuz faslida chuqur ariq, hovuz, kanal, zakan, zovur, daryo kabi suv xavzalarida cho`milmang. 16.Bahor, yoz, kuz fasllarida shaxslar va davlat yetishtirayotgan ekinlar orasida uxlab qolmang. 17.Umr va salomatlikka xavf soluvchi tabiiy gaz asboblari, gaz duxovka, gaz xisoblagich, zajigalka, qo`lbola pechlar, pilta, kotyol, gaz trubaning uloq joylari va vintellar ish faoliyatini o`zboshimchalik bilan tekshirmang. 18.Umr va salomatlikka xavf soluvchi elektr toki bor televizor, magnitafon, radio, DVD, kompyuter, elektr isitgichlar, suv isitgich, zaryad oluvchi asboblar, gaz tortish moslamalari. elektr sandal, qo`lbola elektr isitgichlar, dendi, tefal, elektr simlari, •elektr asboblar va qismlari ish faoliyatini o`zboshimchalik bilan tekshirmang. 19.Yerda yotgan ochiq ( yoki yopiq ) simlarga tegmang, kattalarga habar bering 20.Dori - darmonlarni o`zboshimchalik bilan ichmang. 14 21.Betoblanganingizda ma`lumoti yo`q shaxslarga ukol, sistema va hakozo qildirmang! 22.Betoblanganingizda o`z vaqtida shifokorga uchrang! 23.Zaharli ximikat va ularning turlarini, ushlamang! 24. Voyaga yetgan sari ruhiyatingizga e`tibor bering 25.Qishloqdan tashqari yerlarga, uzoq qarindoshlarnikiga yolg`iz bormang. 26.Kech bo`lganda ko`chada sanqib yurmang. 27.Yot mashinalarga chiqmang, yot kishilar bilan muloqotda bo`lmang. 28.Mahallada shubha uyg`otuvchi shaxs paydo bo`lsa, zudlik bilan kattalarga xabar bering. 29.Televizor, DVD va uning turlari vositasida turli buzuq kinolar ko`rmang. 30.Uyingiz, o`zga xonadon (va boshqa) manzillarda bazm, tug`ilgan kun, bitirish kechasi, sumalak, bayram tadbirlari, diskoteka va boshqa tadbirlar uyushtirmang! 31.Dinni niqob qilib olgan shaxs yoki guruhlar ta`siriga tushib qolmang. 32.Diniy bilim olmoqchi bo`lsangiz, 9 - sinfdan so`ng maxsus bilim yurtlari mavjud. 33.Uyga olib kelayotgan narsa - buyum, pul va boshqa narsalarni kimdan, qayerdan, nima uchun olganingizni ota - onangizni xabardor qiling. 34.Chorva hayvonlarini boqqaningizda davlat va o`zgalar mulkini toptamasin, asrab - avaylashingiz shart (Biling, bu ham noxush holatlarni keltirib chiqaradi) 35.Birovni kamsitmang, o`zingiz ham kamsitilishingizga yo`l qo`ymang! 36.Uloq o`yinlariga bormang! 37.Pul topish, hunar o`rgatish uchun mardikor bozoriga, Qozog`iston, Rossiya kabi chet davlatlarga bormang! 38.Uxlash xonangizga muzlatgichni qo`ymang! 39.Bilyard, qarta o`ynamang, xo`roz, it, qo`y urushtirish o`yinlariga bormang! 40.Doimo biror foydali mashg`ulot bilan band bo`ling! 41.O`qituvchi, qo`ni - qo`shni, qarindosh – urug` tanish - bilish, o`tgan - ketganlarning sizning tarbiyangizga doir salbiy, tanqidiy fikrlarini do`stona qabul qiling. zudlikda yaxshilashga yo`l - yo`riq toping. 42.Dam olish maskanlariga qarovsiz bormang! 43.Ota - onangiz sizni qanchalik yaxshi ko`rishini, sizning sog`ligingiz, bu dunyoda borligingiz, ular sizni deb yashayotganliklarini, boshingizga turli tashvishlar tushganda ularga kerakligingizni eslang, har qanday muammoingizni ota - onangiz bilan o`rtoqlashing, ulardan hech narsani yashirmasligingizni takror - takror uqtiramiz. 44.Gugurt, olov bilan o`ynashmang! Oqibati sizga ham, birovga ham zarar keltiradi. 45.Dala chetlariga to`plab qo`yilgan go`ng, turli chiqindi uyumlari, «Suvoqava» zavodidagi hovuz Jar va quduqlar yoniga yaqinlashmang, atrofida o`ynamang, bitib-bitmagan binolar ustiga chiqmang. 46. Qishlog`imizdagi gaz taqsimlagich (GRP) ga tegmang, yonida gugurt o`ynamang. 47. Har qanday holatda o`zingiz va o`zga joniga qasd qilmang. Tanish - bilish, qarindosh – urug` kabilarnikiga borganda yetib brogan - bormaganligingiz bilan ota - onangizni xabardor qiling. 15 Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling