Tasdiqlayman” Urganch innovatsion universiteti rektori M. J. Ishmuratov


Download 5.87 Mb.
Sana28.10.2023
Hajmi5.87 Mb.
#1730814
Bog'liq
xon atlas


TASDIQLAYMAN”
Urganch innovatsion universiteti
rektori___________M.J.Ishmuratov
Joriy yilning 28-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida,mahallalarda, vazirlik va idoralarda, ta’lim muassasalarida “Xon atlas” festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Urganch innovatsion universitetida talaba yoshlar bilan “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risidagi


BAYONNOMASI


28.09.2023-yil Urganch shahri

Yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan “Xon atlas” festivali Urganch innovatsion universitetida ham yuqori kayfiyatda, bayramona ruhda davom etyapti. Festival doirasida so‘zga chiqqanlar Yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: N.Matyakubov Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari:F. Atamuratovalar tomonidan azaliy qadriyatlarimizni oʻzida ifoda etgan ushbu goʻzal matolar milliy boyligimiz sanalishi, unda xalqimizning shonli oʻtmishi, qadimiy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlari mujassamligi, bugungi kunda xonatlas butun dunyoda oʻz muxlislariga egaligi, undagi yorqin ranglar va takrorlanmas naqshlar kishiga xush kayfiyat bagʻishlashi, maftun etishi eʼtirof etilmoqda.Haqiqatan, milliy liboslar xalqning asriy anʼanalarini mujassam va tarannum etgan muhim vosita hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom maʼnoda milliy matolarimizda oʻz ifodasini topib kelayotgani bilan yanada qadrli va ahamiyatlidir.Bugungi tadbirda talaba qizlarimiz judayam faol ishtirok etishdi ayniqsa o‘zlarini milliy atlas kiyimlarida milliylik ruhuni yaratib berishdi. Festival dasturi o’z ichiga xon-atlas ko’rgazmasi, ilmiy-amaliy seminar va modalar namoyishi qismlarini olgan edi. Festival davomida milliy matolarimiz bo‘lmish xon-atlas, beqasam, adras va turli hunarmandchilik namunalarini bilan tanishish imkoniyati taqdim etildi. Jumladan, tadbirning ilmiy-amaliy seminar qismida xon-atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek,ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar o‘qib eshittirildi. Festivalning o‘ziga xos jihati shunda ediki, tashrif buyurgan har bir mehmon ramziy ravishda xon-atlasdan tikilgan liboslarda edilar. Festival yosh iqtidorli dizaynerlarning xon-atlas matosidan yaratilgan kundalik va oqshom liboslarini mujassamlashtirgan jami 15 kolleksiyasi namoyishi bilan o‘z yakuniga yetdi.




Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: N.Matyakubov
Tadbirdan fotolavhalar






Download 5.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling