“tashkent al-bukhary university” O’rganilayotgan mamlakatlar tarixi fanidan mustaqil ishi
Download 12.97 Kb.
|
“tashkent al-bukhary university” O’rganilayotgan mamlakatlar tar-fayllar.org
Andijon viloyati 1941 yil 6 martda tashkil topib, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 4,2 ming kv. km. ni tashkil qiladi. Aholisi eng zich viloyatlardan biri bo‘lib, 2253,5 ming kishi yashaydi. Viloyat aholisining 3/1 qismi shaharlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Viloyat markazi – Andijon shahri.Buxoro viloyati respublikamizda dastlab tashkil topgan viloyatlardan. Viloyat mamlakatimiz janubida joylashgan bo‘lib, Qizilqum cho‘lining kattagina qismini egallagan. U 1938 yil 15 aprelda paydo bo‘lgan. Viloyat egallagan maydon dastlab juda katta bo‘lib, 144,3 ming kv. km. ga teng edi. 1982 yil Navoiy viloyati tashkil topgach, Buxoro viloyatining kattagina qismi ana shu viloyat uchun ajratildi. Hozirda Buxoro viloyati 40,3 ming kv. km. ga teng, aholi soni 1460,6 ming kishini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 11 qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Buxoro shahri viloyatning ma’muriy markazidir.Jizzax viloyati 1973 yil 29 dekabrda tashkil topgan bo‘lib, maydoni 21,2 ming kv. km. ga teng. Aholisi 1011,1 ming kishi. Barcha aholining 30,1 foizini shahar va qolgan 69,9 foizini qishloq aholisi tashkil etadi. Viloyat tarkibida 12 qishloq tumanlari va 7 shahar mavjud. Jizzax shahri viloyat markazi sanaladi.Navoiy viloyati 1982 yilning 20 aprelida tashkil topgan. 1988 yil 6 sentyabrda tugatilib, 1992 yil 28 iyunda qaytadan tiklangan. Navoiy viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, maydoni 111,0 ming kv. km. ni tashkil etadi. Aholisining soni 798,7 ming kishi. Shahar aholisi 40,2 foizni tashkil etadi. Viloyat tarkibida 8 qishloq tumanlari va 6 shahar mavjud. Viloyat markazi 1958 yilda tashkil etilgan Navoiy shahridir. Namangan viloyati 7,4 ming kv. km. ni tashkil etadi. U 1941 yilning 6 martida tashkil etilib, 1960 yil 25 yanvarida tugatilgan va uning erlari Andijon va Farg‘ona viloyatlariga bo‘lib berilgan edi. 1967 yil 18 dekabrda viloyat qayta tiklangan. Aholisining soni 1988,7 ming kishidan iborat. Aholining 37,6 foizi shaharlarda, 62,4 foizi qishloqlarda yashaydi. Viloyat tarkibida 11 qishloq tumanlari va 8 shahar mavjud. Viloyat markazi Namangan shahridir. Download 12.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling