27
-
Kaliyuretik diuretiklar bilan chaqiriladigan gipokaliemiya;
-
Metobolik alkoloz korreksiyasi
-
Litiyindursirlangan poliuriya
Nojo‘ya ta’sirlari:
-
Giperkaliemiya;
-
Metabolik atsidoz;
-
MNS buzilishlari ( bosh aylanishi, bosh og„rig„i, paresteziya);
-
MIT buzilishlari (ishtaha susayishi, ko„ngil aynishi, qusish);
-
Tayanch – harakat tizimida buzilishlar (mushaklar spazmi);
-
Allergik reaksiyalar;
Aldosteron retseptori raqobotli antagonistlari
Spironolakton. Chiqarilish formasi – 25 mg tabletka. Da‟vomiyligi 2-4
marta
kunda. Ovqatdan keyin buyuriladi.
Eplerenon. Chiqarish formasi – tabletka 25 mg yoki 50mg
Mineralokortikoidlar (aldosteron)
organizmda Na
+
va
suv ni olib qolib, K
+
va H
+
sekretsiyasini kuchaytiradi. Spironolakton va eplerenon mineralokortikoid
retseptorlarini tanlab bloklaydi.
Ta’sir mexanizmi. Distal va yig„uvchi kanalchalar epitelial hujayralarida hujayra
ichi aldosteronga sezgir mineralokortikoidli retseptorlari mavjud.
Aldosteron shu
retseptor bilan bog„lanib DNK ga ta‟sir qiladi va bir necha qadamlardan so„ng
natriy
kanallarini, Na
+
/K
+
-ATFazani faollashuvi va sintezi kuchayadi.
Natijada,
natriyni so„rilishi
kuchayadi, kaliy va vodorod ionlari sekretsiyasi kuchayadi.
Spironolakton va eplerenon esa aldosteronning biologik ta‟sirini to„xtatadi.
Spironolakton va eplerenonning boshqa diuretiklardan
farqi ularning effektining
yuzaga chiqishi uchun birlamchi siydikka tushishi shart emas.
Ionlar ekskretsiyasiga ta‟siri. Spironolakton va epleronon natriy kanali blokatorlari
kabi ta‟sir qiladi: natriy ekskretsiyasini kuchaytirib, vodorod va kaliy sekretsiyasini
kamaytiradi. Bularning barchasi organizmdagi aldosteron miqdoriga bog„liq.
Do'stlaringiz bilan baham: