Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 346.99 Kb. Pdf ko'rish
|
beruniyning-falsafiy-qarashlarida-olam-va-odam-muammosining-tahlil-etilishi
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 62 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference kuchayishiga ishora qiladi. Beruniy o'zining butun ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy hayot masalalari bilan qiziqdiki, “Hindiston”, “Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar” asarida o'z falsafiy qarashlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniy Markaziy Osiyo va Sharq mutaffakkirlarini falsafiy g'oyalarini rivojlantirdi. Jumladan, o'zining “Qadimgi halqlardan qolgan yodgorlilar” asarida insoniyat hayoti haqidagi masalani ilmiy asosda hal etishga harakat qildi. Jamiyat va kishilar hayotida geografik omilning ahamiyati, uning ijtimoiy hodisalariga ta'sirini ko'rsatdi. Musulmonlar va hindlarning urf-odatidan tafovutlarning geografik sharoitlar bilan izohladi, hatto tillar o'rtasidagi tafovutlarni ham geografik omillar bilan bog'ladi. Abu Rayhon Beruniyning fikricha, falsafaga yo'l borliqni chuqur tushunib etishga imkon beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o'tadi. Umuman olganda, Beruniy falsafani borliqni mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta'rifga qo'shiladi. Shuningdek, Abu Ma'shar al-Balhiyning “Tabiat hamma narsadan kuchliroqdir”, - degan nuqtai nazariga qo'shilgan. Jahon ijtimoiy-falsafiy ta'limotining vujudga kelishi va rivojlanishiga Sharq va G'arb olimlari munosib hissa qo'shganlar. Ijtimoiy taraqqiyotning ma'lum bir davrlarida Sharq mamlakatlari etakchi mavqeini egallaganlar. Osiyo va Еvropa mamlakatlari halqlarining jahon falsafa fani rivojidagi rolini biryoqlama bo'rttirish yoki kamsitish nazariy jihatdan hatodir. Har qanday fan o'z mohiyatiga ko'ra umumbashariydir. Еr yuzidagi har bir halq katta-kichikligidan qatiy nazar, uning rivojiga o'z hissasini qo'shib keldi. XIX asrning o'rtalarida tabiatshunoslik fanlarida qilingan buyuk kashfiyotlar (evolyutsion nazariya, hujayra nazariyasi, energiyaning saqlanishi va o'zgarishi qonuni) falsafiy dunyoqarashning o'zgarishiga, jamiyat to'g'risidagi ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga turtki berdi. Jamiyat g'oyat murakkab va ko'pqirrali hodisa bo'lib, muttasil ravishda o'zgarish va rivojlanish xususiyatiga egadir. Juda qadim zamonlardanoq insoniyatning ulug' mutafakkirlari jamiyat mohiyatini bilishga va insonning jamiyatdagi o'rni va rolini belgilashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishi to'g'risida muayyan bilim, tasavvurlar hosil qilishga imkon bergan. Insoniyat ma'naviyati yuksalib borgani sayin jamiyat to'g'risidagi qarashlar ham tobora takomillashib borgan, jamiyat to'g'risidagi o'ta sodda diniy-mifologik qarashlarga nisbatan ancha murakkab va ishonchli ilmiy- falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Jamiyat to'g'risidagi izchil ilmiy-falsafiy qarashlarning rivojlanishiga Markaziy Osiyo mutafakkirlari qomusiy bilim egalari: Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino singari ulug' mutafakkirlar salmoqli hissa qo'shganlar. Ularning ilg'or qarashlari ko'p asrlar davomida ijtimoiy munosabatlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling