Noorganik birikmalarning ayrim sinflari. Koordinatsion birikmalar.
Koordinatsion birikmalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Koordinatsion nazariya, koordinatsion birikmalarni turlari, tuzilishi va izomerlari. Kimyoviy bog‘lar tabiati. Valent bog‘lar nazariyasi. Kristall maydon nazariyasi. Har xil simmetriya maydonlarida atom orbitallarining bo‘linishi. Kuchsiz va kuchli maydonli ligandlarning elektron konfiguratsiyasi kristall maydon termlarida bo‘linishi. Spektrokimyoviy qator. YAn-Teller effekti. Tanabe-Sugano diagrammasi. Elektronlararo ta’sirlanish parametrlari. Ligand maydon nazariyasi. Har xil simmetriyali kompleks molekulalarni energetik diagrammalarini tuzishda MOMni qo‘llash. -, - ta’sirlashuvni hisobga olish. Koordinatsion birikmalarni ahamiyati (kataliz, analiz, tibbiyot va boshqalar).
Klaster moddalar.
Klaster tarkibidagi markaziy atomlar o‘zaro bevosita va ko‘prik vazifasini o‘to‘vchi ligandlar orqali birikkan bo‘lishi. Klaster modda hosil bo‘lganligini (Me-Me bog‘lanish borligini) metallar orasidagi masofani qisqarishi va ularni diamagnit xossa namoyon qilishi orqali tushuntirish. Biror modda Me-Me bog‘lanishli strukturaga ega ekanligini rentgenstrukturaviy analiz usuli bilan aniqlash. Metallar quyi oksidlanish darajasiga ega bo‘lganda Me-Me bog‘lanish hosil qilishga moyilligi. Klasterlarni katalizatorlar, o‘ta-o‘tkazuvchan va yarim o‘tkazuvchi va boshqa sohalarda keng qo‘llanilishi.
Kimyoviy reaksiyalarni sodir bo‘lishini aniqlovchi omillar
Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishida termodinamik nazariyalar. Kimyoviy jarayonlarni o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi va ma’lum sharoitlarda sistemada muvozanatning qaror topishini aniqlovchi kriteriyalar. Gibbs energiyasini entalpiya va entropiyaning o‘zgarishiga bog‘liqligi. Reaksiya natijasida gaz moddalarini hosil bo‘lishini entropiyaning o‘zgarishiga ta’siri. Kimyoviy reaksiyaning yo‘nalishini to‘g‘ri bashorat qilishda Gibbs energiyasi o‘zgarishidan foydalanish. Standart izobar-izotermik potensial haqida tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |