Tashkil etish va boshqarish


Download 395.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2020
Hajmi395.29 Kb.
#158343
Bog'liq
Iakt4


 

3-mavzu. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA MA’LUMOTLAR BAZASINI 



TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH      

Reja: 

1.  Ma’lumotlar banki va bazasi, uning tarkibi va xususiyatlari 

2.  Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 

3.  Ma’lumotlar bazasi asosiy elementlari 

4.  Microsoft  Access  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimida  ishlash 

asoslari  



 

Tayanch  so’z  va  iboralar:  ma’lumotlar  banki  va  bazasi,  ma’lumotlarni 

markazlashgan  holda  to’plash,  ma’lumotlar  lug’ati,  ma’murlashtirish,  kompyuter 

tizimi, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar, ma’lumotlar modeli, kontseptual, mantiqiy va 

fizik  loyihalash,  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari,  ilova,  taqsimlangan 

ma’lumotlar banki va bazasi. 

 

Ma’lumotlar banki va bazasi, uning tarkibi va xususiyatlari 

Jamiyatni  hozirgi  rivojlanishi  boshqaruv  uchun  foydalanilayotgan 

axborotlar  hajmini  tezlikda  o’sishi  bilan  kuzatilmoqda.  Ayni  vaqtda  dunyo 

bo’yicha saqlanayotgan axborotlar hajmi har yili ikki martaga ortib bormoqda. 

Yaqin  vaqtlargacha  an’anaviy  jihatdan  qog’oz  boshqaruv  axborotlarini 

etkazib  beruvchi  yagona  vosita  hisoblanar  edi.  Boshqaruv  jarayonlari  nuqtai 

nazaridan  hujjatlarni  saqlashda  qog’ozda  vositasidan  foydalanuvchi  axborot 

tizimlarining  ijobiy  tomoni  uning  soddaligi,  ya’ni  inson  bilan  axborot  tashuvchi 

o’rtasida  axborotlarni  qayta  ishlovchi  maxsus  qurilmalarning  yo’qligidir.  Uning 

kamchiligi:  birinchidan,  qog’ozda  tayyorlangan  va  saqlangan axborotlarni olishda 

doimiy kechikishning mavjudligi, natijada axborotlarni qaror qabul qilish vaqtidan 

orqada  qolishidir.  Masalan,  qog’ozli  axborot  texnologiyalarini  qo’llovchi 

korxonalarda  boshliq  qaror  qabul  qilishda  unga  zarur  bo’lgan  axborotlarning  5-4  

foizidan foydalana olish imkoniga ega bo’ladi.  

Ikkinchidan,  qog’ozda  saqlanayotgaan  axborotlarni  izlash  tabiiy  jihatdan 

qiyin,  shu  bilan  birga,  odatda  izlashning  asosiy  vositasi  bo’lgan  insonda 

ma’lumotlarni izlash samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari hisoblangan tezlik va 

hajm fizologik jihatdan chegaralangan bo’ladi. 

Agarda  axborot  qog’ozda  emas  kompyuter  hotirasida  saqlansa,  bu  holat 

tubdan  o’zgaradi.  Masalan,  korxona  ma’lumotlar  bazasida  quyidagi  yo’nalishlar 

bo’yicha ma’lumotlar saqlanishi mumkin: 

1. 

Korxonaning  xizmatchilari,  ishchilar  va  xodimlar  ro’yxati  haqidagi 



barcha axborotlar; 

2. 


Qiymatli materiallar haqidagi ma’lumotlar; 

3. 


Turli xom-ashyolarni kelib tushishi haqidagi axborotlar; 

4. 


Tayyor mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar; 

5. 


Rahbariyatning buyruq va ko’rsatmalari haqidagi ma’lumotlar. 

Bu  sanab  o’tilgan  turli  yo’nalishlar  asosida  yaratilgan  ma’lumotlarning 

birontasiga  tegishli  biron-bir  ahamiyatsiz  o’zgarishlar  ham  boshqa  qolgan  turli 


 

ma’lumotlarda  sezilarli  o’zgarishlar  qilinishiga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan, 



korxonada  ishlovchi  bitta  xodimning  lavozimini  oshirilishi  haqidagi  buyruqni 

chiqarilishi  nafaqat  xodimning  shaxsiy  ma’lumotlarida,  balki,  ish  haqi  varaqalari 

va shu kabi boshqa hujjatlar ro’yxatida ham o’zgarishlar kiritilishiga olib keladi. 

Ikkinchi bir misol, Internet  tarmog’ida axborot izlash tizimlari – brauzerlar 

axborotlar  izlashni  bir  sekunda  millionta  so’z  bilan  yuqori  tezlikda  amalga 

oshiradi.  Bir  sekunda  4  ming  sahifa  yoki  2  tom  entsiklopediyani  «o’qishi» 

mumkin.  Shuning uchun hozirgi kunda boshqaruvning  zamonaviy  texnologiyalari 

axborotlar  katta  hajmini  o’z  ichiga  oluvchi  axborot  banklarini  tashkil  etish 

maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Bunda  ularni  saqlash  yagona  maqsad  bo’lib 

qolmasdan,  balki  boshqaruv  masalalarini  echishda  axborotlar  bilan  ta’minlash 

uchun foydalaniladi. 

Ma’lumotlar  banki    –  maxsus  shaklda  tashkil  etilgan  ma’lumotlar  bazasi 

(MB),  dasturlar,  texnik  vositalar,  dasturlash  tili,  tashkiliy-uslubiy  vositalar  va 

xodimlar  to’plamidan  tarkib  topgan  avtomatlashtirilgan  tizimdir.  Ma’lumotlarni 

markazlashgan  holda  to’plash  va  jamoa  bo’lib  ko’p  maqsadli  foydalanishni 

ta’minlash uchun mo’ljallangan.  

MBni 

butligi, 



bog’liqsizlik 

va 


ma’lumotlarni 

ortiqchaliligini 

minimallashtirish,  ruxsatsiz  kirishlardan  yoki  tasodifiy  yo’q  qilishlardan  himoya 

qilish  kabi  ta’minlash  Ma’lumotlar  bankini  asosiy  xususiyatlaridan  hisoblanadi. 

Umumiy holda, Ma’lumotlar banki MB (bir nechta MB) , MBni boshqarish tizimi 

(MBBT),  ma’lumotlar  lug’ati,  ma’mur,  kompyuter  tizimi  va  xizmat  ko’rsatuvchi 

xodimlardan tashkil topadi (1- rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1- rasm. Ma’lumotlar bankining tarkibiy tuzilishi 

Ilova  –  MB  bilan  ishlovchi  foydalanuvchining  amaliy  masalalari  uchun 

ma’lumotlarga  ishlov  berishni  avtomatlashtirishni  ta’minlovchi  dastur  yoki 

dasturlar  majmuasidir.  Umumiy  holda  bitta  MB  bilan  bir  nechta  ilovalar  ishlashi 

mumkin. Masalan, MB biron-bir korxonaga modellashtirgan bo’lsa, u holda uning 

ishlashi  uchun  xodimlar  ro’yxati  quyi  tizimi,  xodimlar  maoshini  hisoblash  quyi 

Ma’umotlar bazasi 

Ilovalar 

Ma’umotlar lugʻati 

Xizmat koʻrsatuvchi 

xodimlar 

Ma’mur 

Ilovalar 



Kompyuter tizimi 

MBBT 


 

Ma’lumotlar 

banki 


 

tizimi,  omborxona  ro’yxatini  yuritish  quyi  tizimi  kabi  ilovalar  yaratilgan  bo’lishi 



mumkin.  Bitta  MB  bilan  ishlayotgan  ilovalar  parallel  va  bir-biriga  bog’liq 

bo’lmagan holda ishlashi mumkin, aynan MBBTni MB bilan ishlashini ta’minlab 

berishga qaratilgan va har biri aniq bajariladi, boshqa ilovalar tomonidan kiritilgan 

o’zgarishlarni e’tiborga oladi. 

Ilovalar  MBga  kirish  vositalaridan  foydalanadigan  dasturlash  tizimi 

yordamida yaratiladi. 

Ma’lumotlar  banki  xizmatlaridan  ko’plab  foydalanuvchilar  foydalanadi. 

Shuning  uchun  Ma’lumotlar  bankida  ma’lumotlar  lug’ati  quyi  tizimi  kiritilgan 

bo’ladi.  Bu  quyi  tizim  ma’lumotlar  tuzilishi,  MB  fayllarini  bir-biri  bilan  o’zaro 

aloqasi,  ma’lumot  turlari  va  ularni  taqdim  etish  formatlari,  himoyalash  kodlari, 

kirishni  chegaralash  va  boshqalar  to’g’risidagi  axborotlarni  saqlash  uchun 

mo’ljallangan.  

Ma’lumotlar  banki  mutaxassislar  –  MB  ma’muri  ishtirokisiz  faoliyat 

yuritishi  mumkin  emas.  Ular  MB  talablarni  ishlab  chiqish,  uni  loyithalashtirish, 

yaratish, undan samarali foydalanish va kuzatib borishga mas’ul foydalanuvchilar 

guruhidir. MBBTda ma’mur funktsiyalarini amalga oshirish uchun turli xizmatchi 

dasturlar  e’tiborga  olingan.  Odatda,  MB  ma’muri  kompyuter  tarmog’ida  tarmoq 

ma’muri bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi. 

Asosida  Ma’lumotlar  banki  faoliyat  yuritadigan  kompyuter  tizimi  -  o’zaro 

bog’langan  va  kelishilgan  holda  harakat  qiluvchi  hamda  foydalanuvchilardan 

axborotlarni  qabul  qilish,  ularga  ishlov  berish  va  uzatish  jarayonlarini 

avtomatlashtirishni  ta’minlovchi  boshqa  qurilmalar  to’plamini  o’zida  mujassam 

qiladi.  Foydalanilayotgan  tizim  protsessori  etarli  quvvat,  operativ  va  tashqi  xotira 

hajmiga ega bo’lishi kerak. 

Ma’lumotlar bankiga xizmat ko’rsatuvchi xodim (dasturchilar, kompyuterlarga 

texnik  xizmat  ko’rsatuvchi  muhandislar,  boshqaruv  ma’muriyati)  texnik  va  dasturiy 

vositalarni  ishga  yaroqli  holatini  quvvatlab  turishi,  barcha  tarkibiy  qismlarni  o’zaro 

moslik  va  o’zaro  hamkorlikni  ta’minlanishi,  Ma’lumotlar  bankini  ishlashi  va 

axborotlar sifatini nazoratni amalga oshiradi. 

Ma’lumotlar  banki  va  MB  bitta  kompyuterga  joylashgan  holatda  lokal

kompyuter  tarmog’iga  ulangan  bir  nechta  kompyuterga  joylashgan  bo’lsa 



taqsimlangan deyiladi. 

Lokal  ma’lumotlar  bazasi  va  banki  murakkab  bo’lmagan  masalalarni 

echishda  kichik  hajmdagi  axborotlar  bilan  ishlovchi  foydalanuvchilarga  axborot 

xizmati  ko’rsatilishining  eng  sodda  va  arzon  usullarini  tashkil  etish  uchun 

mo’ljallangan. 

Axborot  manbaalari  va  iste’molchilari  sifatida  ishtirok  etuvchi  turli  amaliy 

dasturlar,  dasturiy  majmualar,  predmet  soha  mutaxassislari,  kompyuter  MBdan 

foydalanuvchilari hisoblanadi. 



Ma’lumotlar  bazasi  –  ma’lumotlarni  ifodalash,  saqlash  va  ularga  ishlov 

berish  umumiy  qoidalarini  ko’zda  tutuvchi  aniq  qoidalar  asosida  tashkil  qilingan 

o’zaro bog’liq va tarkiblashtirilgan ma’lumotlarning integrallashgan to’plamidir. 

Odatda ma’lumotlar bazasi aniq bir predmet sohasi uchun yaratiladi. 



 

Predmet  soha  –  boshqaruv  jarayonini  avtomatlashtirish  uchun  ma’lumotlar 

bazasini yaratish maqsadida o’rganilishi lozim bo’lgan real dunyoning bir qismidir. 

MBda  ma’lumotlarni  tashkil  etish  avvaldan  modellashtirishni,  ya’ni, 

ma’lumotlarni mantiqiy modellarini qurib olishni talab qiladi. 

Ma’lumotlar  modeli  –  abstrakt  tushuncha  bo’lib,  istiqbolda  aniq 

ma’lumotlarga  mos  keladi,  ishlab  chiquvchi  va  foydalanuvchilarga  nafaqat 

ma’lumotlar,  balki,  ular  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlikni  ham  o’z  ichiga  olgan 

ma’lumotlar, ya’ni, axborot sifatida talqin qilishga imkon beradi. 

Ma’lumotlar 

modelining 

asosiy 

maqsadi 


– 

barcha 


toifadagi 

iste’molchilarning  axborotlarga  bo’lgan  talablarini    qondirilishini  e’tiborga  olgan 

holda  turli  mazmundagi  axborotlarni  tizimlashtirish,  uning  xususiyatlarini 

mazmun, tuzilish, hajmi, aloqalari va dinamikasi bo’yicha yoritib berishdan iborat. 

Ma’lumotlarni  taqdim  etish  klassik  modellariga  ierarxik,  tarmoqli  va 

relyatsion modellarni kiritish mumkin. 



Ierarxik model – real dunyo mohiyati v aloqalarini yo’naltirilgan grafik yoki 

daraxtsimon axborotli ko’rinishda yoritib berishni ifoda etadi (2- rasm)

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2- rasm. Ierarxik model tuzilishi 

Ierarxik  ma’lumotlar  bazasida  yozuvlar  zinapoya  kabi  aniq  ketma-ketlik 

asosida  tartiblanadi  va  ma’lumotlarni  izlash  zinapoyadan  tushish  ketma-ketligi 

asosida amalga oshiriladi. 

Ierarxik  modelda  ma’lumotlar  o’rtasidagi  munosabatlar  yo’nalishi  “yuqori 

daraja – quyi pog’ona” turida bo’ladi, ya’ni, har bir ob’ektning faqat bitta “yuqori 

daraja”si,  ammo  har  bir  “yuqori  daraja”  uchun  bir  nechta  “quyi  pog’ona”  to’g’ri 

kelishi mumkin. 

Bunday munosabatlarni daraxt ko’rinishida tasvirlash qabul qilingan bo’lib, 

ob’ektlar  o’rtasidagi  aloqa  chizig’i  biron-bir  munosabat  mavjudligini  ifodalab 

beradi.,  bu  munosabatning  nomlanishi  aloqa  chizig’iga  yozib  qo’yilishi  mumkin. 

Masalan,  “mijoz”  va  “buyurtma”  o’rtasida  “bajarmoqda”  deb  nomlanuvchi 

munosabat,    “buyurtma”  va  “mahsulotlar”  ob’ektlari  o’rtasida  esa  “..larni  tashkil 

etadi” munosabati bo’lishi mumkin. 

А 

М 

К 



В 

С 

Е 



Д 

 

Ob’ektlar  o’rtasidagi  munosabatlar  boshqacha  tuzilishdagi  daraxtsimon 



ko’rinishda ifodalangan holatda 

ma’lumotlarning tarmoqli modelidan foydalaniladi 

(3-  rasm).  Ma’lumotlarni  tashkil  etishning  tarmoqli  modeli  daraxtsimon  modelning 

bir  muncha  kengaytirilgan  ko’rinishi  hisoblanadi.  Ierarxik  tuzilishda  yozuv  –  “quyi 

pog’ona” faqat bitta “yuqori daraja”ga ega bo’lishi shart bo’lsa, tarmoqli modelda bir 

nechta “yuqori daraja”ga ega bo’lishi mumkin

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



3- rasm. Tarmoqli modelda aloqalarni tasvirlanishi 

Tarmoqli  model  daraxtsimon  modelga  qaraganda  imkon  jihatdan  kengroq 

ko’rinsada, uni amalga oshirish va foydalanishda bir muncha murakkab bo’ladi. 

Hozirgi  kunda  MBni  ishlab  chiqishda  eng  ko’p  tarqalishga  ma’lumotlarni 



relyatsion  modeli  (inglizcha  relation  –  munosabat)ega  bo’lgan.  Bu  modellar 

ma’lumotlar  tuzilishining  soddaligi,  foydalanuvchi  uchun  qulay  jadval 

ko’rinishidaligi  va  ma’lumotlarga  ishlov  berish  uchun  relyatsion  algebra  va 

relyatsion hisoblashlardan foydalanishi bilan alohida xususiyatga ega hisoblanadi.   

Relyatsion  ma’lumotlar  bazasi  o’zida  ikki  o’lchovli  jadvalni  ifoda  qiladi. 

Ustunlar maydonlar deb ataladi: har bir maydon o’z nom iva ma’lumotlar turi bilan 

xarakterlanadi. Ma’lumotlar bazasi maydoni – aniq bir xususiyatlarga ega bo’lgan 

jadval ustunlaridir. 

Relyatsion ma’lumotlar bazasida 4 ta asosiy maydan turlari mavjud bo’ladi: 

1. Sonli: 

2. Belgili (so’z, matn, kod va shu kabilar): 

3. Sana (kun/oy/yil shaklidagi taqvim sanalari); 

4. Mantiqiy – ikkita qiymat qo’llaniladi «ha-yo’q» yoki «rost-yolg’on». 

Jadval  satrlari  ob’ekt  haqidagi  ma’lumotlar  deyiladi.  Ma’lumotlar  bazasi 



yozuvi  –  bu  ma’lumotlar  bazasi  maydonlarida  joylashgan  aniq  qiymat 

xususiyatlarini o’z ichiga olgan jadval satrlaridir. 

Relyatsion  model  ma’lumotlarni  ikki  o’lchovli  jadval  ko’rinishida  tashkil 

etishga asoslangan. Relyatsion jadval o’zida ikki o’lchovli massivni ifoda etadi va 

quyidagi xossalarga ega: 

•  jadvalning har bir elementi ma’lumotlarning bitta elementidir; 

•  jadvaldagi barcha ustunlari bir jinsli, ya’ni, ustundagi barcha elementlar bir 

А 

М 



К 

В 

С 



Е 

Д 


 

xil 



turga 

(sonli, 


belgili 

yoki 


boshqa) 

va uzunlikka ega bo’ladi; 

•  har bir ustun faqat o’ziga xos nomga ega bo’ladi; 

•  jadvalda bir xil satrlar ishtirok etmaydi; 

•  ustun va satrlarning ketma-ket kelishi ixtiyoriy. 

Ma’lumotlar bazasini “XODIMLAR” nomli jadval ko’rinishida relyatsion 

tashkil etish 4- rasmda taqdim etilgan. 

 

 



 

 

Tartib 


raqami 

Familiyasi 

Ismi 

Otasining 



ismi 

Sana 


Oylik 

maoshi 


123568 

Botirov 


Akmal  Ilhomovich  18.01.72 

300000 


123768 

Qodirov 


Anvar  Olimovich  21.11.75 

450000 


123265 

Po’latov 

Umar  Axrorovich  09.08.82 

375000 


 

4- rasm. Ma’lumotlar bazasi “XODIMLAR” fayli (jadvali)ning tuzilishi 

Munosabatlar satrlar yozuvlarga, ustunlar – maydonlarga mos keluvchi jadval 

ko’rinishida aks ettirilgan. Relyatsion ma’lumotlar bazasi tuzilmaviy elementlari 1- 

jadvalda aks ettirilgan.  

Har  bir  qiymati  mos  keluvchi  yozuvni  bir  qiymatli  aniqlab  beruvchi  – 

maydon, oddiy kalit deb nomlanadi. Agarda yozuvlar bir nechta maydon qiymatlari 

bir qiymatli aniqlansa, u holda bunday ma’lumotlar bazasi jadvali tarkibiy kalitga ega 

bo’ladi. Ikii relyatsion jadvalni bog’lash uchun birinchi jadval kalitini ikkinchi jadval 

kalit  tarkibiga  kiritish  yoki  birnchi  jadval  tarkibiga  tashqi  kalit  –  ikkinchi  jadval 

kalitini kiritish zarur bo’ladi. 

Relyatsion MBni loyihalashtirish uchta mustaqil bosqichdan iborat bo’ladi: 

kontseptual, mantiqiy va fizik loyihalash. 

 

1-  jadval. Relyatsion MBning tuzilmaviy elementlari 



Element 

Mazmuni 

Maydon 


Ma’lumotlarni  mantiqiy  tashkil  etishning  elementar  birligi, 

axborotlarni  alohida  bo’linmas  birligi  –  rekvizitga  mos  keladi. 

Maydonni  izohlash  uchun  ismi  (masalan,  tartib  raqami,  familiyasi, 

ismi,  otasining  ismi,  sana);  turi  (masalan,  belgili,  raqamli,  sana); 

uzunligi  (masalan,  20  bayt,  mumkin  bo’lgan  belgilarning  maksimal 

uzunligi);  sonli  ma’lumotlar  uchun  aniqlik  (masalan,  sonning  kasr 

qismini  ifodalash  uchun  ikkita  o’nlik  belgi)  kabi  tavsiflaridan 

foydalaniladi. 

Устунлар (майдон) 

Сатрлар 


(ёзувлар) 

 

Yozuv 



Mantiqiy  bog’langan  maydonlar  to’plami.  Yozuvlar  tuzilishi  unga 

kiruvchi  har  biri  elementar  ma’lumotlarni  o’z  ichiga  olgan  maydonlar 

tarkibi  va  ketma-ketligi  bilan  aniqlanadi.  Yozuv  axborotlarni  tarkibiy 

birligi – hujjatga mos keladi.  

Fayl 

(jadval) 



Tuzilishi  bo’yicha  bir  xil  bo’lgan  yozuv  nusxalari  to’plamining 

nomlanishi.  Yozuvning  har  bir  nusxasi  yozuvning  unikal kaliti  bilan 

ro’yxatga olinadi. Ma’lumotlar fayli (jadval) axborotlarning tarkibiy 

birligi – axborot massiviga mos keladi. 

 

Kontseptual  loyihalashning  maqsadi  predmet  sohani    izohlash  asosida  MB 

ishlab  chiqishdan  iborat  bo’ladi.  Izohlash  MBni  ishlatish  uchun  zarur  hujjat  va 

ma’lumotlar  to’plamini,  shuningdek,  ob’ekt  va  predmet  sohani  tavsiflovchi  

jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z tarkibiga olishi zarur. MBni ishlab chiqish 

foydalanuvchi  so’rovlari  bajarilishini  ta’minlash  uchun  MBda  saqlash  lozim 

bo’lgan ma’lumotlar tarkibini aniqlashdan boshlanadi, shundan so’ng, ularni tahlil 

qilish va tarkiblashtirish amalga oshiriladi. 

5-  rasmda  “XODIMLAR”  jadvali  (fayli)  yozuvlari  mantiqiy  tuzilishini 

izohlashga misol keltirilgan.  

 

Fayl nomi: XODIMLAR 



Maydon 

Belgi 

klyucha 

Maydon formati 

Belgilash 

(maydon nomi) 



Nomlanishi 

(rekvizit) 

 

 

Turi 



Uzunligi 

Aniqlik 

Raqami 


Tabel raqami 

nomer 


 

Belgi 


 

Familiyasi 



Familiya 

sotrudnika 

 

Belgi 


20 

 

Ismi 



Xodim ismi 

 

Belgi 



10 

 

Otasining ismi 



Otasining ismi 

sotrudnika 

 

Belgi 


15 

 

Sana 



Tug’ilgan sanasi 

 

Sana 



 

Oylik maoshi 



Lavozimiga ko’ra 

oklad (rub.) 

 

Raqamli 




5- rasm. “XODIMLAR” jadvali (fayli) yozuvlari mantiqiy tuzilishini izohlanishi 



Mantiqiy loyihalash aniq bir MBBTni tanlash va kontseptual modelni mantiqiy 

modelga  qayta  shakllantirish  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Jadval  tuzilishi,  ular 

o’rtasidagi aloqa ishlab chiqiladi va kalit rekvizitlar aniqlanadi. 

Fizik  loyihalash  bosqichi  mantiqiy  modelni  MB  fizik  jihatdan  saqlash  va 

foydalanish usullari, xotira hajmi va saqlash uchun qurilma turini aniqlash uchun zarur 

bo’lgan ko’rsatkichlar bilan to’ldiradi. 

MBni  fizik  tashkil  etish  ma’lumotlarni  amaliy  dasturlarda  ifoda  etish  bilan 

emas, balki ularni xotira qurilmalariga joylashtirish bilan shug’ullanadi. 

Fizik  tashkil  etishni  tanlashda  samaradorlik  hal  qiluvchi  omil  hisoblanadi, 

jumladan,  birinchi  o’rinda  qidiruv  samaradorligini  ta’minlash,  so’ngra  kiritish  va 

o’chirib tashlash jarayonlari samaradorligi, ma’lumotlarni ixchamliligini ta’minlash 

turadi.  Bundan  tashqari,  oxirgi  vaqtlarda  ma’lumotlarni  ruxsat  berilmagan 

kirishlardan ximoyalash muammolari dolzarb bo’lib bormoqda. 



 

MB  loyihalash  natijasida  ma’lumotlarni  axborot-mantiqiy  modelini,  ya’ni, 



relyatsion  jadvalning  tarkibi,  ularni  tuzilishi  va  mantiqiy  alaqalari    ishlab  chiqish 

zarur.  Relyatsion  jadval  tuzilishi  maydon,  turi  va  har  bir  maydon  uzunligi  tarkibi, 

jadval kaliti bilan aniqlanadi. 

Ma’lumotlar  bazasini  turli  ko’rinishlar  bo’yicha  klassifikatsiya  qilish 

mumkin,  ammo  asosan  quyidagi  tavsiflari  bo’yicha  amalga  oshirish  maqsadga 

muvofiq hisoblanadi: 

1. 

Saqlanayotgan axborotlarni tavsifi bo’yicha: 



- faktografiya (kartotekalar); 

- hujjatli (arxivlar). 

2. Ma’lumotlarni saqlanishi bo’yicha: 

 - markazlashtirilgan (bitta kompyuterda saqlanadi); 

- taqsimlangan (lokal va global kompyuter tarmoqlarida foydalaniladi). 

3. Ma’lumotlar kiritishni tashkil qilish tarkibiga ko’ra: 

- jadvalli (relyatsion); 

- ierarxik. 

 

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 

Ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  (MBBT)  –  bir  nechta 

foydalanuvchilar  tomonidan  MBni  yaratish,  yuritish  va  hamkorlikda  foydalanish 

uchun  mo’ljallangan  dasturiy  va  til  vositalari  majmuasidar.  MBBTlar  unda 

foydalanilayotgan  ma’lumotlar  modeli  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  MBdan  ko’p 

maqsadli  foydalanish,  ma’lumotlarni  himoyalash  va  zarur  bo’lganda  tklash 

jarayonlarini  ta’minlaydi.  Rivojlangan  muloqot  vositalari  va  so’rovlar  tilini 

mavjudligi  MBBTni  oxirgi  foydalanuvchi  uchun  qulay  vosita  ekanligini  aniqlab 

beradi. 


Ma’lumotlar  bazasi  katta  hajmdagi  o’zaro  bog’liq  axborotlarni  saqlash, 

o’zgartirish  va  ishlov  berish  uchun  mo’ljallangan  bitta  yoki  bir  nechta  ma’lumot 

fayllaridan  tashkil  topadi.  Yaratilgan  ma’lumotlar  bazasida  biron-bir  jarayonlarni 

amalga oshirish, ma’lumotlarga ishlov berish kabi bosqichlar ma’lumotlar bazasini 

boshqarish tizimlari boshqaruvi asosida amalga oshiriladi. 

MBBT – bu oxirgi foydalanuvchi amaliy dasturlaridan ma’lumotlar bazasiga 

bo’layotgan murojaatlarga ishlov beruvchi dasturiy ta’minot tizimidir. MBBT katta 

hajmdagi  axborotlarni  birlashtirish,  ularga  ishlov  berish,  saralash  va  aniq  bir 

mezonlar bo’yicha tanlovni amalga oshirishga imkon beradi. 

SQL  (Structured  Query  Language)  tartiblangan  so’rovlar  tili  relyatsion MB 

bilan ishlash bo’yicha standart so’rov tili hisoblanadi, jadval  ma’lumotlari (tanlov, 

o’zgartirish, qo’shish, va o’chirib tashlash) va jadvallar (yaratish, o’chirib tashlash, 

tuzilishini o’zgartirish) bilan turli jarayonlar olib borish uchun mo’ljallangan.  

SQL  ma’lumotlarni  kiritish-chiqarish  dasturiy  qismlarini  tashkil  etish 

boshqaruv  operatorlariga  ega  emas  va  shu  sababli undan  yakka    -  avtonom  holda 

foydalanilmaydi.  Odatda  MBBTni  dasturlash  vositasi  tarkibiy  qismiga  kiritilgan 

bo’ladi  (masalan,  VBA  –  Visual  Basic  for  Applicfnions,  MBBT  WS  Access  va 

boshqalar). 



 

SQL  tilining  asosiy  vazifasi  foydalanuvchi  so’rovlarini  tayyorlash  va 



bajarishdan iborat. 

Murakkab bo’lmagan va nisbatan kichik hajmli axborotlarga ishlov berishga 

mo’ljallangan  MBBTlarni  ishlashdagi  qulayligi  dasturlashtirishni  qo’llamasdan, 

ya’ni  mutaxassis  bo’lmagan  holda  tayyor  kiritilgan  funktsiyalarni  qtllash  orqali 

yangi MB yaratishga imkon beradi. 

MBBTda axborotlar shunday saqlanadiki, unda tashkil qilish va foydalanish 

jarayonida quyidagi qulaylik va imkoniyatlar mavjud bo’lishi kerak: 

1. Mavjud axborotlarni sodda holda ko’rib chiqish; 

2. Mavjud axborotlarni to’ldirib borish; 

3. Mavjud axborotlarni o’zgartirish; 

4. Mavjud axborotlar tarkibidan zarur ma’lumotlarni qidirish; 

5. Mavjud axborotlar tarkibida ixtiyoriy tanlovni amalga oshirish; 

6. 

Har qanday tartibda saralashni amalga oshirish.



 

Keng  tarqalgan  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlariga  –  Foxpro, 

Microsoft  Offise  Access,  murakkab  va  katta  hajmdagi  axborotlar  bilan  ishlash 

imkoniyatiga  ega,  xavfsizlikni  ta’minlashda  yuqori  samaraga  ega  bo’lgan  Oracle 

tizimini misol sifatida keltirish mumkin. 

Kompyuter  tarmoqlariga  asoslangan  global  Internet  va  lokal  Ethernet 

tarmoqlarida  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlaridan  emas,  balki 

foydalanishda  bir  muncha  sodda  va  qulay  bo’lgan  axborot-qidiruv  tizimlari  – 

brauzerlar qo’llaniladi va ular quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi: 

- katta hajmdagi axborotlarni saqlash; 

- talab qilinayotgan axborotlarni tezkor qidirish; 

- axborotlarni insonga qulay ko’rinishda taqdim etish. 

Zamonaviy  MBBTlarni  guruhlashtirishning  eng  muhim  belgilari  sifatida 

quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

  MBBTda qo’llanilayotgan ma’lumotlar modeli turiga ko’ra; 



  MBBTni  dasturlash  tilining  imkoniyatlari,  uni  boshqa  ilovalarga 

o’tkazishning qulayligi (masalan, SQL, Visual Basic va boshqalar). 

  MB  bilan  ishlash  vositalari  va  makros,  hisobot,  so’rovlar,  shakllar  va 



jadvallar konstruktorlarining rivojlangan muloqotli vositalarini mavjudligi; 

  korporativ  tarmoqlarda  noana’naviy  ma’lumotlar  (HTML  sahifalari, 



elektron  pochta  xabarlari,  tovushli  fayllar,  tasvirlar)  bilan  ishlay  olish 

imkoniyatlari; 

  foydalanish  darajasi  –  lokal  MBBT,  mijoz-server  arxitekturasi,  ko’p 



protsessorli MBBT (ma’lumotlarga parallel ishlov berish bilan); 

  turli MBBTlardagi axborotlarni birlashtirish imkoniyatlari.  



Ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlaridan  foydalanuvchilarni  uchta 

asosiy toifalarga ajratish mumkin: 

-  ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’muri. U serverni o’rnatish va 

konfiguratsiya  qilish,  foydalanuvchilarni  ro’yxatga  olish  va  guruhlashtirishni 

yuritadi. Barcha imtiyozlarga ega bo’ladi; 


10 

 

-  ma’lumotlar  bazasi  administratori.  Bu  toifaga  ma’lumotlar  bazasini 



yaratgan va natijada uning egasi hisoblanadigan foydalanuvchilar kiradi. U boshqa 

foydalanuvchilarni  baza  va  undagi  mavjud  ob’ektlarga  kirishiga  imkon  beradi. 

Baza  administratori  axborotlarni  xavfsiz  saqlanishi  va  zarur  bo’lganda  ularni 

tiklanishiga  mas’ul  shaxs  hisoblanadi.  Odatda  bir  korxonada  bir  nechta 

ma’lumotlar bazasi ma’muri bo’lishi mumkin; 

-  oxirgi  foydalanuvchilar.  Ular  ma’lumotlar  bazasida  saqlanayotgan 

ma’lumotlar bilan o’zlariga berilgan imtiyozlar asosida turli operatsiyalarni amalga 

oshiradilar. 

Taqsimlangan  MB  tizimi  kommunikatsion  tarmog’i  orqali  o’zaro  birga 

bog’langan uzellar to’plamidan tashkil topadi va quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi: 

  har bir uzel o’zining xususiy MB tizimiga ega bo’ladi; 

  uzellar  o’zaro  kelishilgan  holda  ishlaydi,  shuning  uchun  foydalanuvchi 

barcha  ma’lumotlar o’zining uzelida  joylashgandek, tarmoqning  ixtiyoriy uzelidan 

ma’lumotlarga kirish ruxsatini olishi mumkin. 

Taqsimlangan  ma’lumotlar  banki  va  bazasi  geografik  yoki  tuzilmaviy  tarqoq 

joylashish  sharoitida  katta  hajmdagi  ma’lumotlar  bilash  ishlashda  masofadagi  ko’p 

sonli  foydalanuvchilarga  xizmat  ko’rsatishni  egiluvchan  shaklini  ifoda  qiladi.  6- 

rasmda taqsimlangan MBga misol keltirilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

6-rasm. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

 

 

Ишчи станция 



Ишчи станция 

Ишчи станция 

Ишчи станция 

Маълумотлар 

Маълумотлар 

Маълумотлар 

Маълумотлар 

Сервер 


Сервер 

Сервер 


Сервер 

Коммуникация 

тармоғи 


11 

 

Ma’lumot  banklari  axborotlarni  saqlashni  elektron  ko’rinishda  taqdim 



etadigan  zamonaviy  shakli  hisoblanadi.  Uni  quyidagi  ikkita  munosabat  izohlab 

berish mumkin. 

Elektron  ko’rinishda  saqlanayotgan  axborotni  ma’lumotlar,  bilimlar  va 

dasturlar to’plami ko’rinishida ifoda qilish mumkin: 

A=M+B+D (1). 

Bu  erda  axborot  deyilganda  atrof  muhitdan  qabul  qilinayotgan  va  atrof 

muhitga berilayotgan yoki axborot tizimida saqlanayotgan ma’lumotlar to’plamini 

tushinish mumkin. 



Ma’lumotlar    –    bu  inson  va  boshqa  axborot  tizimlari  tomonidan  uni 

to’plash, saqlash va ishlov berishni avtomatlashtirishga imkon berish ko’rinishida 

taqdim etilgan axborotlardir. 

Bilim  (keng  ma’noda)  –  bu  jamiyat  yoki  individga  o’ta  zarur  bo’lgan 

axborotlardir.  Bilim  (tor  ma’noda)  biron-bir  predmet  soha,  holatlar,  muammolar, 

ularni  echish  qoidalari  qaror  qabul  qilishga  to’planib  borayotgan  cheklovlar 

haqidagi  axborotlardir.  Bilim  ma’lumotlardan  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  bilim 

tushunchasiga  ma’lumotlar  va  ularga  ishlov  berish  qoidalari,  shuningdek,  bilim 

tuzilishi va ularni qo’llash qoidalari huqidagi axborotlar kiritiladi. 



Dastur  –  axborotlarni  to’plash,  saqlash  va  ishlov  berish  uchun 

mo’ljallangan hamda kompyuterda amalga oshiriladigan buyruqlar to’plamidir. 

Ikkinchi tomondan, insonni elektron ko’rinishidagi axborotlar bilan o’zaro 

hamkorligi  bank  ko’rinishida  rasmiylashtirilgan  boshqaruv  tizim  (BT)  va 

axborotlarni  tashkil  qilish,  saqlash  va  taqdim  etish  qoidalari  to’plami  – 

ma’lumotlar  bazasi  (MB)  ko’rinishida  jihozlangan  mos  instrumental  vositalardan 

foydalanish talab etiladi: 

B

n



=BT+MB (2). 

 

Download 395.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling