Mavzu: Biznesda mehnat va ish haqi hisobi. Buxgalteriya hisobi tizimi va ikki yoqlama yozuvdan foydalanish. Reja: Annotatsiya Kalit so’zlar Kurs ishida keltirilgan qisqartmalar Kirish Kurs ishi savollari


Download 26.93 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1543764
  1   2
Bog'liq
Jamolov Jamshidbek BBH kurs ishi



Mavzu: Biznesda mehnat va ish haqi hisobi. Buxgalteriya hisobi tizimi va ikki yoqlama yozuvdan foydalanish.
Reja:
Annotatsiya
Kalit so’zlar
Kurs ishida keltirilgan qisqartmalar
Kirish
Kurs ishi savollari:

  1. Buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish asoslari va uning ahamiyati.

  2. Biznesda mehnat va ish haqi hisoblash usullari.

  3. Ikki yoqlama yozuvning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Keying yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Va shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta (5) ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” iqtisodiyotimizni nafaqat iqtisodiyotimizni balki jamiyatimizdagi barcha sohalarni rivojlanishi uchun dasturi amal bo’ldi desak yanglishmagan bo’lamiz.
?Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga etkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi (3) yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
?Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va
amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda buxgalteriya hisobi tizimining ahamiyati katta bo‘lib, undan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi.
?Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliyaamerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o'xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliyaamerika maktabi vakillari esa psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
Ushbu maqola orqali biz ko’proq O’zbekistonda buxgalteriya hisobi tizimini qanday tashkil etish va uning iqtisodiyotimiz uchun qay darajada ahamiyatli ekanligi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.



  1. Download 26.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling