«Tasdiqlayman» Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri X. Turayev 2021-y. Kurs ishi (loyihasi)


Download 140.71 Kb.
bet10/12
Sana06.04.2023
Hajmi140.71 Kb.
#1335547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yangi

2.2. Qadimgi Rim madaniyati
Qadimgi Rim madaniyati antik davr madaniyatining ikkinchi bir qismi hisoblanib, keyingi davr Yevropa xalqlari ijtimoiy tafakkuri, diniy e‘tiqodlari, san‘ati va adabiyotining rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko`rsatganligi bilan xarakterlanadi. Antik davr falsafiy ta‘limotlarining rivojlanishi yangi davr ilmiy va diniy qarashlarining shakllanishiga zamin bo`lib xizmat qilgan. Keyingi davr ta’lim sistemasining, san‘ati va adabiyotining taraqqiy etishi ham antik davr madaniy hayotining ikkinchi va so`nggi bosqichi hisoblangan Rim madaniyatiga bevosita bog`liqdir. Shuningdek, hozirgi davr ilm-fani, diniy e‘tiqodlari, adabiyoti va san‘atining rivoji ham bevosita qadimgi davr Rim imperiyasi madaniyatining ildizlariga borib taqaladi.Agar antik davr Rim madaniyatining vujudga kelishi va shakllanish hamda keyingi yuksak darajaga ko`tarilish jarayoniga e‘tibor bersak, o`zidan oldin rivojlangan ikkita tarixiy-madaniy jarayonning roli o`ta muhim bo`lganligini ko`rishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, qadimgi Rim madaniyatining shakllanishida birinchi navbatda qadimgi italyan qabilalari ichida iqtisodiy-madaniy jihatdan eng rivojlangan Etrusk qabilalari madaniyati hamda qadimgi yunon madaniyati muhim rol o`ynagan. Qadimgi Etrusklar qurilish texnikasini, tasviriy san‘atning devorga surat tushirish sohasini, kulolchilikni, kemasozlik, yozuvdan foydalanish, diniy marosimlar va bayramlarni tartib bilan nishonlashni boshqa qabilalarga nisbatan ancha ertaroq egallaganlar.Etrusklar toshdan yirik-yirik imoratlar, gumbazlar va arkalar qurishni ancha erta egallaganlar, sopol idish tuprog`iga qurum aralashtirganliklari sababli ularning idishlari metalldan yasalgandek yaltirab turgan.Qadimgi Rimliklarning Gretsiyani zabt etishi Rimda greklar ta‘sirining kuchayishiga olib kelgan. Rimliklar Gretsiya shaharlarini bosib olganlaridan so`ng, o`zlaridan madaniy jihatdan ancha ilg`or bo`lgan xalqqa nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lganlar. Hattoki, grek tilini, greklarning ilm-fanini va san’atini astoydil o`rganishga kirishadilar. Mil.avv. III asr o`rtalariga kelib o`z hohishi bilan Rimga ko`chib kelgan yunonlar o`zlari bilan asrlar davomida qo`lga kiritilgan ulug` yunon madaniyati mahsullarini olib keladilar va Rim madaniy hayotining barcha sohalariga ta‘sir ko`rsata boshlaydilar. Yunonlarning odatlari va marosimlari, rasm-rusumlari, kiyim-kechaklari, asbob-anjomlari rimliklarning turmushiga singib boradi. Yunonlar badavlat rimliklarning bolalari. ta‘lim oladigan maktablarga murabbiylik qilishib, falsafa va notiqlik san‘atidan saboq beradilar. Endigina rasm bo`layotgan teatrlarda aktyor bo`lib xizmat qiladilar, arxitektura, tasviriy san‘at va haykaltaroshlikning rivojlanishiga, adabiy jarayonning shakllanishiga bevosita ta‘sir ko`rsatadilar.Lekin rimliklar ellinlar madaniyatini to`la o`zlashtirib olmaydilar. Ular yunon madaniyatining o`z madaniyatlari, an‘analari-yu, ahloq-odobiga mos keladigan tomonlarnigina qabul qiladilar. Agar qadimgi rimliklarning diniy e‘tiqodlarining shakllanish jarayoniga e‘tibor bersak, dastlab etrusklarning diniy e‘tiqodlarining ko`pgina jihatlarini o`zlashtirib olganliklarini ko`ramiz.Qadimgi italiy qabilalari, shu jumladan, rimliklar etrusk qabilasining oila va ro`zg`or homiysi ma‘buda Vestani ilohiylashtirganlar. Shu boisdan Vestaga atab Rim forumida ibodatxona qurilgan. Shuningdek, qadimgi rimliklar etrusk qabilalarining bosh xudosi Yupiterga ham e‘tiqod qilganlar. So`ngra yunonlarning diniy e‘tiqodlari ta‘siri ostida o`z xudolari Panteonini yaratadilar. Ular ham qadimgi yunonlar singari tabiatning har bir hodisasi, har bir narsasining o`z homiysi mavjud degan tasavvurlarga ega bo`lganlar. Qadimgi rimliklarning xudolari Panteoni quyidagi ko`rinishdan iborat bo`lgan. Avrora-tong yog`dusi ma‘budasi; Amur-sevgi xudosi; Bellona-urush ma‘budasi; Vakh uzumchilik, vino va xursandchilik xudosi; Venera-bahor, so`ngra sevgi, go`zallik va nikoh ma‘budasi; Vesta-oila mabudasi; Viktoriya-g`alaba ma‘budasi; Vulkan-olov va olov bilan bog`liq; bo`lgan temirchilik, kasb-xunarlar xudosi; Diana-ov ma‘budasi; Neptun oqar suvlar, so`ngra dengiz xudosi; Pluton-er osti dunyosi, o`liklar saltanati hukmdori; Saturn-ekinlar xudosi, dehqonlar homiysi; Silvan-o`rmonlar va podalar homiysi; Favn-o`tloqlar, o`simliklar va dalalar hukmdori; Flora-gullar va bahor ma‘dubasi; Fortuna-taqdir va baxt ma‘budasi; Yunona-ayollar homiysi; Yupiter-osmon xudosi; Furiyalar-intiqom va vijdon azobi ma‘budalar va hakozo. Mil.avv.II asrdan e‘tiboran Rimda Sharq xudolariga sig`inish ham yoyila boshlagan. Masalan, Kichik Osiyoda keng tarqalgan Kibelaga, qadimgi misrliklarning bosh xudolari Osiris va Isidaga, eronliklarning asosiy xudolaridan biri-Mitraga e‘tiqod qilganlar. Rimliklarda xudolar va ma‘budalarga e‘tiqod shu darajada kuchli bo`lganki, ular ,,xudolarning' biror-bir maslahatisiz hech bir ishga qo`l urmaganlar. Rimliklar xudolarni madh etuvchi duolar behato va juda aniq o`qilganda, qurbonlik qilish urf-odatlari mukammal va bekamukust bajarilganda xudolar sig`inuvchilarning iltijolarini xech ham qaytarmaydilar, deb o`ylaganlar. Milodning 60 yillariga kelib, Rim imperiyasi og`ir siyosiy tanazzulni boshdan kechiradi. Ayniqsa, Rim imperiyasining yaxudiylar yashaydigan hududlarida ijtimoiy-siyosiy holat yanada keskinlashadi. Bu davrda yahudiylar orasida xudo Yaxve qiynalganlarni qutqaruvchi xaloskor /missiya/ yuboradi, degan umid bilan to`la mish-mishlar tarqaladi.Milodning I asrining oxiriga kelib Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`oqlaridagi shaharlarda va Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida xudo Yaxve va‘da qilgan missiya /xudoning maxsus vakili-grekcha "Xristos" kelibdi degan ,,xushxabar" tarqaladi va bunga ishongan kishilar guruhi paydo bo`ladi.Keyinchalik xudo yuborgan vakilni Ierusalim kohinlari xochga mixlab qatl qilganmish, so`ngra u uch kundan keyin tirilib arshi-a‘loga chiqib ketganmish, u xudoga aylanibdi, mahshar kuni-qiyomat-qoyimda yana qaytib kelib, adolatni tiklarmish, o`lganlarni qayta tiriltirib, zolimlarni jazolar mish, degan mish-mishlar tez tarqala boshlaydi. Milodning 30 yillariga kelib voizlik qilib yurgan ,,xudo farzandi" Iusis Xristos Iso payg`ambar to`g`risidagi qissalar" paydo bo`ladi. Shunday qilib, Rim imperiyasi hududlarida yangi din- xristianlik dini yoyila boradi. Xristianlikning asosiy mazmuni-xudoning o`g`li, afsonaviy xudo odam Iso Masix Iusis Xristos ning samodan yerga tushib, odamlarni dastlabki gunohdan halos qilish uchun qiynoqlarga va o`limga rozi bo`lganligi, yana tirilib, osmonga ko`tarilib ketganligi haqidagi ta‘limotdir. Xristianlik ta‘limotiga ko`ra, kelajakda Isoning ikkinchi marta qaytib kelishi va tiriklar-u o`liklarni sud qilishi kutiladi. Iso muxlislariga Iso o`gitlariga va uning vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh berish zarurligi, uning evaziga kelajakda narigi dunyoda ajr mukofot ga erishajaklari fikri singdirilgan.Xristosga dastlab qullar, qullikdan ozod bo`lganlar, mayda hunarmandlar va mayda savdogarlar e‘tiqod qilganlar. Rim imperatori Konstantin 313 yili diniy-e‘tiqodlar erkinligi to`g`risida edikt qonun chiqarib xristian dinni davlat diniga (324 yili) aylantiradi. Milodning IV asrida xristianlik keng tarqalgan bo`lsa-da qadimgi madaniyat va mafkura so`nggi Rim imperiyasining madaniy va siyosiy hayotiga kuchli ta‘sir ko`rsatishda davom etadi. Rim davlatining harbiy qudratining oshib borishi va ulug` bir davlatga aylanishi jamiyat hayoti, shu jumladan, falsafa, notiqlik, san‘at va adabiyotning rivojlanishiga o`z ta‘sirini ko`rsatmay qolmadi. Hokimiyat tepasiga kelgan aristokratlar o`z mavqelarini mustahkamlash maqsadida o`z manfaatlarini himoya qiluvchi yangi mafkurani yaratishga intiladi va qadimgi yunon davlatchiligini mustahkamlashda muhim rol o`ynagan yunon falsafasiga murojaat qiladilar. Natijada hukmron sinf vakillarining manfaatlarini Himoya qiluvchi mafkuraviy ta‘limotlar vujudga kela boradi. Agar qadimgi Rimning sof falsafiy ta‘limotlariga e‘tibor bersak, qadimgi yunon faylasuflari Demokrit va Epikurlarning atomistik nazariyasini o`rganish va rivojlantirish boshqa falsafiy ta‘limotlarga nisbatan ancha yaqqol ko`zga tashlanadi. Qadimgi yunon falsafasidagi atomistik nazariyani Rimlik shoir va faylasuf Tit Lukretsiy Kar mil.avv.98-55 yillar o`zining 6 bobdan iborat ,,Buyumlarning hosiyati" nomli asarida yanada rivojlantiradi. U o`z poemasida Demokratik va Epikur falsafasini lotin tiliga she‘riy uslubda bayon qilib beradi. Lekin bu ta‘limotni oddiy ta‘riflab bermaydi, balki dunyoning tuzilishi haqidagi atomistik nazariyaga to`xtalish bilan birga falsafaning boshqa masalalariga ham to`xtalib o`tadi.
Lukretsiy o`z poemasida butun borliqning faqatgina atomlar va bepoyon bo`shliqdan iboratligi, mangu atomlar hech qachon butunlay yo`qolib ketmasligi va yangitdan paydo bo`lmasligi, atomning beto`xtov harakat qilishi natijasida murakkab moddalarning paydo bo`lishi, tabiat muttasil o`zgarib yangidan-yangi dunyolarning vujudga kelishi, bizning ko`zimiz ko`rib turgan kosmik sistemadan, ya‘ni yer quyosh, oy va sayyoralar-u behisob yulduzlardan tashqari bepoyon fazoda yana boshqa son-sanoqsiz quyosh sistemalari ham mavjudligi koinotda ro`y berib turadigan barcha hodisalar o`z ichki qonuniyatlari asosida ro`y berishini ta‘kidlab o`tadi.Shuningdek asarda ruh va jon masalalariga insonning o`z sezgilari orqali ob‘ektiv dunyo va uning voqealarini bilib olishi mumkinligiga, yerning paydo bo`lishi, hayotning tug`ilishi masapalariga to`xtalib o`tadi. Uningcha, tabiat tarixining dastlabki bosqichlarida paydo bo`lgan jonivorlarning ba‘zi birlari hayotning og`ir sharoitlariga dosh beraolmasdan halok bo`lgan, faqatgina baquvvatlari va chidamlilarigina tirik qolgan. Ongli mavjudot hisoblangan insongina barcha jonivorlardan keyin dunyoga kelgan. Dastlabki odamlar o`zlarining hozirgi avlodlari singari barkamol bo`lmaganlar, qonun-qoida, oilaning nimaligini bilmagan, hayvonlar singari o`z holicha hayot kechirganlar, tabiatning hodisalari va o`zlaridan kuchliroq bo`lgan hayvonlardan o`zlarini himoya qila olmaganlar. Vaqtlar o`tishi bilan oila paydo bo`lgan, olovdan foydalanish vujudga kelgan. Natijada odamlarning turmushi yengillasha borgan, birgalikda kun kechira boshlaganlar. Qadimgi Rim ma‘naviy madaniyatining asosiy elementlaridan biri hisoblangan adabiyot birinchi navbatda qadimgi italiy qabilalari xalq og`zaki ijodi namunalari, asosida, ikkinchi navbatda esa qadimgi yunon adabiyotining ta‘siri ostida shakllangan. Ko`pgina Rim adiblarining asarlarida qadimgi yunon shoirlari va dramaturglarining ta‘siri sezilib turadi.Qadimgi rimliklar qadimgi Gretsiya va ellinistik davlatlarni bosib olganlaridan so`ng, serhasham binolar qurishga alohida e‘tibor bera boshlaydilar. Rim imperiyasining birinchi imperatori hisoblangan Oktavian Avgust hukmronligi davri mil.avv. 27 yili va mil. 14-yillari/ da Rim davlatining ,,oltin davri"xisoblanadi. Bu davrda me‘morchilik rivojlanib, shaharsozlik avj olgan. Jamoat va ma‘muriy binolar kuplab qurilgan. Bu davrda imperator Avgust tomonidan ,,Tinchlik mexrobi", ,.Avgust maqbarasi", lashkarboshi Agrippa tomonidan qadimgi rimliklarning barcha xudolariga atab qurilgan ibodatxona-panteon quriladi. Qadimgi rimdagi eng ulkan binolardan biri Kollizey amfiteatri xisoblanadi. Kollezeyning asosi 188x16 metr bo’lgan. Devorlarning balandligi esa 48,5 metr bo’lgan. Gladiatorlarning jangi uchun muljallangan bu bino o`ziga 55 ming tomoshabinni sig`dirgan.
Qadimgi Rimda obodonchilik ishlariga alohida e‘tibor berilgan. Jamoat bog`lari bunyod qilina boshlangan. Bu bog`lar atrofiga esa, hammomlar qurilgan. Ulkan suv saroylari qurilishiga ham alohida e‘tibor berilgan bo`lib, saroyda issiq va sovuq suv to`ldirilgan hovuzlar, gimnastika zallari va kutubxonalar bo`lgan. Milodning 211-216 yillarida imperator Karakalla tomonidan qurilgan suv saroyi o`zining mozaika va devoriy suratlari, haykallar va amaliy san‘at namunalari bilan bezatilishiga ko`ra kishilarni hayratlantirgan. Mazkur suv saroyi 11 gektar yerni egallagan. Bundan tashqari qadimgi Rimliklar yo`l qurilishi sohasiga ham alohida e‘tibor berganlar. Yo`llarning yoqalarida ariqlar qazilgan. Har ming qadam /miliya/ da yo`l bo`yiga aholi yashaydigan shahar va qishloqlarga qancha masofa qolganligini ko`rsatuvchi belgilar o`rnatilgan. Yo`llarga tosh yotqizilgan. Yo`l qurilishining rivojlanishi natijasida milodning II asriga kepib, Rim imperiyasida jami 80 ming kilometrga cho`zilgan 372 ta tosh yotqizilgan yo`l mavjud bo`lgan. Italiyaning asosiy yo`llari Rimdagi Forum markaziy maydon dan boshlangan. Shaharning asosiy ko`chalariga haykallar va dekorativ bezakli ustunlar o`rnatilgan. Qadimgi Rim haykaltaroshligining rivojida dastlab etrusk haykaltaroshligining ta‘siri benihoya katta bo`lgan. Mil.avv. II asrdan boshlab Rimga Sitsiliyadan, Gretsiya va Kichik Osiyodan ko`plab haykallar keltirilgan. Keyinchalik esa, rim haykaltaroshlari qadimgi yunon haykaltaroshligiga taqlid qilishib, ko`plab haykallar yarata boshlaganlar. Dastlab haykaltaroshlikning portret janri rivojlangan. Chunki Rim zodagonlari o`rtasida o`z uylariga avlod-ajdodlarining portret-haykallarini qo`yish odatga aylangan. Shuningdek Rim forumiga, maydon va ko`chalarga mashhur lashkarboshi va siyosiy arboblarning ham haykallarini o`rnata boshlaganlar. Qadimgi Rim  teatr san‘ati  ham yunon teatr san‘ati ta‘siri natijasida rivojlanadi. Rim imperatori Pompey qadimgi Gretsiya teatrlari bilan tanishadi va Rimga qaytgach, teatrlar qurdira boshlaydi. Mil.avv.55 yilda Rimdagi birinchi teatr binosini ham imperator Pompey qurdiradi. Asrning ohiriga kelib Rim imperiyasining ko`plab boshqa hududlarida ham teatrlar qurila boshlandi. Rim teatrlarida grek va rim dramaturglarining asarlari sahnalashtirila boshlanadi. Rim teatri vakillari grek teatrining tayyor uslublari va elementlaridan foydalana boshlaydilar. Shuningdek, rim teatrlarida Gretsiya teatrlaridagi singari ko`plab xalq marosimlari va bayramlarining an‘anaviy elementlari saqlanib qolinadi. Rim teatrlari rivojida juda ham sodda ko`rinishdagi tomosha-saturalar lot.”satura" so`zi-"aralash" degan ma‘noni anglatib, dialog, mimika, musiqa va raqslarning aralashmasi demakdir. muhim rol o`ynagan. Saturalar aslida etrusk qabilalarining diniy marosimlaridagi asosiy elementlardan biri bo`lgan va fleyta jo`rligida ijro etiladigan hazil dialog hisoblangan. Mil.avv. III asr o`rtalariga kelib, rimliklar qadimgi yunon dramaturgiyasidan keng ko`lamda foydalana boshlaydilar. Ular qadimgi yunon dramaturglarining asarlarini lotin tiliga tarjima qilishib sahnalashtira boshlaganlar. Xulosa qilib aytganda, birinchidan qadimgi rim madaniyati antik davr madaniyatining bir qismi hisoblanib, keyingi davr Yevropa xalqlari madaniy hayotining rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko`rsatgan. Rim davlatining kuchayishi va ko`plab hududlarni istilo qilishi eng avvalo lotin tili va italiy xalqlari urf-odatlarining keng tarqalishiga olib kelgan. Ikkinchidan, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan ko`plab shaharlarda Rim arxitekturasi asosida mahobatli ibodatxonalar, teatrlar, saroylar, amfiteatrlar, tsirklar va boshqa ko`plab memoriy yodgorliklar qurila boshlangan. Uchinchidan, lotin tilining keng ko`lamda yoyilishi natijasida italyan, fransuz, rumin va boshqa zamonaviy tillar yanada boyib borgan. Shuningdek, boshqa Yevropa tillariga turli xil atamalar kirib borgan. Uzoq vaqtgacha lotin tili fan tili hisoblanib kelingan. Yevropaning barcha ma‘lumotli kishilari lotin tilida so`zlashganlar va yozganlar. Hozirgi paytda ham minerallar, o`simlik va hayvonlarga fanda lotin tilida nom beriladi. Kasalliklar va dori-darmonlar ham lotincha nom bilan yuritilgan.


Download 140.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling