Tashkent Medical Academy Volume 3


Download 423.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi423.02 Kb.
#1142670
1   2   3   4
Bog'liq
abu-rayhon-beruniyning-pedagogik-psixologik-qarashlari

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
363
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
talab qiladi. Shuningdek, ta`lim bilan tarbiyaning bir butunligini ko`rsatadi, faqat shu 
birlikka amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi, deb ishontiradi. O`quvchi – 
talabalarning yaxshi o`qishi uchun muallim rostgo`y, savodxon, shogirdlariga 
prinsipial muomilali bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda o`quvchi –talabaning savodli 
o`qishida to`rtta asosiy tarkibiy qism, ayniqsa, ahamiyatlidir. Bular ongli, ifodali, 
tog`ri va tez o`qishdir. Ular o`zaro ichki bog`lanish motivlariga ega. O`rta asrning 
buyuk donishmandi Beruniy o`qish haqida ana shu o`zaro bog`liqlik o`quvchi – 
talabalarning o`qish faoliyatini mukammallashtirishga, rivojlantirishga imkon 
yaratishini nazarda tutgan edi. Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashni ustun 
qo`yadi. 
Beruniy inson va jamiyatning paydo bo`lishi masalasiga to`xtalib:” Qadimgi
tarixlarning eng avvalgisi eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir”, 
deydi.Beruniy kishilik jamiyati paydo bo`lishi haqida fikr yuritar ekan, insonlar 
o`rtasida tafovutlar bo`lsa-da, kishilarning ichki tuzilishi barchada umumiydir, degan 
xulosaga keladi.Beruniy fikricha , inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Insonning 
hayvondan farq qiladigan bu xususiyati qanday paydo bo`lganligini tushuntirganda, 
xudoga murojaat qilgan. Beruniy “Podsholar oldida rost gapni gapirishda ularning 
savlatlaridan qo`rqmang, ular gavdangizga hukmronlik qilishlari mumkin, ammo 
vijdonizga tega omaydilar “ deb ta`lim bergan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash 
yo‟llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‟quvchiga 
bilim berishda: o‟quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil 
fanni o‟rgatavermaslik; uzviylik, izchillik; tahlil qilish va taqqoslash; mahlumdan 
nomahlumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish; takrorlash; yangi 
mavzularni qiziqarli, asosan, ko‟rgazmali bayon etish va hokazoga e‟tibor berish 
kerakligi o‟qtiriladi. Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid 
qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‟rganishga da‟vat etadi.Olim ilm toliblariga 
qalbni yomon illatlardan, inson o‟zi sezishi mumkin bo‟lmagan holatlardan, qotib 
qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‟zlikdan, shon-shuhratdan 
saqlanishi zarurligini o‟qtirgan. 
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta‟kidlaydi. Bu hozirgi davr 
pedagogikasi ham ehtirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Yuqoridagilardan 
ko‟rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‟z 
zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta‟lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham 
katta ahamiyatga ega. Zero, uning o‟zi ham haqiqiy komil insonga 
xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan 
asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma‟naviy meros 



Download 423.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling