Tasdiqlayman Yakka tartibdagi tadbirkor
ISHLAB CHIQARISHDAGI XARAJATLAR
Download 322.22 Kb.
|
Issiqxona biznes rejasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot sotishdan tushgan tushum
- XULOSA
ISHLAB CHIQARISHDAGI XARAJATLARDastlab bir sotix yer maydonda mahsulot yetishtirish uchun ketadigan xarajatlar
Iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarida ma’lum darajada xarajatlar bo‘lgani kabi Yakka tartibdagi tadbirkorning rivojlanishda ham bir qator xarajatlar yuzaga keladi. Yakka tartibdagi tadbirkor loyihani amalga oshirishidan avval bugungi kundagi bozor holatini o‘rganib chiqishga qaror qilgan. Bunga ko‘ra Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z xarajatlarini qisqartirishi uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalangan ya’ni: - issiqxona uchun gaz sistemasidan foydalanmaslik: - hamkorlarga mahsulotni yetkazib berishdagi yo‘l xarajatlarining kamligi va boshqalar. Barchaga ma’lumki, mahsulot yoki xizmatning tannarxi uning xarajatlariga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda imkon qadar xarajatlarini qisqartirishi natijasida yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, viloyatdagi boshqa hududlarda ham o‘z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan. YETISHTIRILGAN MAHSULOT TANNARXI
Mahsulot sotishdan tushgan tushum
PUL MABLAG‘LARI HARAKATI Sof pul oqimlari to‘g‘risida ma’lumot (ming so‘m)
Demak jami tashqi va ichki bozordan sotishdan birinchi yilda 56 mln. so‘mlik tushum bo‘lib, xizmat ko‘rsatish xarajatlari 1 540 ming so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Sotish va ma’muriy xarajatlarni, barcha soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘langandan so‘ng sof pul oqimi 42 mln. so‘mni tashkil qiladi. 3 yilda barcha to‘lovlardan so‘ng sof pul oqimi 110-120 mln. so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor bankdan 3 yil muddatga 45 000 000 so‘m miqdorida yillik 7 foiz ustamasi bilan qaytarib berish sharti bilan olingan kreditni to‘la qaytarish qobiliyatiga ega. XULOSAUshbu loyihani amalga oshirish orqali O‘zbekiston Respublikasini 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri 3-yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”ga oid muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning Farmon va qarorlarini ijrosini ta’minlagan holda sifatli, zamonaviy, raqobatbardosh, xalqaro standartlar talablariga mos keladigan ishlab chiqarishga erishiladi. Tadbirkor tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga aholi yashash turmush tarzini yanada yaxshilashga, texnalogiyalarni modernizatsiya qilish orqali ishlab chiqarish sohasida yangi marralarga zabt yetish bilan bir qatorda hududdagi infrastrukturalarni ham yaxshilashga erishgan bo‘lamiz. Yuqoridagi fakt va ma’lumotlardan kelib chiqqan holda ushbu loyiha iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun istiqbolli deb hisoblanadi.
Download 322.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling