GLOSSARIY
Agroonimlar – (yunoncha agros - dala) – o‘zida er, dala, marza, er uchastlarining atoqli otlarini mujassamlantiradi. Masalan: Toshdala, rayhonmarza kabi.
Akronim // initsial nom – (yunoncha akro tashqi, chetki, onoma – atoqli ot) – so‘zlarning bosh harflaridan iborat bo‘lgan atoqli ot. Masalan: AQSH, XXR kabi.
Amaliy antroponimika – antroponimikaning amaliy muammolar (ism berish, kishi nomlari imlosi va boshqalar) bilan shug‘ullanuvchi tarmog‘i.
Amaliy nomshunoslik – nomshunoslikning atoqli otlarning amaliy muammolari (ism berish, nomni to‘g‘ri talaffauz qilish va yozish, nomlar transkripsiyasi va transliteratsiyasi kabilar) bilan shug‘ullanuvchi tarmog‘i.
Antroponim – (yunoncha antropo – odam, onoma - nom) – kishi ismi, laqabi, familiyasi, taxallusining umumiy nomi.
Antroponimika - onomastikaning kishi ismlari, laqab, taxalluslar, familiyalarni o‘rganuvchi sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |