JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O'QUVCHILAR FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH USULLARI
REJA:
I.KIRISH
I.BOB1. Jismoniy Tarbiya Darslarida O'quvchilar Faoliyatini Tashkil Etish
Usullari
1.1.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari haqida tushuncha
1.2Jismoniy yuklama va uning mazmun-mohiyati
ASOSIY QISM
II.BOB. Sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni
tarbiyalash uslublari.
2.1Jismoniy yuklamalarni me‘yorlashning ahamiyati
2.2Yosh sportchilarda tezkor chidamlilikni rivojlantirish
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Kurs
ishi mavzusining dolzarbligi: 1.1Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari haqida
tushuncha. Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam
organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy
qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri.
J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat
va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib
olib boriladi.Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u
jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga
oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni
aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish,
yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan
biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi.
Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda
Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi
sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan
pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi
ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada
paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J.
t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari
maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida
Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib
topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |