Tasdiqlayman Yakka tartibdagi tadbirkor
LOYIHAGA ASOSAN KERAKLI MABLAG‘LAR
Download 322.22 Kb.
|
Issiqxona biznes rejasi (2)
LOYIHAGA ASOSAN KERAKLI MABLAG‘LARYakka tartibdagi tadbirkor tomonidan 55 000 000 (qirq million) so‘mlik sarf xarajatlar ko‘chatlar sotib olish ishlariga va yerni kavlash ishlariga sarflanishi rejalashtirilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor “ ” _ bo‘limidan 3 yil muddatga yillik 24 foiz ustamasi bilan qaytarish shartiga asosan kredit olayotganligi sababli, o‘z loyihasini 3 yil davomida amalga oshirishni rejalashtirgan. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olinadigan kredit 3 yil muddat davomida Yakka tartibdagi tadbirkorda amalga oshiriladigan loyihaga to‘liq sarflanadi va belgilangan muddat davomida olinayotgan kredit mablag‘ belgilangan muddatida loyihaga asosan qaytarilishi ta’minlanadi. Loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan aylanma mablag‘lar esa, Yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z ichki mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Marketing strategiyasi Bugungi kunda respublikamizda xususiy tadbirkorlik keng rivojlangan bo‘lib, turli xil yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi Yakka tartibdagi tadbirkorlar mavjud. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bugungi kundagi bozor holati bo‘yicha issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan faoliyat olib boruvchi raqobatdosh Yakka tartibdagi tadbirkorlarning ayrim mahsulot turlari hamda ularning narxlari o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, tadbirkor xo‘jaligi o‘z mahsulotlarini qolgan tadbirkorlarga qaraganda arzonroq sotish imkoniyati borligi aniqlandi, ya’ni loyiha amalga oshiriladigan hudud tuman markazidagi dehqon bozoriga yaqin bo‘lganligi, yerning quvvati yuqoriligi, suvning tanqis bo‘lmasligi va boshqa bir qator imkoniyatlar mahsulot tannarxini tushishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, tadbirkor xo‘jaligi tumanda bo‘lganligi sababli, Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z mahsulotlarini bozordan tashqari aholi zich joylashgan hududlarda faoliyat olib boruvchi savdo shaxobchalariga ham yetkazib bera olishi natijasida qolgan raqobatdoshlardan ustunlikka erishishiga xizmat qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish jarayonida mavjud raqobatchilarni o‘rganish, ularning ustunlik va kamchilik tomonlarini, ularning bozordagi holatlarini, xarakatlarini, mijozlar bilan muomalasini, reklama faoliyatini, umuman olganda umumiy xizmat ko‘rsatish jarayonini o‘rganib, tahlil qilib, ana shu natijalarga asosan ish yuritish juda muhimdir. Chunki, hozirgi bozor munosabatlari shakllanib, rivojlanib borayotgan bir paytda, raqobatchilarga nisbatan e’tiborsiz harakat qilish salbiy natijalarni keltirib chiqarishi, xususan mijozlar sonining kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan mazkur loyihani amalga oshirishda raqobatchilar faoliyatini o‘rganib, tahlil qilib borishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bugungi kundagi bozor holatini o‘rganishi natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, yangi tashkil etilayotgan Yakka tartibdagi tadbirkorlari tez fursatda ichki bozorda o‘z o‘rinlarini egallash maqsadida turli reklamalarga alohida e’tibor qaratganlar. Iqtisodiyotning qaysi yo‘nalishida bo‘lishidan qat’iy nazar mahsulot va xizmatlarini rivojlantirishda reklama alohida o‘rin egallaydi. Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z mijozlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, yuzaga keladigan raqobatdoshlikdagi ustunlikni ushlab turish va Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida Yakka tartibdagi tadbirkor muntazam ravishda quyidagi holatlarni nazoratiga olishni rejalashtirgan, jumladan: Download 322.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling