O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn



O’ZBEKISTON RESPUBLIKA OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Z.Yo’ldoshev X.Xalilova
MILLIY VA JAHON IQTISODIYOTI
o’quv qo’llanma
TOSHKENT – 2013


2
Z.Yo’ldoshev X.Xalilova. Milliy va jahon iqtisodiyoti. (o’quv qo’llanma).
Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2013. 220 bet.
“Milliy va jahon iqtisodiyoti” kursi bo’yicha qayta tayyorlangan mazkur
o’quv qo’llanmada Milliy va jahon iqtisodiyoti tushunchasi, O’zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi, uni bozor iqtisodiyotiga o’tishi,
Respublikada milliy iqtisodiyotning shakllanishi, uning rivojlanishini ta’minlovchi
omillar, milliy iqtisodiyotning tarkibini qayta qurish, ishlab chiqarish va sotsial
majmualarni isloh qilish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. SHuningdek
qo’llanmada strategik rejalashtirish, O’zbskistonning tashqi iqtisodiy faoliyati,
rivojlangan, rivojlanayotgan hamda iqtisodi o’tish davriga xos bo’lgan
mamlakatlar iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari ham ko’rsatilgan.
Mazkur o’quv qo’llanma iqtisodiy oliy o’quv yurtlari talabalari, professor-
o’qituvchilari hamda milliy va xalqaro iqtisodiyotta qiziquvchi kitobxonlarga
mo’ljallangan.
Mazkur o’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti “Mintaqaviy iqtisodiyot”
kafedrasining 2013 yil 5 fevraldagi ___-qarori bilan institut qoshidagi Oliy o’quv
yurtlararo ilmiy uslubiy kengashning 2013 yil ___ fevralida muhokama qilingan va
___-sonli Qaror bilan nashrga tavsiya qilingan.
Ma’sul muharrir: i.f.d., prof. N.Xaydarov
Ichki taqrizchi: i.f.d., prof. Yo. Abdullaev
Tashqi taqrizchi: i.f.d., prof. A.Bekmurodov


3
KIRISH
O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor
munosabatlariga asoslangan Milliy iqtisodiyoti shakllana boshladi. Milliy
iqtisodiyot - bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan
maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim
sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi,
umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil
davlatchilikni taqozo qiladi.
Jahon (xalqaro) iqtisodiyoti esa bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi, xalqaro
aloqalarga intiluvchi barcha milliy iqtisodiyotlar yig’indisidir. Milliy va jahon
iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari, integratsiyalashuv omillari,
tendentsiyalarini iqtisodiy oliy o’quv yurti talabalarining bilishlari maqsadga
muvofiqdir.
Bakalavr darajasini olayotgan har bir talaba mustaqil davlatning iqtisodiy
siyosatini, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’z modelini, uning shakllanish
jarayonini bilmog’i lozimdir.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi Oliy o’quv yurtlarining moliya, bank ishi,
soliq va soliqqa tortish, sug’urta ishi, buxgalteriya hisobi va audit hamda boshqa
iqtisodiy yo’nalishlarida o’qiyotgan bakalavr-talabalari uchun mo’ljallangan
bo’lib, ularni mamlakat iqtisodiyotida kechayotgan chuqur va ko’p qirrali
jarayonlarni o’rganishga undaydi.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi O’zbekiston iqtisodiyotining bozor
munosabatlariga o’tishi, itisodiyotni isloh qilish jarayonlarini, o’zbek milliy
modelining mohiyatini hamda respublika aholisining yuqori turmush darajasiga
ega bo’lgan iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga bosqichma-bosqich o’tish
jarayonlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi quyidagi vazifalarni hal qilishga e’tiborni
qaratadi:
- Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurish va rivojlanishning o’ziga xos
yo’llarini va muammolarini o’rganadi.
- Respublikaning iqtisodiy potentsialini, uning tarkibini, o’sish dinamikasini
tahlil qiladi.
- Iqtisodiyotni boshqarish vazifalarini va asosiy printsiplarini hamda bozor
iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish va davlat tomonidan iqtisodiyotni
tartibga solish tizimini o’rganadi.
- Mamlakatni tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil qilish, xorijiy davlatlar bilan
iqtisodiy hamkorlik o’rnatish tartibini o’rganadi.
- Globallashuv jarayoni va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv shakllari,
uning mexanizmlarini o’rganadi va h.k.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi mamlakatimiz iqtisodiyoti, uning iqtisodiy
komplekslari, iqtisodiy islohotlar, ularning natijalari, bir-biri bilan bog’liq bo’lgan
tarmoqlarini hamda rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davriga xos bo’lgan
davlatlar iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini o’rganishni taqozo
qiladi.


4
O’quv qo’llanma moliya, bank ishi, soliq soliqqa tortish, sug’urta ishi,
buxgalteriya hisobi va audit, qimmatli qog’ozlar va birja ishi hamda boshqa
iqtisodiy yo’nalishlarda o’qitilishini nazarda tutib hamda ishchi o’quv rejasidagi
ajratilgan soatlarni kamligini e’tiborga olib, unga O’zbekiston iqtisodiyotini
rivojlanishida moliya-kredit tizimi kabi ixtisoslik fanlaridan o’tiladigan hamda
alohida fan sifatida o’qitiladigan xususiylashtirish va tadbirkorlikning ayrim
mavzulari qaytarish bo’lmasligi uchun, ongli ravishda mazkur kursga kiritilmadi.
Mazkur o’quv qo’llanma tayyorlash va nashr qildirishda yaratilgan sharoit va
yordam uchun Toshkent Moliya instituti rektori U.Azizovga hamda “Mintaqaviy
iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Z.Abdalovaga mualliflar minnatdorchilik bildiradi.
SHuning bilan birga mualliflar statistik ma’lumotlarni yangilashda, ularni tahlil
qilishda ko’rsatgan amaliy yordami uchun “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasi
o’qituvchisi Aliev Sanjarga ham o’z minnatdorchiligini bildiradi.


5

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling