Tasdiqlayman” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha director oʻrinbosari R. Yusupov
Download 9.04 Kb.
|
11,“Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
“TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha director oʻrinbosari _________ R.Yusupov Har yili 1-dekabr anʼanaviy ravishda “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi. OIV infeksiyasi hozirgi kunning global muammolaridan biri sanaladi. Kasallik epidemiyasi boshlangandan buyon dunyoda 75 milliondan ortiq odam ushbu infeksiya bilan xastalangan. Shudan ham koʻrinib turibdiki, OIV va OITSga qarshi butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim. Infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar oʻrtasida uchramoqda. Kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi. Soʻnggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yoʻl bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat mamlakatimizda ham kuzatilib, 2021-yilning 10 oyi davomida roʻyxatga olingan bemorlarning 74 foizdan ortigʻiga xastalik shu yoʻl bilan yuqqani gumon qilingan. Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi tomonidan oxirgi yillarda barcha yoʻnalishlarida sezilarli natijalarga erishilmoqda. 2019-2020-yillarda Respublikamizning 2 ta yirik shahri — Toshkent va Samarqand OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va aholi sogʻligʻini yaxshilash toʻgʻrisidagi “Parij deklaratsiyasi” deb nomlanadigan butunjahon tashbbusiga qoʻshildi. OIV aniqlangan shaxslarni davolashning dunyoda tan olingan usuli — retrovirusga qarshi davolash usuli boʻlib, yurtimizda bemorlarning 75 foizdan ortigʻi ushbu davolash usuli bilan qamrab olingan. JSSTning “OIV aniqlanishi bilan davolashni boshlash zarur” degan tavsiyalari asosida bugungi kunda meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Joriy yilda vatanimizga qaytgan 158 ming 448 nafar mehnat muhojirlarining 80 foizga yaqini OIVga tekshiruvlar bilan qamrab olindi va infeksiya aniqlangan holatlarda dispanser nazoratiga olindi. Mamlakatimizda JSST tavsiyalariga muvofiq, OIV infeksiyasi onadan bolaga yuqishining oldini olish dasturi joriy etilgan. Unga koʻra, har yili oʻrtacha 600 ming homilador ayollar OIVga tekshiriladi. Infeksiyali ayollardan tugʻilgan chaqaloqlarga xastalik yuqishining oldini olish maqsadida retrovirusga qarshi dorilar oʻz vaqtida berib boriladi. Onasi chet davlatlarda boʻlib, faqat tugʻish vaqtida Oʻzbekistonga kelgan yoki shifokorlarning tavsiyasiga amal qilmagan hollarda chaqaloqlarning kasallikni yuqtirib olishini kuzatish mumkin. Infeksiya onadan bolaga oʻtishining oldini olish maqsadida retrovirusga qarshi joriy etilgan profilaktika samaradorligi 95 foizdan ziyod darajani koʻrsatmoqda. OIV infeksiyasini respublikamizda tarqalishining oldini olish maqsadida YUNISEF, YUNFPA kabi halqaro tashkilotlar bilan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Koronavirus pandemiyasi barchamizga yana bir bor sogʻliqni saqlash sohasi inson huquqlari, gender tengligi, ijtimoiy himoya va iqtisodiy oʻsish kabi boshqa muhim masalalar bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsatdi. Shuning uchun, bu yil butunjahon OITSga qarshi kurash kuni shiori “Tengsizlikka barham berish. OITSni tugatish. Pandemiyani toʻxtatish” deb belgilandi Download 9.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling