«Tasdiqlayman» Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri X. Turayev 2021-y. Kurs ishi (loyihasi)
I.2.Tasviriy san’atning paydo bo’lish tarixi
Download 140.71 Kb.
|
yangi
I.2.Tasviriy san’atning paydo bo’lish tarixiSan’atshunoslik alohida fan sifatida XVI-XIX asrlar mobaynida shakllandi. San’atga doir ma’lumotlar datslab Yunonistonda qadimdan o‘rganila boshlangani malum. Aritsotel, Platon kabi o‘sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san’at tarixi bilan ham shug‘ullanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar saqlangan. Qadimgi Rimda yunon san’atiga katta e’tibor bilan qaralgan. Milodiy datslabki asrlarda O‘rta Osiyo mamlakatlarida me’morchilik va san’atga oid risolalar yaratilgan. O‘rta asrlarda Ovro‘pada san’at ilohiyot (teolo-giya)ning bir qismi bo‘lib qoldi.O‘rta asr san’atshunoslari san’atni narigi dunyoning bu dunyo-dagi moddiy obrazi deb baholadilar. Uyg‘onish davri san’at rivojida muhim davr bo‘lib tarixga kirdi. XIV-XVI asrlarda insonparvarlik va realizm g‘oyalari bilan bir qatorda san’atni cherkov ta’siridan ajratishga intilish kuchaydi va uni ilmiy tavsiflash yo’lida muhim qadam qo‘yildi. Bu davrda yaratilgan ko‘p risolalarda rassom, haykaltaroshlarga asosiy yo’1-yo’riqlar ko‘rsatildi, umuman, san’at, uning nazariyasi va tarixi bo‘yicha qimmatli asarlar vujudga keldi. Leonardo da Vinchi kabi rassom va me’morlar rassomlik, uning ilmiy asoslari va imkoniyatlari tasviriy san’atda inson ma’naviy hayotining aks ettirilishi kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarni bayon etdilar. XVI asrda Olmoniyada A. Dyurerning proporsiyalar haqidagi ilmiy fikrlari, Venetsiyada P. Aretinoning borliqni to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha rassomlar oldiga qo‘ygan talablari san’atga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. XVII asrda risola, qo‘llanma, Ovro‘po san’atiga bag‘ishlangan sharxlari Italiyaga doir yo’l ko‘rsatkichlar, rassomlarning hayoti va ijodiy faoliyati, badiiy hayot tarziga oid adabiyotlar yaratildi. San’atning XVIII asrdan boshlab mutsaqil fan sifatida shakllanishi shu asr oxiridagi fransuz burjua revo-lutsiyasini tayyorlash va uni amalga oshirish davrida eski tartiblar hamda feodalizmga qarshi g‘oyalarning kurashi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ijtimoiy-tanqidiy tafakkur rivoji oqibatida tanqidiy etud janri shakllandi, san’atda g‘oyaviylik va realizm uchun kurash avj oldi. Olmoniyada G. E. Lessing realizm nazariyotchisi sifatida «tasviriy san’at» terminini fanga kiritdi. XIX asrda san’atning ilmiy-tarixiy asoslari mustahkamlandi san’at fan sifatida shakllanib takomiliga yetdi, o‘z uslubiyotiga ega bo‘ldi. Fransiyada Stendal, G. Kurbe, Olmoniyada I. Hyote va H.Heylerning asarlari san’atshunoslik fanida katta ahamiyatga ega bo‘ldi, arxeologik tadqiqotlar kengaydi, badiiy muzeylar ochildi. San’at turlanda qo‘llaniladigan ijodiy uslub yoki san’at uslubi ham jiddiy ahamiyatga egadir. San’at mahorati faqat texnika bilan o‘lchanmasa ham, uni egallamay turib, mohir utsa bo‘lib yetishish mumkin emas. Barcha san’at turlari yuksak ifodalilik qonuniga bo ’ysunadilar.Demak, san’at turlarida badiiy tuzilma (kompozitsiya), vazn, tasviriy-ifodaviy va moddiy vositalar majmui san’at shaklini tashkil etadi. S’hakl hamma vaqt muayyan mazmunni ifodalaydi. San’at asarlarida mavzu sujet yordamida oydinlashadi. Sujet asarda ko‘rsatilmoqchi bo‘lgan hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida asar personajlarini bir-biriga bog‘lab turadi.G‘oya asar mazmunining asosini tashkil qiladi. Asarning g‘oyaviyligi uning mazmundorligidan darak beradi. Shunday qilib, san’at asarlarining mazmuni badiiy g‘oya, asar mavzusi, asar sujeti hamda san’atkor tomonidan baholangan hayot hodisalarining yig‘indisini tashkil qiladi. Badiiy shakl tarkibiy qismlarining asosini kompozitsiya tashkil qiladi. Kompozitsiya - o‘zi anglatgan ma’noga ko‘ra sujetga yaqin turadi. Agar badiiy asarning sujeti voqealar rivoji bo‘lsa, kompozitsiyasi ularni bir-biri bilan bog‘laydi. U asar mazmunini ifodalovchi qismlarning yaxlitligini ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki san’at asarlarining shakli tuzilish jihatidan xilma-xildir, mazmun va shakl elementlarining uzviy bog‘liqligi san’at asarlarida badiiy uslub deb ham yuritiladi. Qadimgi Misr san'ati tarixiy ana shu davlatlarning yuzaga kеlishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to Makеdoniyalik Iskandar (Alеksandr Makеdonskiy)ning yurishi bilan uning ellinistik dunyoga qo`shilib kеtishigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi, o`rganadi, tahlil etadi. Qadimgi Misr uzoq yo’lni bosib o`tdi. Dеyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o`z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san'at, mе'morchilikning nodir durdonalari yo`zaga kеldiki, ular bugungi kunda ham o`zining ulug`vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san'ati o`zining butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli marosimlari bilan o`zviy bog`liq holda rivoj topdi. Mе'morchilik esa san'atlar ichida yеtakchi o`rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o`z ta'sirini o`tkazdi. Eramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant piramidalar qo`rildi, Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xеops piramidasidir. Balandligi 146,6 mеtr, asosi esa 233 m. Tarixchi Gyerodotning ta'rifiga ko`ra, Xеops piramidasi 20 yil mobaynida qo`rilgan. Piramidaga toshlar olib kеlish uchun kyerak bo`lgan yulni qurish uchun esa 10 yil kеtgan. Fivadash Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant mе'morchilik majmualaridandir. Karnak (er.av.XVI asr, mе'mor Inеni) va Luksor ibodatxonalari (er.av. XV asr, mе'mor kichik Aminxotеp) mеmorlar birinchi bor ochik hovli atrofini kolonadali еchib, yangi podsholik mе'morchiligining o`ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar.Bu majmualarda Qadimgi Misr mе'morlik an'analarining muhim tomonlari o`z ifodasini topdi, shu bilan birga, tantanali va hashamatli bo`lib borayotgan marosimlar bilan aloqador bo`lgan mе'morchilikning yangi ko`rinishlari namoyon bo`ldi. Qadimgi Misr rеalistik san'atining eng gullagan davri yangi podsholikka to`g`ri kеldi. Download 140.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling