«tasdiqlayman» Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i S. Muhamadiyev


Download 0.73 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1251899
Bog'liq
Солиқ Протоколи Ёшлар Сайёр кабули-03.03.2023


« TASDIQLAYMAN»
Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i
___________S.Muhamadiyev
2023 yil «03» mart


Termiz shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i S.Muhamadiyev tomonidan Termiz shahar “A.Avloniy” mahalla fuqarolar yig'inida yoshlar bilan o'tkazilgan uchrashuv


B A Y O N I №4C-07/23


2023 yil 03 mart Termiz shahar, “A.Avloniy” MFY


Raislik qildi: Termiz shahar DSI boshlig`i S.Muhamadiyev


Ishtirok etdi: Termiz shahar ABKM rahbari, Yoshlar ishlari agentligining 4-sektordagi yoshlar yetakchilari


Qatnashganlar: Termiz shahar mutasaddi korхona va tashkilotlar rahbarlari, 4-sekotr hududida yashovchi 15 nafar yoshlar


KUN TARTIBI:


Yoshlarni qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, ish bilan bandligini ta'minlash hamda muammo va takliflarini hal etish to'g'risida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat 4-sektor rahbari yig'ilish qatnashchilarini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 25 dekabrda “Yoshlar” forumida va 2021 yil 27 yanvar kuni yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida Respublikamiz yoshlari bilan uchrashganligini aytib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan davlat siyosati хususida batafsil to'хtalib, yoshlarga tushuntirish berib o'tdi.
Bundan tashqari tadbirda shahar bandlik bosh boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi vakillari, mahalla fuqarolar yig'inlari хodimlari, ish bilan band bo'lmagan yoshlar va kasb-hunar texnikumi bitiruvchilari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda yoshlar bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
Shuningdek, ish bilan ta'minlanmagan, uyushmagan ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkorlikni tashkil etish tartib-tamoyillari, soliq imtiyozlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shundan so'ng, yoshlar bilan ularni qiziqtirgan masalalar, muammolar va takliflar yuzasidan suhbatlashildi. Yoshlarning muammolari va takliflari eshitildi.
Qabulga kelgan 15 nafar yoshlardan 5 nafaridan 5 dan ortiq muammo va takliflar bilan murojaat qilishdi.
Mazkur murojaatlarni qisqa muddatda ko'rib chiqib, ijobiy hal etish bo'yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriq berilib, tegishli choralar belgilab olindi.
Uchrashuvdagi murojaatlardan kelib chiqib, quyidagi topshiriqlar berildi:
1. Termiz shahar 4-sektor bo`limi boshlig`i (N.Muhamadiyev)
- O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga asosan, uchrashuvda tushgan murojaatlarni o'rganib chiqilishini nazorat qilish jadvalini tayyorlab, tasdiqqa kiritsin;
(muddat 2 kun)
- murojaatlarni o'z vaqtida va sifatli hal etilishini ta'minlash maqsadida, ularni tegishliligi bo'yicha viloyat tashkilotlariga yuborilishini ta'minlab, ijrosini qat'iy nazoratga olsin; (muddat 1 kun)
2. Mas'ul ijrochilar tomonidan murojaatlar ijrosini hal etmasdan, o'z holiga tashlab qo'yilishi, sansolarlikka solinishi, uning ijrosi bo'yicha 4-sektor Shtabiga noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etilishi natijasida takroriy murojaat qilinishiga yo'l qo'yilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuni talablariga asosan, tegishli javobgarlik choralari ko'rilishi to'g'risida ogohlantirilsin;
3. Mazkur yig'ilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish
Termiz shahar 4-sektor bo`limi boshlig`i N.Muhamadiyev zimmasiga yuklatilsin.


Yig'ilish kotibi N.Muhamadiyev









Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling