Tashkil etish va boshqarish


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#222732
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7

Makroslar  

Ma’lumotlar  bazasi  bilan  ishlaganda  aynan  bir  xil  masalalarni  takroran 

echishga  to’g’ri  keladiAynan  bir  harakatlarni  takrorlamaslik  uchun  makroslardan 

foydalanish mumkin. Ma’lumotlar bazasi hajmi shakllarga yangi yozuvlar kiritish, 

so’rovlar  yaratish  natijasida  vaqt  davomidan  ortib  boradi  va  bunda  keyingi 

foydalanishlar  uchun  yangi  ob’ektlar  ishlab  chiqiladi  va  saqlanadi.    Doimiy 

ravishda  bajariladigan  ba’zi  masalalarni    bajarishda  Access  makroslaridan 

foydalanish qulayliklar yaratadi.  Bunday kichik hajmdagi dasturlarni yaratgandan 

so’ng foydalanuvchining aniq harakatlari orqali (masalan, tugmachani bosish yoki 

biron shaklni ochishda) so’ng ishga tushirish mumkin.  Makroslarni avtomat tarzda 

ishga  tushirish  uchun  Accessda  hodisa  deb  nomlanuvchi  usuldan  foydalaniladi. 

Access  makroslari  turli  harakatlarni  avtomat  tarzda  takrorlanishiga  imkon  beradi 

va  shu  orqali  murakkab  bo’lgan  dastur  yoki  quyi  dastur  ishlab  chiqishdan  xalos 

etadi.  


Hodisalarga bog’liq bo’lgan makroslarni belgilashni shakl va hisobotlarlarga 

taalluqli xususiyatlar oynasi yordamida amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari 




shakllar  bilan  ishlashda  Access  vositalar  panelidagi  tugmalar  va  menyu  orqali 

makroslarni ishga tushirish mumkin. 

 Har  qanday  makros bir  yoki bir nechta  makro buyruqlardan tashkil topishi 

mumkin.  Bajariladigan  makro  buyruqlar  ketma-ketligini 

“Makrokomanda”

 

ustunida  kiritish  va 



“Primechanie”

  ustunidagi    har  bir  buyruq  qarshisiga  mos 

buyruq  izohini  kiritish  mumkin.  Izohlar  makroslarni  bajarilishiga  ta’sir  etmaydi. 

Oynaning  quyi  qismida  makro  buyruqlar 

“Argumenti”

  sohasi  joylashgan  bo’lib, 

unda  mos  makro  buyruqlar  uchun  zarur  bo’lgan  argumantlarni  (xususiyati, 

parametlari)  berish  mumkin.  Ko’pgina  makro  buyruqlar  qo’shimcha,  masalan, 

ko’rsatilgan  harakatni  qanday  ob’ekt  uchun  amalga  oshirilishi  kerakligi  kabi 

axborotlar kiritilishini talab qiladi.  

Makroslarni yaratib bo’lgandan so’ng bir nechta o’zaro bog’liq makroslarni 

bittaga birlashtirish mumkin. 




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling