Hisobotlar
Barcha ma’lumotlar bazasi ilovalarining oxirgi mahsuloti hisobotlar
hisoblanadi. Access hisobot qog’ozga chiqarish uchun mo’ljallangan uzluksiz
shaklining maxsus turlarini o’zida ifoda etadi. Qog’ozga chiqarish va
iste’molchilar o’rtasida tarqatish mumkin bo’lgan hisobotni yaratish uchun Access
jadvallar, so’rovlar va shakllardagi ma’lumotlar kombinatsiyasidan foydalanadi.
Accessda yaratilayotgan hisobotlar olti turga bo’linadi:
Bir kolonka hisobotlari jadval yoki so’rovlar har bir yozuv maydoni
qiymatlaridan iborat matn bitta uzun ustunini ifoda etadi. Access vositasi bo’lgan
“Avtootchet”
vositalar panelidagi tugmasini bosish hisobotlarni yaratishga imkon
beradi.
Lentali hisobotlarda jadval yoki so’rovning har bir maydoni uchun alohia
ustun ajratiladi, har bir yozuv maydonlari qiymatlari esa satrlar bo’yicha
chiqariladi.
Ko’p kolonkali hisobotlar nashriyot tizimlari yoki matnli protsessorlarda
bo’lgani kabi “gazeta” turidagi kolonkalardan foydalanadi.birinchi birinch ustunga
sig’magan axborotlar ikkinchi ustunning bosh qismiga o’tkaziladi va shunday
davom etadi.
Vositalar panelida joylashgan
“Mastera otchyotov”
tugmasidan foydalanish
hisobotlarni sodda ko’rinishda shakllantirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |