Tashkil etish usullari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana20.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1036301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jismoniy Tarbiya Darslarida O\'quvchilar Faoliyatini Tashkil Etish Usullari PDF



JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O'QUVCHILAR FAOLIYATINI 
TASHKIL ETISH USULLARI 
 
REJA: 
 
 
 
I.KIRISH 
I.BOB1. Jismoniy Tarbiya Darslarida O'quvchilar Faoliyatini Tashkil Etish 
Usullari 
1.1.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari haqida tushuncha 
1.2Jismoniy yuklama va uning mazmun-mohiyati 
ASOSIY QISM 
II.BOB. Sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni 
tarbiyalash uslublari. 
2.1Jismoniy yuklamalarni me‘yorlashning ahamiyati 
2.2Yosh sportchilarda tezkor chidamlilikni rivojlantirish 
III.XULOSA 
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 


Kirish 
Kurs
 ishi mavzusining dolzarbligi: 1.1Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari haqida 
tushuncha. Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam 
organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy 
qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. 
J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat 
va turmush gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib 
olib boriladi.Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u 
jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga 
oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni 
aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, 
yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan 
biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. 
Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda 
Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi 
sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan 
pedagogik risolasida J. t.ning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi 
ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada 
paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. 
t.ning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari 
maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida 
Fransiya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib 
topdi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling