«Tasdiqlayman» Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri X. Turayev 2021-y. Kurs ishi (loyihasi)


III.3 Rimda tasvirlashning rivojlanish bosqichlari


Download 140.71 Kb.
bet11/12
Sana06.04.2023
Hajmi140.71 Kb.
#1335547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yangi

III.3 Rimda tasvirlashning rivojlanish bosqichlari
Tasviriy sanʼat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borlikni obʼyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang , fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy kiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham Tasviriy sanʼatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muxim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzuumidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon boʻladi. Insoniyatning mehnat faoliyati, eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida Tasviriy sanʼat paydo boʻlgan va rivojlangan. Qad. tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oʻz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marxumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar koʻyish odatlarida Tasviriy sanʼatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oʻyxayollari, oʻzga dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan. Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi Tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat inson faoliyatining maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qad. Sharq mamlakatlarida, jumladan Qad. Misrda Tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha va tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan firʼavnlarni ulugʻlash quroliga aylandi. Yunonistonda Tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol topdi, Qad. Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boʻldi. Insoniyat sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan Oʻrta Osiyo, uning ajralmas qismi Oʻzbekiston hududida ham Tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab, davr hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm, Sugʻd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir. Oʻrta asrlar Tasviriy sanʼati uslub jihatidan rangbarang , turlari keng va xilmaxil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya, HindiXitoy oʻlkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. Oʻrta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning oʻziga xos turi yaratilgan boʻlsa, Oʻrta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy eʼtiqod va dunyoqarashlar zaminida oʻziga xos yoʻnalish va mazmun kashf etdi, ikona sanʼati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotikaaa barpo etilgan meʼmoriy obidalarda sanʼatlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi. XII—XVI-asrlar Tasviriy sanʼatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va koʻrinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda Tasviriy sanʼatning qonunqoidalarini ilmiy asosda oʻrganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nursoya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moyboʻyoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanʼat anʼanalariga tayangan holda Uygʻonish davri insonparvarlik gʻoyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar. XVII—XIX-asrlarda Tasviriy sanʼat uslub jihatidan rangbarang , milliy mahalliy maktablar rivoji bilan sanʼat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanʼat oʻzining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, meʼmorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar sanʼatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuklarda rassom va haykaltaroshlarning oʻrni aloxdda. Tasviriy sanʼat tur va janrlari koʻpaydi, realistik yoʻnalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi oʻringa chiqa boshladi. Uygʻonish davri Tasviriy sanʼatiga xos boʻlgan vazminlik, chiziq, rang , faktura mutanosibligi oʻrnini joʻshqin shakl va ranglar oʻyini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. XVII-asrdan Tasviriy sanʼatda klassitsizm yoʻnalishi hukm surgani holda borliqni oʻziga oʻxshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik taʼlim tizimining yoʻlga qoʻyilishi prof. sanʼat maktablarining taraqqiyotini taʼminladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) sanʼat uslublaridan chekinish, noanʼanaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi va rivojlanishida oʻz ifodasini topdi. XX-asr Tasviriy sanʼati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanʼatning talab va uslublari saklangani holda uni ifodaviyligiga eʼtibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan toʻldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noanʼanaviy Tasviriy sanʼat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanʼat yaratishga intilish xarakati kuchliligi namoyon boʻlmoqda. Uyg‘onish davri. Uyg‘onish davrida Italiya tasviriy san’ati va uni o‘qitish metodi katta rol o‘ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy ta’lim beradigan o‘quv predmetlari qatoriga kiritildi. Mashhur 19 rassomlardan Chennino Chennini, Leon Batista Alberti, Leonardo da Vinchilar bu borada e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Ularning asarlarida fan va san’at o‘rtasidagi aloqalar, proporsiya, perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o‘rinni egalladi. Ularning fikrlariga ko‘ra naturaga qarab rasm ishlash o‘qitishning asosini tashkil etishi lozim hisoblangan. Ayniqsa, Leonardo da Vinchi tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi rivoj lanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘zining «Книга о живописи» nomli ishida rassomlikni jiddiy ilmiy fan sohasi deb qaraydi. U ko‘p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a’zolari o‘rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan. Tasviriy san’atni o‘qitishni takomillashtirishda Uyg‘onish davrining nemis rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo‘ldi. U birinchi bo'lib rasm ishlashni yengillashtirish uchun geometrik metodni o‘ylab topdi. Uning fikricha, narsalar asosida geometrik jism shakli yotadi. Shuning uchun u yoki bu narsalarni tasvirlashda avval geometrik jism shaklini chizib olinishi lozim, keyin ular umumlashtirilib, haqiqiy tasvir hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu metodi Dyupyui, Ashbe, Chistyakov kabilarning pedagogik faoliyatlarida keng qo‘llanila boshlangan. Hozirgi kunlarda ham bu metod o‘z kuchini yo‘qotganicha yo‘q. A.Dyurer. Apparat yordamida perspektivada tasvirlash. Setka orqali perspektivada tasvirlash. 20 Uyg‘onish davri rassomlarining katta xizmatlari shundan iborat bo‘ldiki, ular tasviriy san’atda anatomiya, perspektiva, yorug‘-soyaning benihoyatda katta ahamiyatini asoslab berdilar. Natijada san’at asarlari o‘zining yuksak badiiyligi va haqqoniyligi bilan tomoshabinlarni loi qoldiradigan bo‘Idi. A.Dyurer. Bosh konstruksiyasini tasviri. Shon. Qalamtasvir. Shunga qaramasdan tasviriy san’atni o‘qitish tizimini yaratish ularga nasib etmadi. Bu muammolar, asosan, XVI asrdan boshlab yechimini topa boshlagan. Bir qator akademiyalar tashkil etilishi ishni yengillashtiradi. Bunday akademiyalar Florensiya, Rim, Balon kabi shaharlarda ochildi. Avvalgi vaqtlarda bunday maktablar xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan bo'lsa, endi davlat va jamoalar ham bunga o‘z ulushlarini qo‘shaboshlagan edilar. Bu o‘quv yurtlari orasida mashhur rassom, haykaltarosh va muallim aka-uka Karrachilar hamda uning amakivachchalari Agostino va Annibale tomonidan ochilgan badiiy Akademiya ko‘proq iz qoldirdi. Ular yaratgan o‘qitish tizimida o‘quv materiallarini qisqa vaqtda o'zlashtirish, o'quvchilami ilmiy bilimlar, muntazám mashq, qonun va qoidalar asosida rasm ishlash malakalarini hosil qilish asosiy o‘rinni egalladi. Ular o‘z faoliyatlarida yorug'-soya, kolorit, rang, konstruksiya, anatomiya, perspektiva masalalariga alohida e’tibor berdilar. Ayrim tarixiy va san’atshunoslik ma’lumotlariga qaraganda A.Dyurer tomonidan bir qator nazariy va amaliy qo‘llanmalar yaratilgan. Lékin ulardan ayrimlari saqlanib qolgan, xolos. Akademik tizimiga ko‘ra jiddiy ilmiy bilimlarsiz rasm ishlashni o‘rganib bo'lmaydi. Bolalar rasm chizish orqali borliqni bilib boradilar. Bu sifat har bir shaxs uchun, u qaysi sohaning mutaxassisi ekanligidan qat’i nazar zarur deb hisoblandi. Tasviriy san’atni hamma umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishining foydali ekanligi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi. Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz olimi J.J.Russoning fikrlari diqqatga sazovordir. U o‘zining «Емил или воспитание» nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha rasm chizishni ko'proq tabiat qo‘ynida amalga oshirish samaralidir. Chunki, bolalar tabiat qo‘ynida narsalami haqiqiy rangi, perspektiv qisqarishlarini ko‘rgazmali ravishda o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar, uning qonunlarini ongli ravishda tushunib yetadilar. XIX asr o‘rtalariga kelib, Yevropada rasm chizish fan tarzida umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishi ancha rivoj topdi. Bu sohada rassom va muallimlardan tashqari san’atshunoslar, pedagog, psixologlar, shifokorlar shug‘ullana boshladilar. Rasm chizishni o‘qitish metodologiyasiga doir bir qator adabiyotlar nashr etila boshlandi. Bu borada Kulman, Prang, Eisner, Baumgml, Ausberg, Braunshvig, Tedd kabilar jonbozlik ko‘rsatdilar. Bular tomonidan yaratilgan adabiyotlarda rasm chizish qoidalari, uning metodikasida qarama-qai'shi fikrlar boisa-da, biroq natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro‘y bermadi. Rasm chizish Rossiya maktablarida umumiy ta’lim o‘quv predmeti sifatida XVIII asming boshlarida paydo boidi. Bu davrda rasm chizish Dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi. 23 kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, qizlar tarbiya bilim yurtida o'qitilgan. Bu o‘quv yurtlarida rasm chizishga o‘rgatish rassomlar tayyorlash uchun emas, balki yoshlami kasbiy faoliyati va kelajak hayotlarida foydalanishlari uchun kerak bo‘ladigan soha deb qaralar edi. A.Sapojnikov. Boshning simli modeli. 1934-yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy ta’lim maktablari uchun «Rasm chizish kursi» nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik rasm ishlash asosida qurilgan bo‘lib, unda perspektiva, yomg‘-soya qonunlari ham o‘z aksini topgan edi.



Download 140.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling