Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi “texnik ijotkorlik asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi andijon-2021-yil
Download 0.55 Mb.
|
Maruza tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon-2021-yil “ TASDIQLAYMAN
- MA’QULLANGAN
- TAVSIYa ETILGAN
- Tuzuvchilar: 1.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “TRANSPORT VA LOGISTIKA” FAKULTETI “TASHISHLARNI TASHKIL ETISH VA TRANSPORT LOGISTIKASI” KAFEDRASI “TEXNIK IJOTKORLIK ASOSLARI” FANIDAN MA’RUZALAR KURSI Andijon-2021-yil “TASDIQLAYMAN” Andijon mashinasozlik instituti O`quv-uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan va ma’qullangan Kengash raisi___________________________ “_________________”-sonli bayonnomasi) “_____”_________________2021-yil. “MA’QULLANGAN” “Transport va logistika” fakulteti Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan Kengash raisi____________________ M.Qo’chqarov “_________________”-sonli bayonnomasi) “_____”_________________2021-yil. “_________________”-sonli bayonnomasi) “____________”_________________2021-yil. “____________”_________________2014yil. “_____”_________________2014yil.
“TAVSIYa ETILGAN” “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi majlis raisi________________________I.Z.Nosirov (kafedra majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan “_________________”-sonli bayonnomasi) “____________”_________________2021-yil. Tuzuvchilar: 1. D.O’rinov AndMI- “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi assistenti. TAQRIZCHILAR: 1. A.Asronov – Andijon viloyati Transport boshqarmasi bo`lim boshlig`i. 2. T.O.Almatayev – AndMI “Avtomobilsozlik” kafedrasi professori, t.f.n. Ushbu ma’ruzalar kursi 5620100 –Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (Avtomobil transporti) bakalavr yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u namunaviy va ishchi dasturiga mos qilib tayyorlangan. Kirish. Transport insonning eng muhim ehtiyojlaridan biri – ko’chishga bo’lgan ehtiyojni qanoatlantiradi. Biroq, amalda birorta transport turi ham (aftidan, avtomobil transportidan tashqari, uyam har doim emas) “eshikdan-eshikkacha” yoki “uydan-uygacha” ko’chishning to’liq siklini mustaqil ravishda ta’minlay olmaydi. Bunday ko’chish faqatgina transport majmuasining alohida qismlarining aniq o’zaro harakatlarida mumkin bo’ladi. Bunday majmuaning ishini O’zbekistonning yagona transport tizimi safatida tashkil qilish bir paytning o’zida ham murakkab vazifa, ham mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan ehtiyoj bo’lib hisoblanadi, bunday tashkil qilish insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining integratsion tendentsiyalariga, ilmiy-texnik rivojlanishni yutuqlari va O’zbekistonning strategik manfaatlariga mos keladi. Bunda O’zbekiston transport tizimining yagonaligi uning tutash davlatlar va hududlir, ayniqsa ularning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi ko’p yillar davomida yagona majmuada kechgan MDH mamlakatlarining bog’lanish yo’llaridan ajratib qo’yilishi lozimligini bildirmaydi. Yaqin o’tmishgacha transport tizimi yagonaligining asosi - transport resurslariga jamoatchilik mulk shakli deb hisoblangan. Bozor islohotlarining o’tkazilishi, aksiyalash va bir qism transport vositalarining xususiylashtirilishi munosabati bilan yagonalik tushunchasi jiddiy sinovlarga tortiladi. Bunda yagonalik emas, balki raqobat, jumladan transportning turlari o’rtasidagi raqobat bozorning harakatlantiruvchisi bo’lib hisoblanishiga urg’u beriladi. Bozor “monetarislari” bilan nazariy bahslarga kirishib o’tirmasdan shuni ta’kidlaymizki, bozorning yagona sxemasi mavjud emas, va bozor mexanizmini absolyutlashtirib bo’lmaydi. Asosiysi – ijobiy yakuniy natijadir, bunday natija insonning yashash shart-sharoitlari va sifati, uning turmush farovonligi, uning ijtimoiy va ekologik himoya qilinganligi, jamiyat tomonidan qabul qilingan erkinlik darajasi hisoblanadi. konkret yakuniy natija resurslarni samarali tejaydigan, insonning munosib hayotini ta’minlaydigan, transport uning muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadigan iqtisodiyot bo’lishi lozim. Transport bozorida, mohiyatiga ko’ra oligopol bozorda, bor-yo’g’i bir nechta transport xizmatlarini ko’rsatuvchi-sotuvchilar (jumladan, transport turlari) va ko’p sonli iste’molchilar-xaridorlar mavjud bo’ladi. O’zbekiston transportining o’ziga xosligi shundan iboratki, tarkib topgan geosiyosiy shart-sharoitlar tufayli ayrim hududlarda qandaydir bir bitta transport monopol bo’lib hisoblanishi mumkin, transportning boshqa turlari esa asosan tovarlar va odamlar ko’chishining boshlang’ich va oxirgi punktlarida uni to’ldirishi mumkin. Bu normal tabiiy monopoliyadir. Bunday holda transportning turlaridan ko’proq samarali foydalanish — ularning ratsional o’zaro harakatlarini tashkil qilishdir, buni jahon tajribasi ham tasdiqlaydi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida asosiysi raqobat emas, balki intermodal tashishlarni ("harakatlanuvchi shosse" tipi bo’yicha), ba’zi bir mamlakatlarda esa hatto amodal tashishlarni (yagona dispetcherlik markaziga ega bo’lgan) tashkil qilish deb hisoblashadi. Va transport resurslariga bo’lgan turli-tuman mulkchilik shakllari bunga xalaqit beruvchi bo’lib hisoblanmaydi. Buning eng yaxshi tasdig’i— Yevrokargo, Interkonteyner, Transfraxt tipidagi umumtransport infratuzilmalarining tashkil qilinganligidir, ular ham, qat’iy qilib aytadigan bo’lsak, o’ziga xos tabiiy monopolistlar bo’lib hisoblanadi. La-Mansh bo’g’ozi ostida tonnel qurilishi va Baykal-Amur magistralining qurilishi faqatgina umummilliy manfaatlarga asoslangan oligopoliyalarni kuchaytirgan, Mana nima uchun dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda asosiy transport kommunikatsiyalari (temir yo’llar, avtomagistrallar, dengiz floti va fuqaro aviatsiyasi infratuzilmasining bir qismi) davlat tasarrufida. Bu transportdagi texnologik jarayonlarning o’ziga xosligi, ularning davlatdagi muhim infratuzilmaviy roli va umummilliy manfaatlarni ta’minlaydigan yirik mablag’talab ishlab chiqarishlardan iqtisodiy samara (foyda) olishning o’ziga xos xususiyatlari bilan chaqiriladi. Shunday qilib, trnsport tizimining yagonaligida asosiysi mulkchilik turi emas (garchi, tabiiyki, bu holat ahamiyatga molik bo’lsada), balki iste’molchilarning manfatlari, bu tizim faoliyatining moddiy-natural ko’rinishdagi yakuniy natijalari hisoblanadi, bu marketing kontseptsiyasiga, ya’ni iqtisodiyotning normal faoliyat ko’rsatishining bozor kontseptsiyasiga mos keladi. "Muvaffaqiyatga faqat iste’molchilarning talablarini to’liq qanoatlantirish bilangina erishish mumkin", — marketingning asosiy postulatlaridan biri shunday deydi. Tarkib topgan vaziyatga bog’liq ravishda transport bozorida transport turlari o’rtasida va bitta turning ichida, masalan, parallel yo’nalishlarda avtomobil firmalari bilan temir yo’llar o’rtasida sog’lom (tabiiy) raqobat ham zarur bo’ladi. Transport korxonalari bozor sharoitlariga moslashish bilan o’zining mahsuloti – transport xizmatlarining raqobatbardoshliligini ta’minlashi lozim. Aynan shu sababli tashishlarni tashkil qilish va rejalashtirishga, mijozlarga transport xizmatlari ko’rsatishga menejment va marketingni keng joriy qilish zarur bo’ladi, va, barcha qulayliklar bilan “aniq muddatiga” va “eshikdan-eshikkacha” o’z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydigan korxonalar va kompaniyalar eng katta muvaffaqiyatga erishadilar. Buni esa mamlakat va uning alohida hududlarining yagona transport tizimi faoliyat ko’rsatishi doirasida transportning bir nechta turlarini birlashtirish bilan eng yaxshi tarzda amalga oshirish mumkin. Bu o’rinda gap markazlashish va mahmuriy buyruqbozlikka qaytish to’g’risida emas, balki bu tizimning turli elementlarining mijozlar uchun ham, transport uchun ham iqtisodiy foydali bo’ladigan o’zaro harakatlari xususida boradi. Yangi sharoitlarda uning asosiy mazmunini qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin. Yagona transport tizimi o’zida transport turlarining mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan qat’iy nazar — aholi va yuk egalarining transport xizmatlariga bo’lgan talabini eng yaxshi qanoatlantirish maqsadida zamonaviy ilg’or texnologiyalardan foydalanish bilan yuklash-tushirish ishlari, odamlar va yuklarni tashishni ta’minlaydigan bog’lanish yo’llari va transport vositalarining samarali o’zaro harakatlar jamlanmasini taqdim qiladi. Transport, xuddi har qanday ishlab chiqarish tizimi kabi, ichki va tashqi muhitga ega. Tashqi muhitning asosiy subhektlari transport xizmatlarining iste’molchilari hisoblanadi, ichki muhitni esa transport xodimlari, transport qurilmalari va vositalari taqdim qiladi. Mamlakat yagona transport tizimining bosh vazifasi tashqi muhitga transport xizmatlari ko’rsatishning ekologikligi, ishonchliligi, xavfsizligi va ijtimoiy adolatliligini hisobga olish bilan transport-yo’l majmuasining ichki muhitining barcha elementlarining samarali o’zaro harakatlari asosida transport xizmati iste’molchilarining talablarini eng yaxshi qanoatlantirish bo’lishi lozim. Hozirgi kunda ma’lum bir ilmiy natijalar va yagona transport tizimini shakllantirish bo’yicha amaliy sahy- harakatlarga qaramasdan, transport majmuasining yagonaligi to’liq darajada ta’minlanmagan. Bu o’rinda gap faqat texnik qiyinchiliklar yoki yagona boshqaruvchi organning yo’qligidv emas. Bunday organ yaratilgan — O’zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi. Biroq transportning har xil turlarini “tutashtirish”, boz ustiga bozor munosabatlari va turli mulkchilik shakllarida, ko’pgina sabablarga ko’ra avvalgiga qaraganda qiyinroq. Bu sabablar transport resurslari rivojlanishining yetarli emasligi, transport turlarining o’zaro harakatlarining iqtisodiy va yuridik mexanizmlarining mukammal emasligi, intermodal transport texnologiyalarining yo’qligi, yagona transport tizimini boshqarish sohasida bilimli mutaxassislarning yetishmasligidir. Bunga yana mamlakatdagi keyingi yillarda ishlab chiqarishning nisbatan pasayishi hamrohlik qilayotgan jaxon umumiy inqirozini ham qo’shish lozim bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling