“tasdiqlayman” Termiz shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori


Download 28.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1564670
Bog'liq
4-oktabr kuni bayoni Adolat qutisi bayoni


“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori
_________R.O.Qayumova


Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Birlashgan millatlar tashkilotining simulyatsion konferensiyalari” hamda “Simulyatsion sudlar” jarayonlarini ko‘rgazmalar orqali o‘quvchilarga namoyish qilish, “Adolat quti”larini yo‘lga qo‘yish yuzasidan davra suhbati


BAYONI №
2018-yil 4-oktabr Termiz shahri

Yig’ilish raisi: - R.O.Qayumova - maktab direktori;


Qatnashdi: - F.Sattorova -MMIBDO”;
- J.X. To’rayev - yoshlar yetakchisi;
- Maktab o‘quvchilari;
K U N T A R T I B I


1. O‘quvchilarning o‘qishi, xulqi va davomati to‘g‘risida
2. Maktabda o‘quvchilar manfaatlari, haq-huquqlarini himoya etish, muammolarni hal etish, “Birlashgan millatlar tashkilotining simulyatsion konferensiyalari” hamda “Simulyatsion sudlar” jarayonlarini ko‘rgazmalar orqali o‘quvchilarga namoyish qilish, “Adolat quti”larini yo‘lga qo‘yish.

Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 2018-yil 15-oktabrda o‘quvchilar manfaatlari, haq-huquqlarini himoya etish, muammolarni hal etish, “Birlashgan millatlar tashkilotining simulyatsion konferensiyalari” hamda “Simulyatsion sudlar” jarayonlarini ko‘rgazmalar orqali o‘quvchilarga namoyish qilish, “Adolat quti”larini yo‘lga qo‘yish yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ F.Sattorova so‘zga chiqib, o‘quvchilarga maktab ichki tartib intizomi, o‘quvchilar odob-axloq qoidalari haqida aytib o‘tdi. Barcha o‘quvchilar odob axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishlari ta’kidlandi.


Bunda odob-axloq qoidalarining har bir bandiga alohida to‘xtaldi. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga juda katta e’tibor berilib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maksadida ajoyib tadbirlar tashkil etilayotganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng, maktab yoshlar yetakchisi J.X.To’rayev so‘zga chiqib, mustaqilligimizning 27 yilligi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushuncha berdi. Davlatimiz mustaqilligining 27 yili davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida gapirib o‘tdi. Shu munosabat bilan maktabda o‘quvchilar manfaatlari, haq-huquqlarini himoya etish, muammolarni hal etishda ko‘maklashish maqsadida “Adolat” qutilarini tashkil etilganligi to‘g‘risida o‘quvchi yoshlarga aytildi.
U o‘z nutqida davom etar ekan, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar lishdi. O‘quvchilar mustaqillik, O‘zbekiston, Vatan haqida she’rlar aytishdi. Vatan oldidagi burchimiz faqat a’lo baholarga o‘qish ekanligi haqida aytib o‘tishdi. A’lo baholarga o‘qigan o‘quvchi kelajakda jamiyatimizga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishishi haqida tushunchallarga ega bo‘lishdi. Yig‘ilishda barcha takliflar tinglanib,
Adolat qutisining namunaviy ko’rinishi 1-ilovada;
Q A R O R Q I L A D I:
1. Maktabda o‘quvchilar manfaatlari, haq-huquqlarini himoya etish, muammolarni hal etishda ko‘maklashish maqsadida “Adolat” qutilarini tashkil etilganligi qoniqarli deb topilsin.


Yoshlar yetakchisi: J.X.To’rayev
Adolat qutisining namunaviy ko’rinishi 1-ilova;
Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling