Tasdiqlayman
Download 179.93 Kb.
|
3. Majmua. Onomastika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar mashg‘ulotlarning mavzulari Seminar mashg’ulotlar mazmuni
- JAMI: 8 s
- 5. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlar Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
- Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
- Jami soat: 28 s 5. TALABA BILIMINI BAXOLASH I. O‘QUV SOATLARI
- Semestr Xaftalar soni Ma’ruza
- Jami auditoriya soati Mustaqil ta’lim
- II. NAZORAT TURLARI 3-SEMESTR
- Mashg‘ulot turi Baxolashlar soni Masofaviy topshirganda
- III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
- IV. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR
- 6. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar
4. Seminar mashg’ulotlar
Seminar mashg’ulotlarda talabalar onomastika tarixi, onomastik birliklarning leksik -grammatik xususiyatlari, nom va jamiyat nomlarining mintaqaviy va umumiy onomastik qonuniyatlari kabi masalalarini o‘rganadilar. 5. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlar Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; masofaviy ta’lim.
5. TALABA BILIMINI BAXOLASH I. O‘QUV SOATLARI Ushbu fan 1 semestr davomida o‘qitiladi va o‘quv soatlari quyidagicha:
II. NAZORAT TURLARI 3-SEMESTR: 1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 1.2. Oraliq nazorat talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi. 1.3. Talabaning amaliy (yoki bo‘lsa seminar xam) laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga deb javobi baxosi (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari xisobga olinib umumlashtiriladi. 1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar) dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga javob berish shaklida o‘tkaziladi. YAkuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. IV. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR 1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 2. Yakuniy nazorat, Filologiya fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlagan) YAkuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 3. YAkuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. 5. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. 6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. YAkuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 7. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi. 10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha ushbu semestrda fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi. 11. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1. Бондалетов В.Д. Русская ономастика. М., 1983. 2.Никонов В. А Имя и обшество. М., 1974. 3.Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии Москва, 1978 4. Попов А.И. Название народов. Л., 1973.
1. Поспелов Э. М. Топонимика и картография., 1967. 2. Суперанская А.В. Структура имени собственного. Москва, 1969. 3. Суперанская А.В. Общая теория имени собственного Москва, 1973. 4. Дўсимов З.,Тиллаева М. Топонимика асослари. -Тошкент, 2002. 5. Аҳмедов Б. Ўзбекистон халқлари тарихий манбалари. Т., 1991. 6. Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати.-Т., 1988. 7. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати Наманган , 2006 8.Бегматов Э. Ўзбек исмлари Тошкент, 1991. 9. Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари. Т., 1995. 10. Қораев С. Этнонимика. Т., 1979.
1. www.ta’lim.uz 2. www.talant.spb.ruG`wald.html 3. www.school. edu. ru. 4. www.inter – pedagogika. ru. 5. www.obrozavaniye .ru 6. www.wwings.ru 7. www.ppf.uni.udm.ru 8. www.search.re.uz - O`zbekistonning axborotlarni izlab topish tizimi. 9.www.ref.uz. - Referatlar to`plami 10.www.ziyonet.uz. 11.www.Google.uz 1 Нуриддинова Р.С. Ўзбек ономастикаси терминларининг лисоний таҳлили. НДА. – Тошкент, 2005. – 23 б. Download 179.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling