Tashkent Medical Academy Volume 4


Download 43.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi43.87 Kb.
#1734116
1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoada-konfliktlar-va-ularni-bartaraf-etish-yollari

Tashkent Medical Academy 
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice 
in Modern Psychology and Pedagogy: 
Problems and Solutions 
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, 
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar 
 
 
 
 
236
 
May 6 
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 
Biroq, xilma-xillik ham ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Varney (1989), mojaroni 
qanday hal qilish va jamoa a'zolariga salbiy ta'sirni kamaytirish bo'yicha takroriy 
mashg'ulotlardan so'ng ham yirik energetika kompaniyasida ishlaydigan jamoalarning 
aksariyati uchun mojaro birinchi raqamli muammo bo'lib qolganligini xabar qiladi. 
Buning sabablaridan biri, tashkilotlardagi jamoa a’zolari va boshqa rahbarlar 
mojaroni hal qilish masalasiga yetarlicha e'tibor bermasliklari bo'lishi mumkin. 
Varneyning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, aksariyat menejerlar kelishmovchiliklardan 
xabardor va nizolarni hal qilish bo'yicha ta'lim olishgan bo'lsa-da, ular kamdan-kam 
hollarda mojaro muammolarini hal qilishga ustuvor ahamiyat berishadi. Shuni yodda 
tutgan holda, jamoa a'zolari o'zaro nizolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lishlari 
juda muhimdir. 
Jamoada (sinf jamoasi, mehnat jamoasi va boshqalar) har xil 
mavqedagi shaxslar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ancha murakkab kechadi. 
Jamoaning rasmiy va norasmiy yetakchilari va ayrim tengdoshlar orasida kelib 
chiqadigan kelishmovchiliklarda, agar jismonan kuchli bo‘lsa salbiy xulq-atvori va 
xatti-harakati bilan o‘z atrofiga o‘ziga o‘xshagan “mushtum zo‘rlar”ni to‘plagan 
bo‘lsa, sinfdagi jismonan kuchsiz, xavotirlanish darajasi yuqori, qo‘rqoq, o‘ziga 
ishonchsiz o‘quvchilarni ta’qib qilishi, zo‘rlik bilan o‘ziga bo‘ysundirishi, ularni 
yomon yo‘llarga boshlashi mumkin. Bugungi kunda zamonaviy axbort maydonidagi 
harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan 
juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Biz 
butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot 
kechirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Ota-bobolarimiz ongu 
tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va 
andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‘u va tushunchalar 
qadrlanadi. Muammoning yechimini topmasdan turib, konfliktni ijobiy hal etib 
bo‘lmaydi. Agar konfliktga e’tibor berilmasa, muammo yechilmay qolib ketadi, u 
yo‘qolmaydi, balki chuqurlashib, o‘t olib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Konfliktlar yechimini topa bilishda esa maxsus bilimlar qo‘l keladi. Muammoning 
yechimiga qaratilgan umumiy sayi-harakatlar esa uning chuqurlashib ketib, og‘ir 
natijalarga olib kelishining oldini oladi. Shu bois, konflikt vujudga kelganida undan 
uzoqroqda emas, balki unga nisbatan faol munosabatda bo‘lish darkor. Konfliktga 
nisbatan faol munosabat esa konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilim va 
ko‘nikmalarning qo‘llanilishini anglatadi.
Konfliktlar turli joylarda sodir bo‘lishi mumkin. Mana 
shunday konfliktlardan biri – siz ishlayotgan mehnat jamoasida 



Download 43.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling