O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Iqtisodiy faoliyat – u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida
individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish,
xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlardir.
Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat:
birinchidan u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga
egaligi;
ikkinchidan maqsadning dolzarbligi;
uchinchidan boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun
to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi.
Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi.
Iqtisodiy
faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini,
siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni
muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida
mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb
etadi.
Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan jarayondir.
Jahon xo’jaligining rivojlanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, turli
mamlakatlar va regionlar o’rtasida savdo-moliya,ishlab chiqarish
munosabatlarining muntazam o’rnatilishi, eski tosh qurollaridan eng murakkab
elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishgacha bo’lgan murakkab yo’lni
bosib o’tdi.
Jahon xo’jaligi dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo’jaliklarining jahon
iqtisodiy aloqalari orqali uzviy bog’langan va tarixan shakllangan majmuasidir.
SHunday qilib, jahon xo’jaligi yoki Jahon iqtisodiyoti doimiy o’zgarishda
va xarakatda bo’ladigan, bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi, xalqaro aloqalarga
intiluvchi milliy xo’jaliklar yig’indisidir. Jahon iqtisodiyoti haqida o’quv
qo’llanmaning oxirgi boblarida batafsil to’xtalamiz.
O’zbekiston

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling