tasdiqlayman
Download 21 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotchi talaba: Azimjonova Havoxon Amaliyot rahbari: Karimberdiyeva Mohsanam
“TASDIQLAYMAN” Yozyovon tumani 5-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori: ________________G'.Yusupov 13.05.2022-yil Farg'ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti Fizika yo'nalishi: 4-bosqich 19.10 -guruh talabasi Azimjonova Havoxon Rustamjon qizining malakaviy amaliyot davri H I S O B O T I Men Azimjonova Havoxon Rustamjon qizi 12.09.2022-yildan 08.04.2023-yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Farg'ona viloyati Yozyovon tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida malakaviy amaliyotda bo'ldim. Amaliyot davrida boshlang’ich ta’lim o'qituvchilari bilan muntazam ishlar olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim hamda o'rgandim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerak bo'lgan turli o'qitish metodlari,yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni o'rgandim. Shu bilan birga, noan'anaviy o'qitish metodlarini dars jarayonida qo'llashni va eng muhimi,haqiqiy pedagog sifatida o'quvchi bilan to'g'ri va samarali aloqa o'rnatishni o'rgandim. Boshlang’ich ta’lim o'qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni mustaqil ravishda konspektlar yozishni,darsni to'g'ri tashkillash,mavzuga mos bo'lgan materiallar va ko'rgazmali qurollar,tarqatma materiallaridan to'g'ri foydalanishni va eng muhimi o'quvchini o'z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o'rgandim. Bunga qo'shimcha yana dars vaqtini to'g'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o'tishni o'rgandim hamda amalda sinab ko'rdim. Bunda menga ustozlardan o'zlashtirgan bilimlarim va malakalarim qo'l keldi. Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash,vaqtni to'g'ri taqsim qilish,ochiq dars o'tish davomida nimalarga e'tibor qaratish lozimligi hamda qanday tarqatma materiallaridan foydalanish kerakligini ustozlardan o'rgandim. Shu bilan birga maktabdagi har hafta bo'ladigan jamoat ishlarida qatnashdim,ma'naviy soatlarini muntazam kuzatib bordim. Maktab o'quvchilari tomonidan o'tkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars o'tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini o'rgandim. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida ustozlardan o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarim menga o'z kasbim bo'yicha kelajakda yetuk mutaxassis bo'lishimga muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi. Amaliyotchi talaba: Azimjonova Havoxon Amaliyot rahbari: Karimberdiyeva Mohsanam Download 21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling