Tashkil etish usullari


II BOB. Sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana20.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1036301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jismoniy Tarbiya Darslarida O\'quvchilar Faoliyatini Tashkil Etish Usullari PDF

II BOB. Sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni 
tarbiyalash uslublari. 
2.1Jismoniy yuklamalarni me’yorlashning ahamiyati.Ma'lumki, ishlash, mehnat 
qilish, energiya sarflash natijasida insonning ish qobiliyati vaqtinchalik kamayishi 
- charchoq deb ataladi.Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya 
etilsa, ular turli vaqtdan so‗ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi 
chidamlilik darajasining xilma-xil bo‗lishidir. Biror bir faoliyatda charchoqqa 
qarshilik ko‗rsatish qobiliyati chidamlilik deyiladi.Oqibatda harakatni 
boshqaradigan mexanizm takomillashadi, bu hol asosan harakat markazidagi 
funksional o‗zgarishlar bilan bog‗lik. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir 


xildagi impulslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi.Uzoq muddatli ishlar 
bilan muntazam shug‗ullanish natijasida, mushaklarda yuzaga keladigan 
o‗zgarishlar, morfologik va biokimyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi. Ulardagi 
moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi. 
Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan o‗zgarishlar, 
ayniqsa yurak-qon tomirlari va nafas organlari termoregulyasiyasi takomillashishi 
kuzatiladi. 
Bu 
holat 
asosan 
nerv-gumoral 
regulyasiyasi 
orqali 
boshqariladi.Chidamlilikni 
oshirish uchun bir qator mutaxassislar o‗z 
uslubiyatlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o‗quvchilarni tayyorlashda 
umumiy chidamlilikka kam e'tibor berilmokda. Eng avvalo bolalik davridan 
boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash kerak, umumiy chidamlilikni 
rivojlantirishga katta e'tibor qaratish lozim.Inson chidamli bo‗lishi uchun 
organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish lozim. Chidamlilik 
darajasining oshishi, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni; 
ikkinchidan, funksional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo‗ladigan 
energiyani tejab-tergab sarflashni; uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji 
boricha to‗la foydalanishni ko‗zda tutadi.Yuqorida qayd etilgan muammoning hal 
qilinishi chidamlilik talab etiladigan yengil atletika turlarida natijalarni 
yaxshilaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, o‗rganish uchun tanlangan ushbu 
mavzu dolzarb masalalardan biri bo‗lib hisoblanadi.Chidamlilikni tarbiyalashda 
mashqlarni har xil shiddatda bajarilishi, charchashni ham har xil vaqtda sodir 
bo‗lishiga olib keladi. Shuning uchun aniq chidamlilikni tarbiyalash uchun 
metodik usullar ham har xil bo‗lishi zarur. Masalan, maksimal va submaksimal 
quvvatli ish bajarishdagi charchashning bosh sababi - organizmda anaerob 
imkoniyatlarining kamayishi bilan bog‗liq.Katta va uzoq vaqt davom etadigan 
shiddatli ishlarda asosiy o‗rinni organizmning aerob imkoniyatlari egallaydi. 
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, mashg‗ulotni bir tekisda yugurish uslubi va 
har xil o‗zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. 
Maxsus chidamlilik sport turlarining talabiga qarab bajariladi. 


Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga 
bog‗liqligini ta'minlaydi, bu ish bajarishda kislorod talabini ta'minlovchi 
yuklamani oshib borishi bilan bog‗liq.Mutaxassislarning ko‗rsatishicha, yosh 
sportchilarning chidamliligini oshirish uchun shug‗ullanuvchilar organizmning 
funksional «potologi» kam shiddatli, lekin uzok davom ettiruvchi ishlarda 
boshqalarga qaraganda yuqoriroq rivojlanishi aniqlangan.Kichik maktab yoshidagi 
o‗quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni bajarish o‗rtachadan past va 
o‗zgaruvchan shiddatda organizmni aerob-glikolitik imkoniyatiga katta talab 
qo‗yadigan bo‗lishi zarur. Maktab yoshidagi o‗quvchilar mashg‗ulotida turli 
shiddatlarda chidamlilikni rivojlantirish quyidagicha: 
- maksimaldan 90-95 %, 1-2 marta takrorlanadi, 12-20 soniya davom etadi
takrorlash oralig‗ida 90-120 soniya dam olinadi; 
- maksimaldan 90 %, 2-3 marta takrorlanadi, 50-70 soniya davom etadi. 
Takrorlash oralig‗ida 120-150 soniya dam olinadi; 
- maksimaldan 75 %, 3-4 marta takrorlanadi, 90-130 soniya davom etadi, 120-150 
soniya dam olinadi. 
400-800-1500-3000 m masofalar maktab o‗quvchilari uchun musobaqalar 
dasturiga kiritilgan. O‗smirlar va bolalar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun 
umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa bola organizmining ushbu 
musobaqaga tayyorlangan bo‗lishi kerakligini ta'kidlaydi. Lekin,o‗quvchi 
yoshlarning ko‗pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi. Shu sababli, 
yuqoridagi ma'lumotlarni inobatga olgan holda, bolalarda chidamlilikni 
rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 
Maktab yoshidagi bolalar va o‗smirlarning umumiy hamda maxsus chidamliligini 
tarbiyalash.O‗quvchilarda chidamlilikni tarbiyalash muammosi mamlakatimizda 
ilmiy tadqiqotlar predmeti sifatida mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan edi. 
Ular mazkur harakat sifatining «Organizmni charchash vaqtini orqaga suruvchi 
yoki charchash jarayonini keltirib chiqaradigan omillarning paydo bo‗lishiga zid 
ravishda ish faoliyatini davom ettirish» xususiyatiga ta'rif berishgan. 


Keyinrok chidamlilik tushunchasi birmuncha kengaydi. Bunga sabab unga tashqi 
va ichki salbiy omillar harakatidagi barqarorlik ham kelib qo‗shildi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling