Tasdiqlayman” Xalqaro Nordik universiteti rektori Sh. Mustafakulov
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONI
Download 201.72 Kb.
|
Sillabus namuna (kunduzgi) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat turlari Izohi Ball Nazorat muddati
- Joriy nazorat (JN) 1. Darsdagi faolligi
- Oraliq nazorat (ON) 4. Yozma ish
- Yakuniy nazorat (YN) 5. Test
- TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI 1. Taqdimot ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar
- Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar
- 2. Loyiha ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar
- Loyiha ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi
- Loyiha ishida aks etadigan jihatlar
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONI
TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI 1. Taqdimot ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar Talaba nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan taqdimot ishini bajarish talab etiladi. O‘qituvchi tomonidan taqdimot mavzulari talabaga biriktirib beriladi yoki talaba o‘zi ham mavzuni tanlashi mumkin. Taqdimot ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: Taqdimot mavzusi yuzasidan adabiyotlar va ilmiy manbalar o‘rganilib chiqiladi Taqdimot ishi Power Point dasturida 10-15 sahifadan oshmagan holda tayyorlanadi. Taqdimot ishini mazmunini yoritishda video, audio yoki suratlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bilan taqdimot ishini boyitish. Taqdimot ishini himoya qilish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi va taqdimotni yoritib, mavzuni to‘liq ochib berish talab etiladi. Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar: mavzuning dolzarbligi; o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish; asosiy qism; pedagogik tahlillarni amalga oshirish; xulosa; taklif va tavsiyalar. 2. Loyiha ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifani yechish va tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir bozor obyekti yoki firmalar olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga boʻlingan holda semestr davomida topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bogʻlangan bir nechta masalalarni guruh boʻlib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qoʻyilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bogʻliqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega boʻladilar. Loyiha ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: Loyiha ishi mavzusi oʻqituvchi tomonidan belgilanishi. Loyiha ishining rejasini tuzish. Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda na’munaviy shakl asosida tayyorlanadi. Loyihani mazmunini yoritishda video, audio yoki suratlardan foydalanish. Loyiha ishini himoya qilish. Loyiha ishida aks etadigan jihatlar: tanlangan mavzunining dolzarbligi, adabiyotlar tahlili, jamoa bilan ishlashdagi birdamlik, loyiha ishini himoya qilish jarayonida har bir guruh a’zosining ishtirokiga qarab baholanadi. AKADEMIK FAOLIYATDAGI TARTIB-QOIDALAR Xalqaro Nordik universiteti ta’lim jarayonida akademik halollikka katta ahamiyat beradi va plagiat, firibgarlik va boshqa akademik huquq buzarliklarga qarshi kerakli choralar ko‘rishni nazarda tutadi. Plagiat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Har qanday manbadan, shu jumladan, barcha elektron manbalardan so‘zma-so‘z, iqtibos keltirmasdan, o‘z ishida qo‘llash. Boshqa muallifga tegishli ma’lumotni har qanday shaklda mualliflik huquqisiz taqdim etish. Har qanday akademik huquqbuzarliklarga imtihonda, testda, topshiriqlarda yoki hisobotlarda aldash, test yoki imtihonda boshqa talabaning o‘rniga kirish, imtihon, test yoki boshqa kurs materiallarini o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, til biriktirish yoki boshqa noto‘g‘ri yo‘llar bilan olish kabilar va hokazo. Yuqorida keltirilgan akademik huquqbuzarliklar sodir etilganida, talabaga nisbatan quyidagi choralar ko‘riladi: Talaba imtihonda akademik huquqbuzarlik sodir etsa, dalolatnoma tuzilib imtihon jarayonlaridan chetlashtiriladi. Talaba ikkinchi marta akademik huquqbuzarlik sodir etganda kursdan-kursga qoldirilishi va transkriptida bu haqida yozib qo‘yiladi. Download 201.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling