|
|
|
“TАSDIQLАYMАN”
“Toshkent IQM”
filiali boshligʼi
________ B.K.Eshchanov
|
«Kombinat rahbar-xodimlari va mutaxassislarning bilimlarini sinovdan o'tkazishni elektronlashtirish to'g'risida»
BAYONNOMASI № ___
Raislik qiluvchi: - B.K.Eshchanov “Toshkent IQM” filiali boshligʼi.
Qatnashdilar: - “Toshkent IQM” filiali bosh muhandisi, MM va TX muhandisi,
SX muhandisi, uchastka ustalari, tayyorlov boʼlimi muhandislari va filial
xodimlari.
KUN TАRTIBI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan filial boshligʼi B.K.Eshchanov so’zga chiqib, «Kombinat rahbar-xodimlari va mutaxassislarning bilimlarini sinovdan o'tkazishni elektronlashtirish to'g'risida» 341-sonli buyruq bilan tanishtirdi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 14-avgustda 272-son bilan davlat ro'yhatidan o'tkazilgan Nizom talabini bajarish maqsadida xodimlarni yilda bir marotaba bilimlarini sinovdan o'tkazish jarayonlarini elektron (online) tizimga o'tkazilganligi bilan tanishtirdi.
Yuqorida bayon qilinganlarga asosan yig’ilish, qaror qiladi:
“O’zmetkombinat” AJ filialida yong’in xavfsizligini ta’minlash to’g’risida 341-sonli buyrug’i qabul qilinsin.
Filial rahbar-xodimlari va mutaxassislari sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va yong'in xavfsizligi bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazilish jarayonlari elektronlashtirilgan onlayn tarzda joriy qilinsin.
Mazkur yig‘ilish bayon qarorlarining ijrosini nazorat qilish filial SX muhandisi A.A.Abdualiyev, MM va TX muhandisi K.A.Mo‘minov zimmasiga yuklatilsin.
“Toshkent IQM” filiali
Do'stlaringiz bilan baham: |