«tasdiqlayman» Termiz davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori


Download 1.82 Mb.
bet5/17
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1311507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BT va STI TIM KURS ISHI UCHUN USLUBIY KO\'RSATMA

Reja (Mundarija)da kurs ishining barcha bandlari, ya’ni kirish, asosiy qism, 4-5 ta savol, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati sahifa raqamlari bilan birgalikda keltiriladi.
Kirish qismining hajmi 3-4 sahifani tashkil qiladi. Kirish qismida tanlab olingan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, kurs ishining maqsadi, vazifalari, nazariy va metodologik asoslari, ob’yekti hamda predmeti o‘z aksini topadi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish, barcha ilmiy ishlar kabi, kurs ishi uchun ham majburiy talabdir. Talaba mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va nazariy jihatdan tayyorgarligi, albatta, bu mavzuning mazmunini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Mavzuning dolzarbligini yoritishda quruq, asossiz gaplarga o‘rin bermaslik lozim. Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ma’ruzalaridan, shuningdek, xorijiy va milliy pedagog-olimlar asarlaridan mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrlarni keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishning kirish qismida kurs ishi mavzusining maqsadi o‘zining aniq ifodasini topishi, ushbu maqsadga erishish yo‘lida qo‘yilgan vazifalar aniq ko‘rsatilishi kerak, chunki, kurs ishini baholashda qo‘yilgan maqsadga erishilganlik va belgilangan vazifalarning bajarilganlik darajasiga baho beriladi. Kurs ishining kirish qismini ko‘pi bilan 3-4 sahifa hajmda yozish tavsiya etiladi.
Asosiy qism boblar, paragraflar yoki savollar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishining umumiy hajmining tahminan 75-80 %ini tashkil qilishi kerak. Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi, statistik ma’lumotlarning mazmuni tahliliy natijalar asosida ochib beriladi, o‘rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishlari va qonuniyatlari aniqlanadi, ularga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rsatiladi hamda o‘rganilayotgan jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Birinchi bob yoki savol odatda o‘rganilayotgan soha yoki pedagogik kategoriyaning nazariy jihatlarini ochib berishga bag’ishlanadi. Unda u yoki bu pedagogik kategoriyaning mazmuni, uning ta’lim-tarbiya jarayonida va ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Biron bir pedagogik kategoriyaning mohiyatini ochib berish - bu mazkur kategoriyaning mohiyati va zarurligi nimada, zamonaviy pedagogik jarayonda u qanday o‘rin egallaydi, uning rivojlanishining ob’yektiv omillari nimalardan iborat, qanday ijtimoiy-pedagogik munosabatlarni aks ettiradi, ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? - degan savollarga javob berishdir. U yoki bu pedagogik kategoriyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini aniq ma’lumotlar asosida ochib berish mumkin. Ma’lumotlar dunyo bo‘yicha, mamlakat bo‘yicha yoki mavzu oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, hududlar (viloyat, shahar, tuman) bo‘yicha keltirilishi va bir necha yil ko‘rsatkichlarini solishtirish asosida tahlil natijalari aks ettirilishi kerak.
Ikkinchi savol yoki bob odatda amaliy faoliyat bilan bog’liq bo‘ladi. Unda u yoki bu pedagogik muammoni hal etishga qaratilgan amaliy yechimlar, strategiyalar, taktik usullar, pedagogic shart-sharoitlarlardan amaliyotda foydalanish holatlari aks ettiriladi. Asosiy qism mazmunini yoritishda amaliyot ma’lumotlarini jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklida ifodalash, ularni batafsil tahlil etish talab etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga, hukumat idoralarining rasmiy Internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanish tavsiya etiladi.
Kurs ishining so‘nggi savollari, odatda o‘rganilgan muammoning mazmuni, sohada olib borilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish, rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan bo‘ladi. Bunda talaba, izlanishlar natijasida olgan bilimlari, kuzatishlari, tahlillari asosida o‘rganilgan soha yohud ob’yektning faoliyatini yaxshilash, samarasini yanada oshirish bo‘yicha o‘zining yoki shu sohada izlanishlar olib borgan pedagog-olimlar va amaliyotchilarning taklif va mulohazalarini ilmiy tarzda bayon qilishi, ularni har tomonlama asoslab berishi, xulosalarini bir tizimga solib keltirishi lozim. Shuningdek, kurs ishi asosiy qismining tegishli reja savollarida o‘rganilayotgan sohaga taalluqli bo‘lgan ilg’or xorijiy tajribalarni bayon etish va ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar kiritish kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi va uni yuqori darajada baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 2-3 sahifa atrofida bo‘lib, unda talaba tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida shakllangan xulosalar va taklif-mulohazalar tizimli ravishda keltiriladi. Ishning xulosa qismida bayon etilgan fikrlar o‘rganilgan muammolarning yechimini yoritib berishi, o‘rganilgan soha yoki pedagogik voqelikning mavjud holatini yaxshilash va amaldagi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan va berilgan takliflarning aniq, lo‘nda va qisqa mazmunini aks ettirishi, ishni yakunlangan ilmiy ish sifatida tan olish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim. Kurs ishining so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Shuni alohida ta’kidlash muhimki, muallif tomonidan keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati uning kurs ishini yozishda oxirgi 3-5 yil ichida chop etilgan maxsus adabiyotlardan foydalanish tavsiyasiga rioya qilganligini ko‘rsatib turishi kerak.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling