Tasdiqlayman


Download 179.93 Kb.
bet75/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

Tuzuvchilar:

Z. Do‘simov ___________ O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori,

filologiya fanlari doktori,



Sh.Alimova __________ O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:

A.I. Primov- O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
I.A.Xajiyeva - TATU Urganch filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar”

kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.


UrDU Filologiya fakulteti dekani _______________ dots.D.Q.G‘ayipov


2020- yil, ___-avgust

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri______________ dots. A.I. Primov


2020- yil, ___-avgust

1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Mamlakatimiz prezidenti I. Karimovning oliy ta’limni isloh qilish, kadrlar tayyorlash samaradorligini yanada oshirish borasidagi ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda tilshunoslik sohasining nazariy masalalarini amaliyot bilan bog’lash ko‘nikmalarini hosil qilish, tilda mavjud lisoniy birliklarning turli xususiyatlarini chuqurroq anglash, ularning mohiyatini nazariy muammolar asosida tahlil qilish salohiyati muhim ahamiyatga egadir.

Ushbu kursning maqsad va vazifalari talabalarning umumlingvistik bilimlarini yanada chuqurlashtirish, onomastik birliklarning lisoniy tizimdagi o‘rni va ularning boshqa hodisalar bilan bog’liqligi haqida tushuncha berish, shu asosda tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasini o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat.

Kursda qamrab olingan muammo va masalalar doirasida talaba:

-“Onomastika” fanining maqsadi, predmeti, obyekti, vazifalari va ularning metodlarini bilishi zarur;

-onomastik birikmalarning leksik birikmalardan farqi, ularning o‘ziga xos semantik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatga ega ekanligini anglashi kerak;

-kurs so‘ngida onomastikaga oid tushuncha va terminlarning ma’nosi va vazifalari xususida to‘liq ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

“Onomastika” tanlov fani sifatida o‘quv rejasida keltirilgan bo‘lib, u “Tilshunoslik nazariyasi “, ”Lingvistik strukturalar”, “Til tarixi”, “Til qurulishi birliklari”, “Falsafa” fanlarida o‘rgatiladigan muammolar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab etadi.

Nomlar juda uzoq davrning mahsuli sifatida til leksikasining eng konservativ qismini tashkil etadi. Shu sababli ular ayrim til birliklarining rivojlanish bosqichlari, ularning evolutsiyasni aniqlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, xalq tarixi, migratsiyasi, etnogenezi masalalarini aniqlashda muhim material sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

“Onomastika” fanini o‘qitishda ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahmiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulot, seminar mashg’ulotlari sifatida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi.

Fanni o‘zalashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Mashg’ulotlar zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.




Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling