Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 423.02 Kb. Pdf ko'rish
|
abu-rayhon-beruniyning-pedagogik-psixologik-qarashlari
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 363 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference talab qiladi. Shuningdek, ta`lim bilan tarbiyaning bir butunligini ko`rsatadi, faqat shu birlikka amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi, deb ishontiradi. O`quvchi – talabalarning yaxshi o`qishi uchun muallim rostgo`y, savodxon, shogirdlariga prinsipial muomilali bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda o`quvchi –talabaning savodli o`qishida to`rtta asosiy tarkibiy qism, ayniqsa, ahamiyatlidir. Bular ongli, ifodali, tog`ri va tez o`qishdir. Ular o`zaro ichki bog`lanish motivlariga ega. O`rta asrning buyuk donishmandi Beruniy o`qish haqida ana shu o`zaro bog`liqlik o`quvchi – talabalarning o`qish faoliyatini mukammallashtirishga, rivojlantirishga imkon yaratishini nazarda tutgan edi. Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashni ustun qo`yadi. Beruniy inson va jamiyatning paydo bo`lishi masalasiga to`xtalib:” Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir”, deydi.Beruniy kishilik jamiyati paydo bo`lishi haqida fikr yuritar ekan, insonlar o`rtasida tafovutlar bo`lsa-da, kishilarning ichki tuzilishi barchada umumiydir, degan xulosaga keladi.Beruniy fikricha , inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Insonning hayvondan farq qiladigan bu xususiyati qanday paydo bo`lganligini tushuntirganda, xudoga murojaat qilgan. Beruniy “Podsholar oldida rost gapni gapirishda ularning savlatlaridan qo`rqmang, ular gavdangizga hukmronlik qilishlari mumkin, ammo vijdonizga tega omaydilar “ deb ta`lim bergan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‟llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‟quvchiga bilim berishda: o‟quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‟rgatavermaslik; uzviylik, izchillik; tahlil qilish va taqqoslash; mahlumdan nomahlumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish; takrorlash; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‟rgazmali bayon etish va hokazoga e‟tibor berish kerakligi o‟qtiriladi. Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‟rganishga da‟vat etadi.Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o‟zi sezishi mumkin bo‟lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‟zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini o‟qtirgan. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta‟kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham ehtirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Yuqoridagilardan ko‟rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‟z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta‟lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, uning o‟zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma‟naviy meros |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling