Mavzu: Biznesda mehnat va ish haqi hisobi. Buxgalteriya hisobi tizimi va ikki yoqlama yozuvdan foydalanish. Reja: Annotatsiya Kalit so’zlar Kurs ishida keltirilgan qisqartmalar Kirish Kurs ishi savollari


Buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish tamoyillari va uning ahamiyati


Download 26.93 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1543764
1   2
Bog'liq
Jamolov Jamshidbek BBH kurs ishi

Buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish tamoyillari va uning ahamiyati.

Bu rejani yoritishdan avval, keling, buxgalteriya hisobi o’zi nima va yoki tizim so’zi nima degan savollarga to’xtalib o’tsak. Demak, buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o’zaro bog’liq kuzatishlar, o’lchovlar, ro’yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakillari turli bo’lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarni qabul qilinishiga asos bo’ladigan zarur ma’lumotlarni taqdim etish bilan ham asosan buxgalteriya hisobi shug’ullanadi. Endi tizim so’ziga kelsak, tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Iqtisodiyotning turli sohalarga qarashli korxona, muassasa, uyushma, birlashma, konsern va boshqalar faoliyati ustidan umumiy davlat boshqaruvini o‘rnatish, ulardan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi, shuning uchun ham buxgalteriya hisobi qanchalik darajada shaffoflik, betaraflik va to’g’ri tuzilgan bo’lsa uning evaziga davlat tomonidan chiqariladigan qonun va qarorlar ham o’sha korxonaning ichki muhitida amal qiladigan qonunlar ham shunchalik odilona va adolatli tarzda amal qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyati haqidagi ma’lumotlar esa, ular buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, xo‘jalik yurituvchi subyektlar qaysi mulkchilik shakliga
asoslanganidan qat’iy nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun, ko‘rsatma nizomlarga va qo‘llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur. Buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish deganda korxonalar xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy operatsiyalar haqida mukammal, ishonchli, aniq axborotlar olish va ishlab chiqarish resurslaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bo’yicha korxonada yaratilgan sharoitlar tizimi tushuniladi. Albatta hisob tizimini tashkil qilishda albatta ma’lum bir qonun – qoidalarga rioya qilinishi lozim. Xorij adabiyotlarida hisob ishini tashkil qilishning quyidagi qoidalari ko’rsatib o’tilgan:
1. mehnatning taqsimlanishi “ oddiy ish bajaruvchi “ faoliyati. Bunda hisob va hisobot ishlari ma’lumotlarni yig’ish va guruhlashga yo’naltiriladi.
2. ma’lumotlarni qamrab olish, hamma ish tezkor hisobni olib boruvchiga biriktiriladi. Ular hisob registerlarida xo’jalik jarayonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yozib boradilar.
3. nazoratdagi raqobat, bu hisob kitob kaliti hisoblanadi. Unda ko’rsatkichlar solishtirilganda ularning bir – birlariga mos kelishi yoki buni manfaatlar to’qnashuvi deb ham atash mumkin.
4. haqiqiy buxgalteriya, ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi buxgalter jarayonlarni ro’yxatga olib jurnalini to’ldiradi va buxgalteriya yozuvini ya’ni provodkasini tuzadi.
5. uslubiy mustaqillik , har bir firm ava korxona buxgalteriya hisobini tashkil qilish uslubini o’z faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda, o’zi belgilaydi. Qancha firma, korxona bo’lsa, shuncha hisobni tashkil qilish uslublari mavjud. Har bir hizmatchi yoki rahbar o’ziga ma’qul hisob tizimini kiritish huquqiga ega.
6. psixologik iqlim, rahbarning xodimiga ishonmasligi. Hisobning asosiy vazifasi ishchilar o’z manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun qo’yishining oldini olish bo’lib hisoblanadi. Buxgalterlar amaldagi hisob tizmiga korxona rahbarining roziligisiz hisob ishlarini tashkil qilishning boshqa usulini kiritish yoki amaldagi usulni o’zgartirish huquqiga ega emas. Korxonada buxgalteriya hisobini xalqaro andozalarga moslashtirish rahbar tomonidan ma’qullangan tamoyil va qonun – qoidalarga asoslanadi.


Download 26.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling