34
dozani titrlash taklif etilgandi.
Hozirgi vaqtga kelib, ko„tarilgan qon bosimini
tezlikda nazorat qilish kerakligi isbotlangan, shuning uchun kuchaytirilgan terapiya
qisqa muddat (1-2 hafta). Gipotenziv ta‟sirni sekinlik
bilan yuzaga kelishini ham
hisobga olish kerak. Tiazidli diuretiklarni o„tkazilayotgan terapiyaga qo„shish qon
bosimini davolashning dastlabki kunlarida keskin qon bosimini tushib ketishiga
olib keladi, shuning uchun amaliyotda minimal dozadan davolash boshlanadi.
O„rta terapevtik dozadan oshirib yuborish doridan
kutilgan samaraga qaraganda
uning nojo„ya ta‟sirlari tez rivojlanishiga olib keladi (triglitseridlar va xolesterin
miqdorining oshishi, gipokaliemiya, giperurikemiya). Gipokaliemiya 5-60%
bemorlarda yuzaga keladi. Ko„proq hollarda kaliy 0,1 – 0,6 mg/dl
gacha
kamayadi. Gipokaliemiya – dozaga bog„liq ta‟sir bo„lib, davolashning dastlabki
oylarida yuzaga keladi. Lekin ba‟zi xollarda kaliyning
kamayishi xar qanday
vaqtda xam yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun
hamma patsientlarni vaqti-
vaqti bilan tekshirib turish kerak (4-6 oyda 1marta).
Do'stlaringiz bilan baham: