“tashkent al-bukhary university” O’rganilayotgan mamlakatlar tarixi fanidan mustaqil ishi
Download 12.97 Kb.
|
“tashkent al-bukhary university” O’rganilayotgan mamlakatlar tar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazm viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, O rol
Samarqand viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Viloyat respublikamizning markaziy qismida, Zarafshon daryosining o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 16,8 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 2758,4 ming kishini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Samarqand shahri viloyat markazi bo‘lib, u 1924 yildan 1930 yilgacha O‘zbekiston poytaxti ham bo‘lgan.Sirdaryo viloyati 1963 yil 16 fevralda tashkil topgan. Viloyat Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Maydoni 4,3 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 660,8 ming kishini tashkil etib, ularning 32 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Guliston shahri viloyat markazi bo‘lib, viloyat tarkibida 9 qishloq tumanlari va 5 shahar mavjud.Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubida joylashgan bo‘lib, 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Maydoni 20,1 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 1805,0 ming kishini tashkil etadi. Viloyatda aholining 19,7 foizigina shaharlarda yashaydi. Termiz shahri viloyat markazi bo‘lib, viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 8 shahar mavjud. Toshkent viloyati respublikamizning markaziy viloyati bo‘lib, respublikamizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Maydoni (Toshkent shahrini qo‘shib hisoblaganda) 15,6 ming kv. km. ga teng. Bu respublika maydonining 3,5 foizi demakdir. Aholisi esa (Toshkent shahrini qo‘shib hisoblaganda) 4560,3 ming kishini tashkil etadi. Toshkent shahri viloyat markazi bo‘lib, viloyat tarkibida 15 qishloq tumanlari va 17 shahar mavjud. Farg‘ona viloyati respublikamizning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Maydoni 6,7 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 2741,6 ming kishini tashkil etadi. Aholining 71 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 15 qishloq tumanlari va 9 shahar mavjud. Farg‘ona shahri viloyat markazi sanaladi.Xorazm viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, Orol-Kaspiy pasttekisligining bir qismini egallagan. Viloyat 1938 yilning 15 yanvarida tashkil topgan. Maydoni 6,1 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 1371,8 ming kishini tashkil etib, ularning 23,3 foizi shaharlarda yashaydi. Viloyat tarkibida 10 qishloq tumanlari va 3 shahar (Urganch, Pitnak, Xiva) mavjud. Urganch shahri viloyat markazidir. Qashqadaryo viloyati Pomir-Oloy tog‘ tizmasining g‘arbiy chekkasida joylashgan bo‘lib, 1943 yilning 20 yanvarida tuzilgan. 1960 yilning yanvariga kelib esa viloyat Surxondaryo bilan birlashtirilgan edi. 1964 yilning 7 fevralida esa Qashqadaryo viloyati qayta tiklangan. Maydoni 28,6 ming kv. km. ga teng. Aholisi esa 2257 ming kishini tashkil etadi. Aholining 25,2 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 13 qishloq tumanlari va 12 shahar mavjud. Qarshi shahri viloyat markazidir. Download 12.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling