Tashkil qilish


Mustahkamlash uchun savollar


Download 0.66 Mb.
bet10/57
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1115420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Bog'liq
90 minglik ish

Mustahkamlash uchun savollar:
1. Xalq hunarmandchiligining rivojlanish tarixidan ma’lumot
bering.
2. Xalqhunarm andchilik turlaridan naqqoshlik san’atining
o'ziga xos xususiyatlari nimalarda aks etadi?
3. Naqqoshlik san’atida qanday asbob-uskunalar va texnologiyalar qo‘llanadi?
4. Naqqoshlikda qanday naqsh turlaridan foydalaniladi?
5. Kashtachilik san’ati ijtimoiy hayotga qanday ta’sir etdi?
6. Kashtachilik san’atida qanday asbob-uskunalar va texnologiyalar qo'llanadi?
7. Kashtachining ish joyi qanday tashkil etiladi?
8. Kashtachilikda qanday chok turlaridan foydalaniladi?
9. Kashtachilikda qanday texnik va gigiyenik qoidalarga rioya
qilish kerak?
10. Kashtachilik sirlarini yoshlarga qanday o‘rgatiladi?



3.5. Ijtimoiy-foydali unumli mehnatni tashkil qilish metodlari
Reja:
1. Ijtimoiy-foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali meh ­
natning farqi.
2. Ijtimoiy-foydali va unumli mehnatning ta’lim-tarbiya, kasb tanlash samarasini ko'tarishga qaratilgan shartnomalar.
Tayanch iboralar: ijtimoiy foydali mehnat, ijtimoiy foydali
unumli mehnat, kasbiy faoliyat, chuqurlashgan hamda kengaytirilgan bilim, ko'nikma, malaka, mehnat, mehnat tarbiyasi, kasbni tanlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbga moslashish, kasb sohasidagi tarmoqlar, kasb iqtisodiyoti, ijtimoiy kasb, ma'naviy kasb, kasb psixologiyasi.
1. Ijtimoiy-foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali mehnatning farqi. Mehnat ta’limi darslarida o'quvchilarni mehnat qilish hamda mazkur mehnatni ijtimoiy va unumli holatga keltirish, unda mavjud bo'lgan kasblarga xos ma’lumotlar bilan tanishtirish, aniq kasbni tanlashga yo'naltirish, tanlagan kasbiga moslashtirish hamda boshqa ta’lim-tarbiya texnologiyasi asoslariga xos to'xtamga kelib, tanlagan kasbini kasb-hunar kollejlarida yosh mutaxassis darajasida egallashni maqsadga aylantirish muhim vazifalardan biridir. Ulardan birini bajarish uchun, qayd etilgan har bir bosqichlarga ijodiy yondashish lozim. Bunga eng avvalo o'quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini «unumli» darajaga ko'tarish muhimdir. Bu borada ta’kidlash lozimki, o‘quvchilar bajarayotgan ish natijasi: o'zi, sinf va maktab manfaatini ko'zlagan bo'lishi kerak. Mazkur ishga sarflangan mehnat, vaqt bekorga
ketgan emas. Undan kimdir foydalanadi, qayerdadir ishlatiladi,
nimadir tayyorlanadi va hokazo. Bunday ishlar natijasi «ijtimoiy
foydali» holatini anglatadi. Bu birinchidan, mehnat ta’limida
o'quvchilar bajarayotgan «ish», tayyorlanayotgan har bir «buyum»
yoki mahsulot foydali bo'lishi zarur. Bunday mehnatdan har bir
ishtirok etgan o'quvchi, sinf, maktab u yoki bu ma'noda manfaatdor bo'lishi lozim. Shundagina «foydali mehnat» ijtimoiy xarakterga ega bo'lib «ijtimoiy foydali mehnat»ga avlanadi. Ikkinchidan, ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o'quvchilar bajarayotgan «ish». tayyorlanayotgan «buyum», mahsulotlarga sarflanayotgan «vaqt» alohida inobatga olinishi zarur. Chunki har bir buyum, ish, mahsulot ma’lum vaqtda bajarilishi lozim.
Unda ma’lum bo'ladiki, ayrim o'quvchilar belgilangan «vaqt»da
ko'p ishni bajaradilar, avrimlari belgilangan ijtimoiy mehnatdan
unumli foydalanishni o'rganadilar. ayrimlarning mehnati u n u m -
siz holatda o'tadi. Uchinchidan, o'quvchilarning ham «ijtimoiy foydali» mehnati hamda «unumli» mehnatlari jarayonida, ular bajarayotgan mumkin qadar «boyitilgan», «chuqurlash»gan hamda kengavtirilgan
bilim, ko‘nikma, malakalari keyingi kasbiy faoliyatlarida muhim
omillardan biri bo'lib hisoblanadi.
Ijtimoiy-foydali va unumli mehnat haqida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib shuni aytish joizki, nafaqat mazkur yo'nalishlar bo'yicha texnika va texnologiya yuzasidan zamonaviy bilim olish, ko'nikma hosil qilish, malakani shakllantirish, o'quvchilardan tanlagan kasbiga xos mavjud soha, tarmoq, korxona, o'quv yurtlari, ish joyi va boshqa talab etiladigan ijtimoiy, iqtisodiy. huquqiy, manaviy-m a’rifiy zarur axborotlar bilan boyitish, kengaytirish, chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish lozim. Bunday amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar kasbiy-texnologik hamda maxsus bilimlar shakllanishiga qaratilgan: materialshunoslik, asbob-uskunalar, stanok-mashinalar, texnik-texnologik asoslar, ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda lozim bo‘lgan axborotlar ijtimoiy
foydali, unumli mehnat jarayonlari mazmunini zamonlashtiradi
va boyitadi.
Shu omillardan biri o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishdir.
Shunday qilib «ijtimoiy foydali» hamda «unumli mehnat» negizlaridan: qilinadigan «mehnat», «mehnat tarbiyasi», «kasb»,
«kasbni tanlash», «kasbga yo'naltirish», «kasb-hunarga yo'naltirish», «kasbga moslashish», tanlangan «kasbga moslashish», tanlangan kasb «ish joyi», «ish jarayoni», «ish sharoiti», tanlagan kasb «sohasi», tanlagan «kasb sohasidagi tarmoqlar», tanlagan «kasb soha va tarmoqlariga xos korxonalar», «kasb mehnati», «kasb mehnatining mazmuni», «kasb haqi», «mehnat haqi» va shularga o'xshash so'z va atamalar ko'p ishlatiladi. Shuning uchun «ijtimoiy foydali mehnat» va «unumli mehnat» kabi mazkur «so'z» va «atamalar» bir-biriga moslashib mazmunlari boyitiladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Shuning uchun, mehnat ta’limi va uning negizida: kasb tanlash, kasbga moslashish, kasb iqtisodiyoti, ijtimoiy kasb, ma’naviy kasb, kasb psixologiyasi hamda kasb tushunchalari mazmunlarini atroflicha o'zlashtirgan holatda fikr yuritadigan bo'lsak, mehnat ta’limi va uning negizidagi kasb tanlash holatlarini, ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi tushunchalar, sermazmun va yakunlangan holatlari ravshan bo'ladi. Shunda mehnat ta’limi, kasb tanlash jarayonlari o'quvchilarning mehnat qilish, kasb tanlashga tayyorgarligining tarkibiy qismi bo'lib, umumiy maqsad, o'quvchilarning har tomonlama va gormonik kamol topishi, kasbni to'g'ri tanlashi, xalq xo‘jaligida mehnat qi1ishga axloqiy, psixologik va amaliy tayyorlanishiga asos soladi hamda maktab islohatiga ko‘ra joriy etilayotgan ijtimoiy foydali hamda unumli mehnat majburiy xarakterga ega, chunki mehnat ta’limi hamda o'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mohiyati, ahamiyati hamda tashkiliy shakllari va amaliy holatlari bir-birlari bilan uzviy bog'langan. Shuningdek, umumiy ta’lim maktablaridagi ixtisoslashtirilgan mehnat ta’limi hamda uning negizida tashkil etilayotgan chuqurlashgan mehnat jarayoni,
o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishi, ularning tayyorgarlik
mashg'ulotlarida tanlangan kasb bo‘yicha o‘zlashtirilgan umum texnik, politexnik ishlab chiqarishga doir mehnat ta’limi, kasbhunarga yo‘naltirish amallarga xos bo'lishi, ko'nikma hamda malakalarini mustahkamlashdir.
O'tgan asarning 90-yillari o'rtalarida qabul qilingan
«O'quvchilarning mehnat ta'limi va kasb tanlash maktablararo
o'quv-ishlab chiqarish markazi haqida»gi Nizomga binoan maktab va ishlab chiqarish korxonasi, maktab va hunar bilim yurtlari hamda boshqa tashkilotlar ustaxonalarida baza korxonasining
sexlari yoki boshqa bo‘limlarida ijtimoiy foydali, unumli mehnat
topshiriqlarida ijtimoiy foydali, unumli mehnat topshiriqlari bilan bog'liq ishlarni bajarib kelmoqdalar. Ular quyidagilar:
— ijtimoiy foydali, unumli mehnatni rejalashtirishda berilgan
mehnat ta’limi yo'nalishlariga rioya etishni ta'minlaydilar;
— korxonalar va maktablararo texnik markaz ma’muriyati
umumta’lim maktabining belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv reja, o'quv dasturlariga muvofiq o'quvchilarning ta’limi va unumli mehnatini tashkil etishni ta’minlaydilar.
O'quvchilarning maktab, maktablararo texnik markazdagi unumli mehnati ta’lim profi1i bilan bevosita chambarchas bog'liq
bo'lishi kerak. Maktablararo texnik markazlarning sex va uchastkalari korxonalarning strukturali bo'linmalari hisoblanadi va ularning
ishlab chiqarish buyurtmalari hamda topshiriqlari erkin holda qabul qilingan shartnoma asosida bajariladi. Maktablararo texnik markazlarda anashu korxonalar bilan kelishilgan holda o'quvchilarning boshqa buyurtmalarni bajarishlariga ham ruxsat beriladi. O‘quvchilar mehnatini yozgi ta’til davrida ham asosan o'quvchilar brigadalari va boshqa mehnat birlashmalari tarkibda tashkil qilish mumkin.
Qishloq fermer xo'jaliklarini o'rganayotgan o'quvchilar qoida bo'yicha fermalarda, maktablarning o'quvchilar brigadalari tarkibida unumli mehnatda qatnashadilar. O'quvchilar brigadalarida qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun majburiy unumli mehnatga ajratilgan vaqtdan foydalaniladi.
Ijtimoiy-foydali va majburiy hamda unumli mehnat «O'quvchilarning mehnat ta'limi va kasb tanlash maktablararo o'quvishlab chiqarish markazlari haqida»gi Nizomga, O'rta umumiy ta’lim maktabi Ustaviga, «Umumiy ta’lim maktablari o'quvchilarning ijtimoiy foydali, unumli mehnatini tashkil etish to‘g'risida»gi Nizomga, «Umumiy ta’lim maktablarining baza korxonalari to‘g‘risida»gi Nizomga, «Fermerlik xo‘jalik o'quvchilar ishlab chiqarish brigadasi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Maktablararo markazga baza korxonalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish muhitidagi maktablarga 0‘quvchilarning o'quv ustaxonalardagi ijtimoiy, foydali, unumli mehnatini tashkil etishda yordamlashishga ruxsat beriladi. Maktablararo markazning o'quv sexlarida, uchastkalarida, xonalari va laboratoriyalarida 5—9-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy foydali, unumli mehnati ham uyushtirilishi mumkin. Maktablararo markazlar orqali kordinatsiyalash, muvofiqlashtirish va birlashtirish metodlarini qo‘llab, 5—7-sinf o'quvchilarining ijtimoiy foydali, unumli mehnatda yuqori sinflardagi
o'quvchilar bilan birligi va o‘zaro bog'liqligini amalga oshirish
nazarda tutilgan. Ana shu tariqa maktablararo markazlarning
rahbarlari sanoat va agrosanoat yo'nalishidagi baza korxonalari
bilan shartnomalar tuzishda kichik yoshli o'quvchilarning ham
ijtimoiy foydali, unumli mehnatda qatnashish imkoniyatlarini
hisobga olishlari kerak. 5—7-sinf o ‘quvchilari o'quv dasturiga
muvofiq sodda texnologik operatsiyalarni bajarishlari ko‘zda tutilishi, yuqori sinflarning o'quvchilariga esa tayyorlanayotgan buyumlarni tugatish, pardozlash, komplektlash va ularni baza korxona buyurtmachilariga jo'natish kabi ishlarni topshirish lozim.
Maktablar va maktablararo texnik markazlarning pedagogic faolivatida o‘quvchilarning ijtimoiy foydali, unumli mehnati ta'limi-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi, o‘quvchilarni zamonaviy tarbiyalash va har tomonlam a kamol toptirishning eng muhim vositasi ekanligini nazarda tutish kerak. Bu mehnatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mehnatga ongli ehtiyojni, mehnat ahliga hurmat hissini ijimoiy boyliklarga va ona tabiatga ehtiyotkorlik hamda tejamkorlik munosabatini shakllantirish, kollektivizm, mehnat va ishlab chiqarish intizomi ruhida tarbiyalash;
- zamonaviy ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish, xalq
ho'jaligi kasblariga qiziqishni tarbiyalash, mehnat va kasbiy
ta’lim, umumta’lim tayyorgarlik jarayonida o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash;
— iqtisodiy tarbiyalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish,
mehnat unumdorligi, mahsulotning tannarxi va sifati, xo‘jalik
hisobi, mehnatni hisobga olish va me’yorlash, ish haqi, brigada
haqidagi tushunchalarni hosil qilish;
— korxonalarga, fermerlik xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa
tashkilotlariga ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda iloji bo‘yicha yordamlashish.
Umumta’lim maktabini isloh qilish munosabati bilan vujudga
keladigan vazifalar maktab va ishlab chiqarish korxonasiga o'zaro hamkorlik masalasiga sifat jihatidan yangicha yondashishni
taqazo etadi. Ilgari ishlab chiqarish korxonasi maktabga asosan
moddiy yordam bergan bo‘Isa, endi uning roli beqiyos ortmoqda.
Ishlab chiqarish korxonasi maktabga yosh avlodning mehnat tarbiyasini amalga oshirishda ko'maklashuvi lozim. Maktab tajribasi ana shu ko'maksiz mazkur vazifani hal qilish qiyinligini ko'rsatmoqda.
Ham orlik to‘g‘risida har yili tuziladigan shartnoma umumta’lim maktabi bilan korxonaning o'zaro munosabati uchun asos hisoblanadi. Korxona maktabga o'quvchilarning mehnat tarbiyasida, kasb tanlash ishlarida, shuningdek, nmktabning moddiv-texnik bazasini mustahkamlash va kengaytirishda yordam berish majburiyatini o'z zimmasiga olishi homiylik tarzida bajariladi.
Maktablar baza korxonalar uchun muayyan mahsulotlar
chiqarish bilan cheklanmav, ularga korxonaning turli tadbirlarini
o'tkazish uchun binolarini taqdim etadilar, shanbaliklarda yordam beradilar, korxona kollektivi bilan birga saylovlar va boshqa
ommaviy-siyosiy kompaniyalarda qatnashadilar. Korxonaga
ota-onalar o'rtasida pedagogik tashviqot ishlarini olib borishda
ko‘maklashadi. Umumiy shartnomaga muvofiq zavod sexlari va
brigadalari bilan komolot guruhlari va sinflari o'rtasida turli xil
musobaqa yuzasidan shartnomalar tuziladi. Tajriba ana shunday
«muqobil raportlar» bolalarning o‘qish va mehnatga munosabatlarida juda katta ijobiy ta’sir etishini ko'rsatmoqda.
O‘quvchilarning ijtimoiy foydali va ishlab chiqarish mehnatini
tashkil etishda umumta'lim maktabining mehnat ta’limi darslari
1—9-sinf o'quvchilarining mehnat va kasbiy ta'limi hamda tarbiyasi mazmunining asosiy qismi ekaniga alohida e’tibor berish
kerak.
Ijtimoiy-foydali, unumli mehnat uchun ajratilgan soatlarga
mehnat va kasbiy ta’lim uchun ko'zda tutilgan soatlarni ham
qo'shish lozim. Bunda ana shu ta’limga 1—7-sinflarda haftada
2 soatdan, 8—9-sinflarda 1 soatdan, ajrati 1 ishi hisobga olinishi
kerak. 0 ‘quvchilarni kasbga yo'naltirish ishlari 8-sinfdan boshlab
amalga oshiriladi. O'quv rejada majburiy ijtimoiy foydali mehnat
uchun haftasiga 2—4-sinflarda 1 soatdan, 5—7-sinflarda 2 soatdan, 8—9-sinflarda 3 soatdan ajratish ko'zda tutiladi. Amaliy va
nazariy ta’lim vaqtlarining nisbati o'quv dasturlarda belgilanadi. Bundan tashqari, har yili 5—7-sinflarda 3 soatdan 10 kun,
8—9-sinflarda 4 soatdan 16 kun o'quvchilarning mehnat amaliyoti o'tkaziladi.
Amalivotni o'tkazish muddati, joyi va tartibi umumta’lim
maktablarining mahalliy sharoitlariga qarab belgilanadi. Shuningdek, o'quvchilar ta’til davrida mehnatga qo'shiladigan vatanparvarlik harakatida dadil qatnashib, turli mehnat birlashmalari tarkibida turli barkamollik ishlarida ixtiyoriy ravishda
ishlaydilar. O'quvchilarga amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda vaqtincha ishga kirish huquqi ham beriladi. Ta’til paytida kundalik ish vaqtida 2—4-sinf o'quvchilari uchun 2 soat, 5—7- sinf o'quvchilari uchun 3 soatgacha, 8—9-sinf o'quvchilari uchun 4 soatgacha, bo'lishi kerak. 8—9-sinf o‘quvchilarining ijtimoiy foydali, unumli mehnati
obyektlarni to‘g'ri rejalashtirishda ularning kasbiy tayyorgarligi
uchun qulay sharoit yaratadi, maktablarga 1—7-sinf o'quvchilari
mehnatini tashkil etishda, ularning mehnat tarbivasi va ta’limini
amalga oshirishda asbob-uskunalar, moslamalar, inventarlar,
material va hokazolarni ajratish, mutaxassislar, ishchilarni yuborish bilan katta yordam ko'rsatadi. Shuning uchun, tajribada ko'rinayotganidek, ba’zan maktablararo markazlar ishlab chiqarish obvektlarida o'rta sinflardagi o'quvchilarning imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Chunki ular sanoat korxonalarining
ishlab chiqarish buyurtmalarini muvaffaqiyatli bajara oladilar. Bu
ishning maqsadga muvofiqligi va muhimligini hisobga olib uzoq
va har tomonlama tayyorlanish, o'rta zveno o'quvchilarining
ishlab chiqarish mehnatini um umiy ta’lim maktablarida ham,
maktablararo markazlarda ham tashkil etish lozim. Ana shu masala buyurtmalarini o'rta sinflardagi o'quvchilar bajaradigan baza korxonalarining rahbarlari bilan turli doiralarda, jumladan,
o'quvchilar va ota-onalarning majlislarida ham oldindan batafsil
muhokama qilish zarur.
Bajariladigan ishlar o'quv dasturining talablariga muvofiq
bo'lishi, buyum larni tayyorlash o‘rta sinflarning o'quvchilari
uchun qiyinlik qilmasligi kerak. Ana shu shartlarga rioya qilmaslik maktabni sanoat korxonasining qo‘shimcha bir qismiga
aylantirib qo‘yishi yoki buyumni tayyorlash haddan tashqari murakkab bo'Isa, ishlab chiqarish mehnati barbod bo'lishi mumkin.
Baza korxonalar maktabda o'quv-ishlab chiqarish ustaxonalari tashkil qilishlari va bu ustaxonalarda slesarlik, mexanika, yog‘ochni ishlash, elektromontaj, tikuvchilik uchastkalari bo‘ishi, shuningdek, maktab kasb tanlash xonasini jihozlanishiga e'tibor qaratishi zarur.
Ustaxonalarni jihozlashda xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va sanoat estetikasi talablariga alohida ahamiyat
berish kerak. O'quvchilar tayyorlaydigan buyumlarning ko'pi xalq iste'mol mollari bo'lgani uchun ularni ishlab chiqarishga muayyan reja
belgilanadi va bunday buyumlarni tayyorlash faqat darslarda
emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham amalga oshirilishi
kerak. Ana shu maqsadda asosan o'rta sinflardagi o'quvchilardan
iborat bir nechta doimiy ishlab chiqarish zvenolarini tashkil
etilishi va ularning ishi maxsus tuzilgan grafik bo'yicha yo'lga
qo'yilishi lozim. Tayyorlangan mahsulot maktablararo texnik markazning va korxonadagi texnik nazorat bo'limining vakillari tomonidan qabul qilinadi. Bu esa baza korxonaning buyurtmalari braklarsiz va e'tirozsiz bajarilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar ishlab topgan pul maktab hisobiga o'tkaziladi. Ana shu mablag'dan eng yaxshi namuna ko'rsatgan o‘quvchilarga qimmatli sovg‘alar olinadi, ishlab chiqarish otryadlarining a'zolari yakka tartibda ish haqi oladilar. Brigadir o'qituvchi bilan birga har bir o'quvchi mehnatda qay darajada qatnashganini ifodalaydigan tabelni yuritadi. O‘rta va yuqori sinflardagi o'quvchilar ijtimoiy foydali, ishlab chiqrish mehnatining asosiy yo‘nalishi sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ishlardir. O‘quvchilar mehnatining boshqa yo‘nalishlarini ham unutmaslik kerak. Quyi va o‘rta sinflardagi o'quvchilarning maktabni obodonlashtirish, tabiatni muhofiaza qilish va lkkilamchi xomashyolar yig‘ish kabi ishlarni bajarishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarning ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatining
aniq mazmunini hokimiyatlar yoki ular bilan kelishilgan holda
xalq maorifi organlari, korxona va maktab rahbarlari belgilaydi.
Bunda kasbiy ta’lim dasturi, mahalliy sharoitlar, korxonalar hamda maktablarning ehtiyojlari hisobga olinishi, o‘quvchilar mehnatini muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga jiddiy rioya etilishi
kerak.O'quvchilar mehnatining tashkiliy shakllari har xil bo'lishi
mumkin, lekin ular ishning mazmuni va hajmiga, doimiyligi
yoki vaqtinchaligiga, o'quvchilarning yoshiga qarab belgilanadi.
Bulardan eng asosiysi o'quvchilarning ishlab chiqarish brigadasi, o'rmon xo‘jaligi, mehnat va dam olish lageri, yuqori sinf
o'quvchilarining mehnat otryadi va boshqa mehnat birlashmalari,
maktablararo markaziy korxonaning o'quv sexidagi va maktab
ustaxonasidagi doimiy yoki vaqtinchalik, bir xil yoshli yoki turli
yoshdagi o'quvchilardan iborat bo'lishi mumkin.
O'quvchilar uchun me’yorlar ularning yoshi, jinsi, ish sharoitiga qarab va meditsina xodimlari bilan kelishib belgilanadi. Xalq xo‘jaligida o‘quvchilar mehnatini hisobga olish va ularga haq berish, rahbarlik qiluvchi pedagogik kollektivlar mehnatiga haq to'lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘quvchilar mehnatini hisobga olishda maktablarning, maktablararo markazlarning xodimlari, shuningdek, o'quvchilar, brigadirlar va zveno boshliqlari ham ishtirok etadilar. O‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatda qanday ishtirok etgani, ularning o‘qishga va ijtimoiy foydali mehnatga havasini baholashda, shuningdek, yuqori sinfni bitiruvchilarga tegishli belgilar berishda albatta hisobga olinishi kerak.
Ijtimoiy-foydali, ishlab chiqarish mehnatining pedagogik rolini oshirish uchun har bir o'quvchiga «Mehnat daftarchasi» joriy
etish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy-foydali, ishlab chiqarish mehnatining ayrim tashkiliy-metodik va sotsial-iqtisodiy masalalariga e’tiborni kuchaytirish uchun o‘quvchining mehnat daftarchasida quydagi maxsus bo'limlar ajratiladi:
— o'quvchilar korxonalarda bajargan mehnat obyektlari;
— baza korxona uchun maktablarning va maktablararo markazning o'quv ustaxonalarida bajarilgan ishlari;
— kasb-hunar kollej ustaxonalarida tayyorlangan mahsulot;
-- maktablar va maktablararo texnik ijodiyot markazlari ehtiyoji uchun ularning o'quv ustaxonalari va sexlarida bajarilgan ishlar;
— mehnat va dam olish lagerida bajarilgan ishlar;
— o'quvchilar ishlab chiqarish brigadasida bajariladigan ishlar;
— o'quvchilarning mehnat birlashmalarida bajariladigan ishlar;
— ta’lim muassasasining o‘quv xo‘jaliklariga yordam bo'yicha bajarilgan ishlar;
— tabiatni, hayvonlarni va yodgorliklarni muhofaza qilish
bo‘yicha bajarilgan ishlar;
-- maktabni, baza korxona maydoni va boshqa obyektlarni
obodonlashtirish bo'yicha bajarilgan ishlar;
— ikkilamchi xomashyolar yig'ish bo'yicha bajarilgan ishlar;
— elektr energiyasi, metall va boshqa materiallarni tejash
bo'yicha bajarilgan ishlar;
— o'quv ishlab chiqarish faoliyati jarayonida vaqtni tejash bo'yicha bajarilgan ishlar.
Mana shu ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati turlarining har biri o‘z o‘rni hamda vazifasiga ega. Binobarin, ularning har biri mehnat va kasbiy ta’lim nuqtayi nazaridan ham, mehnat va iqtisodiy tarbiya, shuningdek, kasb tanlash va ishga joylashish nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Shuning uchun har bir o‘quvchi ijtimoiy foydali, unumli mehnatda qatnashishi zarur.O‘quvchining mehnat daftarchasi uning maktabdagi butun ta‘lim davrida yuritiladi. Mana shularning hammasi ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati tashkilotchilarining diqqa te'tiborini o‘quvchilarning mehnatda chiniqishining asosiy
yo'nalishini xarakterlaydigan muhim ta'lim-tarbiya va ishlab
chiqarish vazifalariga jalb etadi.
Ijtimoiy-foydali mehnatdagi katta muvaffaqiyatlar uchun o'quvchilar mehnatini tashkil etuvchilar va rahbarlar rag'batlantiriladi va hukumat mukofotlariga taqdim etiladi.Korxonalar, maktablar va maktablararo texnika markazlari kombinatlarining rahbarlari o'quvchilar mehnatining xavfsizligi uchun shaxsan ma’sul hisoblanadilar. Ular o‘quvchilarining ijtimoiy foydali, unumli mehnati, xavfsizlik texnikasi, mehnat
muhofazasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga jiddiy
rioya qilingan holda tashkil etilishi zarurligini nazarda tutishlari kerak. Mehnat sharoitlari mehnat kasaba soyuzlarining sanitariya-epidemologiya xizmati, yong‘in, texnika inspeksiyalari
va zarur hollarda davlat nazorati bilan kelishib tashkil qilinishi
lozim.0‘quvchilar dastlabki meditsina ko‘rigidan o‘tkazilib, ularning
salomatligi haqida shifokorning xulosasi yoziladi, ularga mehnatning xavfsiz usullari o‘rgatiladi va yo‘riqnoma berilib, belgilangan
formada jurnalga qayd etiladi, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishlariga ruxsat etiladi.
Mehnat praktikasini o‘tkazishda shuni unutmaslik kerakki,
o'quvchilarni o'z yoshlariga nomuvofiq, epidemiologik jihatidan
xavfli, tungi, bayram kunlaridagi, zaharli ximikatlar qo‘llanadigan,
o‘smirlar uchun belgilangan me'yorlardan og‘ir narsalar ko‘tariladigan va tashiladigan ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Kasaba uyushmalarining texnika inspeksiyasi, korxonalarning kasaba uyushmalari, maorif, sog‘liqni saqlash organlari o‘quvchilarning ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati uchun me’yor va xavfsiz sharoit yaratilishi ustida nazorat olib boradilar.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling