24
Qo‘llashga ko‘rsatmalar:
- Arterial gipertenziya;
- Shish sindromi;
-
Nefrogen qandsiz diabet;
- Siydik yo„llarida tosh hosil bo„lmasligi profilaktikasi;
- Galogenlar bilan zaharlanishda;
- Glaukoma
Nojo‘ya ta’sirlari:
Tiazidli va tiazidsimon diuretiklarning asosiy nojo„ya ta‟siri
suv-elektrolit
muvozanatining
buzilishi
bilan
bog„liq: gipokaliemiya, giponatriemiya,
gipoxloremiya, metabolik alkaloz, giperkalsiemiya, arterial gipotoniya. Tiazidli va
tiazidsimon
diuretiklar
metabolizmga
sa‟lbiy
ta‟sir ko„rsatadi.
Insulin
sekretsiyasini kamaytirishi orqali giperglikemiya chaqiradi. Giperlipidemiya,
giperurikemiya rivojlanadi. Shuningdek,
MNS tomonidan-bosh aylanishi, bosh
og„rig„i, paresteziya, ksantopsiya, MIT
tomonidan- ishtaxa susayishi, ko„ngil
aynishi, qusish, ichak sanchig„i, diareya, ich qotishi, xoletsistit, pankreatit.
Interstitsial nefrit, anemiya, neytropeniya hamda allergik reaksiyalar yuzaga kelishi
mumkin.
Kaliy saqlovchi diuretiklar
Ushbu guruh preparatlari natriy ekskretsiyasini kuchsiz oshiradi. Asosan boshqa
diuretiklar tufayli yuzaga kelgan gipokaliemiya holatlarda qo„llaniladi. Kaliy
saqlovchi preparatlar ikki guruhga bo„linadi: 1)
aldosteron retseptorining
raqobotsiz antagonistlari yoki natriy kanali blokatorlari: amilorid, triamteren. 2)
aldosteron retseptori raqobotli antagonistlari: spironolakton, eplerenon.
Natriy kanali blokatorlari.
Distal kanalchalarning oxirgi qismlari va yeg„uvchi kanalchalardagi apikal
membranalarning
natriy kanalini bloklab, natriy ekskretsiyasi oshadi, kaliy
sekretsiyasini kamaytiradi. Amilorid va triamteren kuchsiz natriyuretik ta‟sirga ega
bo„lib, buyrakda qon aylanishi, filtratsiya tezligiga ta‟sir etmaydi. (Rasm 7).