«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori


Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi


Download 1.82 Mb.
bet3/17
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1311507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BT va STI TIM KURS ISHI UCHUN USLUBIY KO\'RSATMA

Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi:
- talabalarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda, mustaqil faoliyatlarda olgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini ijodiy masalalarni bajarishda qo‘llay olishini namoyish etish;
- talabalarda me’yoriy, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
- mustaqil fikrlash va eng maqbul yechimlarni qabul qilishga o‘rgatish;
- axborot texnologiyalari vositasida tayyorlagan o‘z ishining taqdimoti (himoyasi)ni o‘tkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallagan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta bilish, turli zamonaviy texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobiliyatini ko‘rsatish;
- o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish etish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, ish bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda baxslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
- talabalarda guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini faollashtirish, oldinga ko‘yilgan maqsadni bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini kengaytirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig’ish, kayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olish, ijodiy ishlash jarayonini to‘la nihoyasiga yetkazish mas’uliyatini his etishga o‘rgatish.


Kurs ishi mavzusini tanlash jarayoni
Kurs ishini bajarishda muhim masalalardan biri uning mavzusini to‘g’ri aniqlashdir. Kurs ishining mavzulari mazkur fanning o‘quv vazifasiga javob berishi bilan bir qatorda ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari bilan bog’liq bo‘lishi lozim.
Kurs ishi mavzularining amaliyligi - bu avvalambor ularning ilmiyligi, zamonaviyligi va talabalarda mustaqil ijodiy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligidir.
Kurs ishi mavzulari ro‘yxati kafedra tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga mavzuni tanlash huquqi beriladi. Talabaga ilmiy rahbari bilan kelishgan holda, kurs ishi mavzulari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin o‘rganilayotgan fanga bevosita aloqasi bo‘lgan mavzu bo‘yicha ham kurs ishi yozishga ruxsat etiladi.
Kurs ishini bir necha talabalarning bitta mavzudan yozishlariga ruxsat etilmaydi. Bundan istisno holda, ilmiy rahbarning ruxsati bilan bir mavzuning turli jihatlarini yoritib beradigan holatlarda bir necha talabalarning bir mavzuda kurs ishi yozishiga ruxsat beriladi. Albatta, bunday tanlangan mavzular tegishli kafedrada ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Odatda, kurs ishlari mavzulari ro‘yxatidagi mavzular soni akademik guruhdagi kurs ishini bajaradigan talabalar sonidan 2 barobar ortiq bo‘ladi. Shu sababli bir akademik guruhdan bir necha talaba bitta mavzuni tanlamagani maqsadga muvofiq. (kurs ishlarining namunaviy mavzulari ushbu yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan).
Mavzuni tanlashga har bir talaba u yoki bu mavzuga ilmiy va amaliy qiziqishlarini, ilmiy to‘garaklardagi avvalgi ishtirokini hisobga olib, maxsus adabiyotlar bilan tanishuvi yoki oliy ta’lim muassasasigacha orttirgan ish tajribasiga tayangan holda yondoshgani ma’qul. Bundan tashqari, kurs ishi mavzusini talaba kelgusida yozajak bitiruv malakaviy ishining mavzusi va yo‘nalishini hisobga olgan holda tanlagani maqsadga muvofiq, chunki kurs ishi, ma’lum ma’noda, malakaviy ishda ko‘tariladigan masala va muammolarning nazariy asosini tashkil qiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda kafedra pedagog-xodimlarining yordami katta ahamiyatga ega. Mazkur fandan amaliy mashg’ulotlar olib boruvchi kafedra o‘qituvchilari bu ishda talabalarga yaqindan yordam beradilar. Bu maqsadda pedagog-xodimlarning yakka tartibda va guruh bo‘yicha maslahat soatlari uyushtirishi maqsadga muvofiq. Unda o‘qituvchi talabalarni dolzarb mavzular bilan yaqindan tanishtiradi, ayrim mavzularning dolzarbligi va mazmuni haqida axborot beradi, shuningdek, talabalarni tavsiya etilayotgan mavzularning muammoli jihatlarini yoritishga yo‘naltiradi, talabalarga jiddiy va har tomonlama o‘ylab mavzu tanlash maqsadida tegishli adabiyotlarning tegishli boblari bilan tanishib chiqish, me’yoriy-huquqiy manbalarni o‘rganish, amaliyotdagi mavjud holatni tahlil qilish kabi tavsiyalarni beradi.
Talabaning kurs ishi bo‘yicha ilmiy rahbari bo‘lib u o‘qiydigan guruhda dars olib boradigan o‘qituvchi hisoblanadi. Talaba kurs ishining rejasini, foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxatini, mavzu bo‘yicha yig’iladigan materiallarni yig’ish usullari, ularni qayta ishlashni va barcha ma’lumotlarni tekshirtirish muddatlarini ilmiy rahbari bilan muvofiqlashtirishi kerak.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling