Tashkil etish va boshqarish


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#222732
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7

Panellar va menyu 

Microsoft Access dasturida ishlash asoslari 

1. 

Microsoft  Accessni  ishga  tushirish.  Eng  ishonchli  usul 

“Pusk”


 

menyusi  orqali  amalga  oshirish  (1-  rasm).  Agarda,  kopmyuter  kerakli  tartibda 

sozlangan  bo’lsa,  buni  ish  stolida  turgan  yorliq  orqali  ham  amalga  oshirish 

mumkin. 



 

1-  rasm. MS Access bosh menyu orqali ishga tushirish 

2. 

Ochilgan  muloqot  oynasida  yangi  baza  yaratish  uchun 



“Sozdat 

novuyu  bazu  dannix”

  (2-  rasm)  bandini  tanlang.  Agarda  bunday  muloqot  taklif 

etilmasa, menyuda 

"Fayl > Sozdat" 

buyrug’ini tanlib oching 

 

2-  rasm. Yangi ma’lumotlar bazasini yaratish 



Yangi  yaratilayotgan  ma’lumotlar  bazasiga  nom  berish  taklif  etiladi  (fayl 

nomi va joylashish joyini ko’rsating,  masalan, D:\ACCESS\telephone).  

MS  Accessda  yangi  baza  yaratilayotganda  nom  berish    kerakligiga  e’tibor 

bering, odatda boshqa ilovalarda barcha ishlar bajarib bo’lingan va natijani saqlash 

jarayonidagina  (masalan,  MS  Word  yoki  Excel  ilovalarida)  faylni  nomlash  taklif 

etiladi.  Accessda  bu  jarayon  ma’lumotlar  yaxlitligini  ta’minlash  ma’nosida 

dastavval  amalga  oshiriladi.  Ma’lumotlar  bazasiga  kiritilayotgan  barcha 

o’zgarishlar  uning  faylida  ham  darhol  o’z  aksini  topadi,  shuning  uchun  dastur 

boshlanishidayoq  uning  nomini  bilib  olishi  zarur.  Shunday  yo’l  bilan  kutilmagan 

uzilib qolishlarda ma’lumotlarni yo’qotish riski minimallashtiriladi. 

3. 

"Baza dannix"



 (3- rasm) ma’lumotlar bazasi oynasi ochiladi. Bu oyna 

Microsoft Accessni boshqarishning boshlang’ich elementi hisoblanadi.  

 

3-  rasm. 



"Baza dannix"

 ma’lumotlar bazasi oynasi 

Ma’lumotlar  bazasi  oynasining  chap  tomoni  Accessning  barcha  turdagi 

ob’ektlarini  ishga  tushirishni  boshqarish  elementlari  joylashgan  (jadvallar, 

so’rovlar,  shakllar  va  boshqalar).  O’ng  tomonida  –  yangi  ob’ektlar  yaratishni 

boshqarish  elementlari  joylashgan,  yaratilgan  ob’ektlar  ham  shu  erga  qo’shib 




boriladi.  Oyna  ob’ektlar  bilan  asosiy  jarayonlarni  olib  borish  uchun  vositalar 

paneliga ham ega (ochish, tahrirlash, o’chirish va shu kabilar).  




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling