Tasdiqlayman To‘raqo‘rg‘on tuman


Download 68.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi68.5 Kb.
#1010035
Bog'liq
308 буйруқни йўриқномасини ишлаб чиқиш


Tasdiqlayman”
To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi
bo‘limiga qarashli 36-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabi direktori,
______ M.Ahmadaliyev
15-sentabr 2022-yil
To‘raqo`rg‘on tuman xalq bo‘limiga qarashli 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabda voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha maktab ishchi guruhining navbatdan tashqari yig‘ilishi
BAYONI







Qatog‘on MFY

Raislik qiluvchi:




M.Ahmadaliyev – 36- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Yig‘ilish kotibi:




M.Xolmatov–ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ishtirok etganlar:




Ch.Abdurahmonova - To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPB VEBIG va YoMB inspektor-psixolog, 32-nafar sinf rahbarlari, o‘qituvchi- xodimlar.



1. Maktabda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish.

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori M.Ahmadaliyev so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida barcha sinf rahbarlari o‘quvchilarining maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlashlari kerakligi va ichki nazoratga olingan o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishlari haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi masala yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Nurmatov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 308-sonli buyrug‘i haqida gapirdi. Mazkur buyruq Umiumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartiibda shug‘uillanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida ekanligi va ushbu buyruqqa ilova qilingan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jiihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘riisida yo‘riqnoma mavjudligi haqida ma’lumot berdi va yo‘riqnoma haqida to‘xtalib o‘tdi. Yo‘riqnoma boblari:


1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. O‘quvchilarni ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olib va chiqarish tartibi
3-bob. Ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish
4-bob. Ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar bilan ta’lim muassasasida umumiy profilaktik tadbirlarni amalga oshiruvchi xodimlarning asosiy vazifalari
5-bob. Ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar bilan yakka tartibda shug‘ullanish f aoliyatini nazorat qilish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Mazkur Yo‘riqnoma xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibini belgilaydi. Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan va ta’lim muassasalarining ichki nazorat ro‘yxatiga olingan o‘quvchilar bilan yakka tartibdagi profilaktik va tarbiyaviy tadbirla jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirish ishlari ush yo‘riqnoma talablari asosida olib boriladi va nazorat qilinadi. Yo‘riqnomaga asosan Quyidagi toifadagi o‘quvchilar ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxati olinadi:
o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan nazoratsiz yoki qarovsiz qolgan;
g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etganlar;
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotganlar yo ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida saqlanayotganlar;
ta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yo muntazam ravishda qatnashmayotganlar;
ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlar;
amnistiya akti asosida yoki qilmish yoxud shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyati yo‘qotganligi sababli yoki aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani yoxud yarashilganligi munosabati bilan, shuningdek voyaga etmaganni jazo qo‘llamasdan turib tuzatish mumkin deb e’tirof etilgan hollarda jinoiy javobgarlikda ozod qilinganlar;
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, leldn jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganlar yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab etishga qodir bo‘lmaganlar;
jinoyat sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanganlar;
majburlov choralari qo‘llangan holda jinoiy jazodan ozod qilinganlar;
jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan yoki afv etish aso; jazodan ozod qilinganlar;
sud hukmining ijrosi kechiktirilganlar;
shartli hukm qilinganlar, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo turlariga hukm qilinganlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlar;
ruhiy kasallik tufayli sog‘liqni saqlash muassasalarida hisobda turgan va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lganlar;
tarbiyasi og‘ir, janjalkash, guruhbozlikni targ‘ib qiluvchilar;
maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini muntazam ravishda buzuvi o‘quvchilar;
notinch oilalar farzandlari;
ta’lim muassasalariga taqiqlangan buyumlar (o‘tkir tig‘li jismlar, o‘yin kartasi, tu zararli kimyoviy moddalar va pirotexnik vositalar, maxsus gaz sachratuvchi moslamali ma’naviyat va xulqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa predmetlar)ni olib kirgan yo olib kirishga uringanlar;
"O‘quvchi" reydi davomida aniqlanganlar;
o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan psixologik so‘rovnomalar natijasida ruhiy holati salbiy o‘zgarishlar aniqlangan o‘quvchilar.
O‘quvchilar ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga 3-bandda qayd etilgan qilmishlarni xavflilik va og‘irlik darajasiga qairab uch, olti, to‘qqiz oy va bir yil muddatga olinadi.
Ushbu muddat o‘quvchining xulqida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgunga uzaytirilishi mumkin.
O‘quvchilarni ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olish sinf rahbar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining bildirishnomasi yoki ichki ishlar organining profilaktik hisobga olganligi haqidagi qarori asosida ta’lim muassasa direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruq bilan ro‘yxatga olinga o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga 3 kun muddatda buyruqdan ko‘chirma taqdim etiladi.
O‘quvchini ichki nazorat ro‘yxatiga olish haqidagi buyruqda o‘quvchi yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi mas’ul xodim(lar) haqida ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi shart.
O‘quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi mas’ul xodim sifatida sinf rahbari, maktab psixologi, yoshlar etakchisi yoki tajribali pedagoglardan bir nafari (zarur hollarda bir necha mas’ul) biriktiriladi.
O‘quvchilarni ichki nazorat ro‘yxatidan chiqarish ularning xulqida o‘zgarishlar kuzatilganda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbari va o‘quvchiga biriktirilgan mas’ul xodimning birgalikdagi bildirishnoma yoki ichki ishlar organining profilaktik hisobdan chiqarish haqidagi qarori (shu hisobda turganlar uchun) asosida ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bildirishnomada o‘quvchi bilan olib borilgan yakka tartibdagi profilaktik tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari asoslangan holda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Shu bilan bir qatorda mazkur yo‘riqnomada
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari, Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisining asosiy vazifalari, Sinf rahbarlarining asosiy vazifalari, Ta’lim muassasasi psixologining asosiy vazifalari, Yoshlar etakchisining asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tilganligi haqida gapirdi va sinf rahbarlarining vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.
Sinf rahbarlarining asosiy vazifalari:
ta’lim muassasasi va undan tashqarida o‘quvchilar tomonidan taqiqlangan buyumlar (o‘tkir tig‘li jismlar, o‘yin kartasi, turli zararli kimyoviy moddalar va pirotexnik vositalir, maxsus gaz sachratuvchi moslamalar, qimmatbaho buyumlar, ma’naviyatga va xulqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa predmetlar)ni olib yurish mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilarning oilaviy sharoitini o‘rganish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda to‘garaklarga jalb qilish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilarning ta’lim muassasasi va sinf miqyosida o‘tkaziladigan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga muntazam ravishda jalb qilish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilarning bo‘sh o‘zlashtirayotgan fanlar bo‘yicha faoliyatini muntazam tahlil qilib borish, fan o‘qituvchisiga darslarda ushbu o‘quvchini faollashtirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilarning darslarga to‘liq o‘quv qurollari bilan ishtirok etishi va davomatini, shuningdek odob-axloq qoidalariga rioya qilishini kunlik nazorat qilib borish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilar maktabga kelmay qolgan holatda zudlik bilan shu kunning o‘zida (soat 10:00 gacha) ularning ota-onalari bilan telefon orqali bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritish, ota-onasi bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmaganda, ta’lim muassasasi rahbariyatini ogohlantirish;
ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilarning o‘qishi va xulqida kuzatilayotgan har qanday o‘zgarishlarni ularning ota-onalari va maktab rahbariyatiga ma’lum qilish kabi vazifalarni bajarishlari kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. Barcha sinf rahbarlari Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 18-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 308-sonli buyrug‘i bilan tanishtirilsin.
2. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ta’minlash sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin
Yig‘ilish kotibi: M.Xolmatov
Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling