Fundamental tadqiqot- bu yig`ilgan bilimlar sistemasini rivojlantirish va printsipial yangi bilim olishdir. Maqsadi tabiatning yangi qonunlarini kashf qilish, xodisalararo aloqalarni ochish va yangi nazariyalar yaratish. Bunday tadqiqot konkret, xoxlagan natijani olish extimoli 10% dan oshmaydiganligi nuqtai nazardan sezilarli darajada tavvakkal (risk) va noaniqliklilar bilan bog`lik. Shularga qaramasdan fundamental tadqiqot ilmning o`zining rivojlanishi xamda ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi.
Amaliy (tadbikiy) tadqiqot natijalarida mavjud ishlab chiqarish vositalarini yoki iste`mol predmetlarini takomillash , yangisini yaratishga erishiladi. Amaliy tadqiqot, ayniqsa texnika soxasidagi fundamental tadqiqotda olingan bilimni moddiylashtirishga yo`naltirilgan. Amaliy yo`naltirganlik va aniq maqsadligiga amaliy tadqiqotdan xoxlagan maqsadni olishning ulkan extimolini beradi (80… 90% ko`prok).
Ishlanma- bu amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba moddellarini yaratishda va ishlatib ko`rish, ishlab chiqarish texnologiyasida xamda mavjud texnikani mukammalashda foydalaniladi. Ishlanma etaplarida natijalari ilmiy tadqiqot maxsulotlari shunday shakl oladiki, ularni jamiyat ishlab chiqarishining boshqa soxalarida xam foydalaniladi. Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI) dan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o‘zlashtirish yoki mavjud namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir.
TKI jarayonida ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi. Fan va ishlab chiqarishning uyg‘unlashgan tizimida bunday aylanish tarixi 2-rasmda keltirilgan.
Fundamental va amaliy ITI larni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.
2-rasm. Ilmiy- tadqiqotlarning fan- ishlab chiarish uyg`unlashgan sistemadasida texnikaviy takliflarga aylantirish tarxi (grafigi).
Ko`rilgan tasniflash shartligina bo`lib, bu uchalasining chegaralari xarakatchandir, ammo ularni ilm-fan tibiiyligi birlashtiradi.
Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki ularning natijasi kelgusida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fundamental mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab beradi.
Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘ini rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko‘ra belgilanadi.
Funlamental tadqiqot bilan xo`jalik ishlab chiqarishining o`rtasida o`zaro bog`lik etaplar yotadi. Loyixalash va o`zlashtirish ayni vaqtda fan xamda texnika soxasiga kiradi. Bu amaliy ish, chunki u ijodiy faoliyatda ilgaridan ma`lum bo`lgan ko`nikma, qabul qilingan- standart va tajribaviy maxoratlargagina asoslanib qolmasdan, texnika, texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkillashtirish, soxalarida yangi ajib yechimlarni olish uchun xamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |