Tashkil qilish
Download 21.78 Kb.
|
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO\'RSATISHNI
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO'RSATISHNI TASHKIL QILISH Bolalar salomatligini muhofaza qiluvchi muassasalarga bolalar ambulatoriya-poliklitnika muassasalari, bolalar stasionarlari va boshqalar kiradi. Ambulator-poliklinika yordamini ko'rsatadigan asosiy muassasalardan biri bolalar poliklinikasi bo'lib, u mustaqil va oilaviy poliklinika tarkibiga kiruvchi birlashgan poliklinikalardir. Bolalarga ambulatoriya-poliklinika yordami asosan poliklinikada, uyda, maktabgacha muassasalarda va maktablarda 0 yoshdan 14 yoshu 11oygacha bo'lgan bolalarga ko'rsatiladi. Bolalarning asosiy qismi (75-85%) bolalar poliklinikasida davolanadilar. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimi 30.03.07 qaroriga binoan bolalar poliklinikasi ish faoliyati davolash-profilaktika yordamining umumiy prinsiplari asosida tashkil qilinadi: " bolalarga uchastka prinsipi asosida xizmat ko'rsatiladi va profilaktik yo'nalishda olib boriladi" Bunda uchastkadagi 0-14 yoshdagi bolalar soni 700-800 tadan oshmasligi kerak. Bolalar poliklinikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xajmining oshib borishiga qaramay, xozirgacha asosiy shaxs uchastka pediatri yoki umumamaliyot shifokori bo'lib qolmoqda. Kasal bolalarga tibbiy yordam faqat uyda ko'rsatilishi, hamda sog'lom bolalargina va surunkali kasalliklarining tinch holatidagina poliklinikaga murojaat qilishlari zarur. Shuning uchun bolalarga uyga qilingan qatnovlarining 90% idan ortig’ini uchastka pediatrlari yoki umumamaliyot shifokorlari bajaradilar. Uchastka pediatri hamda umumamaliyot shifokori vazifalariga, davolashprofilaktika yordam ko'rsatishdan tashkari, sog'lom bolalarni profilaktik ko’riklarini tashkil qilish, surunkali kasalliklari bo'lgan bolalar ustidan dispanser nazoratini tashkil qilish kiradi. Uchastka pediatri va umumamaliyot shifokori bolalar salomatligini shakllanishi va rivojlanishini, sog'lom bolani voyaga yetkazish sharoitlarini, profilaktika masalarini va kasalliklarni asoratlarini, oiladagi sog'lom xayot tarzi sharoitlarini yaxshi bilishlari kerak. Bu maqsadda uchastka pediatri va umumamaliyot shifokori akusherginekologik muassasalar bilan aloqada bo'lishi va bolalar sog'lig'ini nazorat qilishda uzviy bog'liqlikni mustahkamlashlari shart. Bolalar shifoxanasida sog'lom bolalar bilan profilaktik ishlar uz ichiga uchastka pediatrii tomonidan profilaktik ko’rikni amalga oshirishni qamrab oladi, bunda ota-onalarga bolalarni ovqatlantirish, jismoniy tarbiya, chiniqtirish va boshqalar bo'yicha tavsifnomalar beriladi. Labaratorik-tashxis kuzatuvlar, shifokor-mutaxasislar ko’rigini tashkil etish va uning salomatligiga xafli faktorlar mavjudligi go’dak yoshiga bog’liq. Kompleks tibbiy ko’riklar o’tkazish kasalliklarni boshlang'ich davrida aniqlash, o’z vaqtida davolashni olib borish va shu o’rinda surunkali rivojlanish jarayonini oldini olish imkonini beradi. Alohida e'tibor yil davomida 4 va undan ko'proq kasallanuvchi, 40 kundan uzoqroq muddatli tez kasallanuvchi guruhiga taluqli bolalarga qaratilishi zarur, chunki aynan shu bolalarda turli xildagi surunkali kasalliklar rivojlanadi. Tez va uzoq muddatli kasallanuvchi bolalarni nazorat ostiga olishadi (f.ʋ30/u) va har bir go’dak bilan alohida nafaqat profilaktik, umumsog'lomlashtirish, balki maxsus davolash tadbirlari olib boriladi. Salomatlik guruhining 3,4,5 guruhi bolalari ya'ni turli davrdagi surunkali kasalliklari bor bolalar pediatr yoki mutaxasislar nazoratida bo’ladilar va u yoki bu patalogiyasiga qarab davolanib turadilar. Dispanserizasiya ishining samaradorligi va nazoratdan chiqarish kriteriyasi bo'lib bemorning umumiy holatining qoniqarliligi, yaxshi emosional ko’rinish, uzoq barqaror doimiy harorat, klinik va rentgenologik kasalliklarining yo'qligi hisoblanadi. Ushbu guruhga kiruvchi bemor bolalarni nazoratdan chiqarish masalasi shaxsiy xal etiladi, ammo asosan bolalar umumiy salomatlik holati yaxshilanishganidan ikki yildan so’ng amalga oshiriladi. Sog'lom va kasal bolalar bilan olib boriladigan profilaktika ishlari bu ko’rgazmali va ishonchlilikka ega bo'lgan sanitariya-oqartuv ishlarini tashkil etishdan iboratdir. Sanitariya - oqartuv ishlari bo'yicha suxbatlar shifoxonada qabul vaqtida, hamda uyga tashrifida va maxsus mashg’ulotlarda olib boriladi. Sanitariya oqartuv ishlarini tashkil etishda "Sog'lom bola" xonasi katta rol' uynaydi, bu yerda ota-onalarni sog'lom bolani tarbiyalash qoidalariga o’rgatiladi, sog'lom xayot tarzi asoslari targ’ibot qilinadi. Tabiiyki, "sog'lom bola" xonasi uslubiy materiallar, ko’rgazmali qurollar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Sog'lom bola xonasi ishining maxsus bo'limi maktabgacha va maktab muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko’ruvchi bolalar bilan alohida tadbirlar o’tkazishdan iborat bo'lishi kerak. Download 21.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling