«tasdiqlayman» Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekani A. Xamidov 2023 yil Termiz davlat institutining Filologiya fakultetida


Download 0.93 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1552276
Bog'liq
Insho bayonnoma




«TASDIQLAYMAN»
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekani A.Xamidov _______
«___»_________ 2023 yil

Termiz davlat institutining Filologiya fakultetida “Oila-muqaddas dargoh”mavzusida bo’lib o’gan insholar ko’rik tanlovining fakultet bosqichi




BAYONNOMASI №___
13” 05. 2023 yil Termiz shahri


__” _________ 2021 yil

Ishtirok etdilar:

Termiz davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Raimnazarova ,fakultet tyutori N.Jo’rayeva







KUN TARTIBI:
Oila muqaddas ekanligini,oilaning jamiyatda muhim o’rin egallashini yoshlarga targ’ib etish maqsadida Termiz davlat pedagogika institute Filologiya fakultetida “Oila-muqaddas dargoh”mavzusida insholar ko’rik tanlovi tashkil etildi.
Tanlovni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Nasiba Raimnazarova ochib berdi.
Tanlov maqsadi:Yoshlarda oilaparvarlik ruhiyatini o’stirish.Oila jamiyatning ajralmas bir bo’lagi ekanligini bashariyatning tirikligi,kelajakning ma’naviyati oila bilan chambarchas bog’liqligini yoshlarga tushuntirish.
N.Raimnazarova talabalarga oila muqaddas ekanligi haqida fikr va mulohazalarini bildirdi.Jumladan,bizda oila qurayotganda an’anaviy ko’rsatmalarga amal qilinishi,yaxshi oilalar xushxulqli va ibratli kishilarni tarbiya qilishini aytib o’tdilar.Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblangan.O’zbek oilalarining mustahkamligini ta’minlovchi insonlar bu mo’tabar onalarimizdir.
Tyutor N.Jo’rayeva tanlovda ishtirok etayotgan talabalarga insho mavzusi,reja asosida yoritilishi,teran va izchil fikrlar bayon etilishi lozimligini aytib o’tdi.Talabaning ijodiy yondashuvi,dunyoqarashi va bilim darajasi yozilgan ijodiy ishida namoyon bo’ladi.
Ushbu tanlovning fakultet bosqichida 10 nafar talabalar ishtirok etishdi va eng yuqori ball to’plagan 3 nafar ishtirokchi munosib rag’batlantirildi.Qolgan ishtirokchilarga dekan tomonidan faxriy yorliqlar berildi.

1) I o’rin 2-bosqich 207-guruh talabasi Mirzayeva Avazxol


2) II o’rin 2-bosqich 206-guruh talabasi Qudratova Manija
3)III o’rin 2-bosqich 206-guruh talabasi Qahhorova Dinora
Munosib o’rinlarni egallagan talabalar Institut bosqichiga yo’llanma oldilar.

Qaror qilindi:
1.Filologiya fakultetida yoshlarning bilim va savodxonligini oshiruvchi tadbirlar tashkil etilsin.
2.Faxrli o’rinlarni olgan talabalar fakultet tomonidan taqdirlansin.
3. Fakultetlararo insholar tanlovida talabalarning faol ishtirok etishini Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari N.Raimnazarova va fakultet tyutori zimmasiga yuklatilsin.
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: N.Raimnazarova
Bayonni rasmiylashtirdi: H.Normamatova
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling