Tasdiqlayman” Xalqaro Nordik universiteti rektori Sh. Mustafakulov
Download 194.5 Kb.
|
Ingliz tili A1 (barcha uchun)
XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
INGLIZ TILI: A1 FAN SILLABUSI
T oshkent – 2023 FANNING O‘QUV DASTURI (SILLABUS)
FANNING MAQSADI Ushbu dastur fanning maqsadi va vazifalarini tavsiflaydi. Bu talabalarga ingliz tilini ikkinchi til sifatida: tinglab tushunish, yozish, o‘qish va gapirish ko‘nikmalarini boshlang‘ich darajada o‘rganishga va tilni A1 darajada amalda qo‘llashda ko‘maklashadi. Ushbu fan doirasida talabalar quyidagilarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar: ingliz tilidagi A1 darajadagi so‘z birikmalari, grammatik qoidalar, gapirish ko‘nikmasi uchun A1 darajasidagi so‘zlarning jamlanmasini bilish va tushunish; hozirgi va o‘tgan zamonlarda grammatik jihatdan gap tuzilishini tahlil qila olish va uni qo‘llay olish; mustaqil ikkinchi til sifatida qo‘llash uchun so‘z boyligini oshirish; tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish hamda mustaqil ishlata olish. FAN BO‘YICHA TALABANING BILIMI, KO‘NIKMASI VA MALAKASIGA QO‘YILGAN TALABLAR Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak: Kursning asosiy grammatik qoidalarini o‘zlashtirish; So‘z hosil qilish qoidalarini bilish, so‘z yasash qo‘shimchalarini tanish; A1 va A1+ dasrajasidagi so‘zlarni o‘zlashtirish; Kundalik mavzularda suhbatlasha olish; O‘z fikrini yozma va og‘zaki tarzda A1 darajada bayon eta olish; Eshitib tushunish orqali eng sodda va kunlik muloqotlarni tahlillash; Yozish orqali grammatik qoidalarni ishlatgan holda, shaxsni, joyni tasvirlay olish, qo‘shma gaplarni yozish, bog‘lovchilarni amalda qo‘llash va tahlillash; Fanga ajratilgan soatlar: Fanga umumiy 300 soat ajratilgan, undan 60 soati amaliy soatlar va 240 soati mustaqil ta’lim uchun belgilangan. 60 soatdan 58 soat auditoriya soatlari bo‘lib, 2 soat oraliq nazoratga va yana 2 soat yakuniy nazoratga ajratilgan. FAN BO‘YICHA MASHG‘ULOTLAR REJASI
Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling