O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
bozor iqtisodiyoti asos qilib olindi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- besh tamoyili
bozor iqtisodiyoti asos qilib olindi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar
tajribasidan, ayniqsa, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa qator Osiyo davlatlari namunalaridan to’g’ri foydalanilgan holda, mumkin qadar tezroq, aholining hech bir tabaqasiga katta ziyon yetkazmasdan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligi davlat siyosatining mazmunini tashkil qildi. Buning uchun har taraflama keng iqtisodiy islohotlar o’tkazish rejalashtirildi va respublikada bozor munosabatlariga o’tishning quyidagi nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi: · iqtisodning mafkuradan holi bo’lishi va uning siyosatdan ustuvorligi; · davlatning bosh islohotchi bo’lishi; · qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi; · xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish; · bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tib borish. SHuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan rivojlanishning bu besh tamoyili amalda o’zining xayotiyligini to’la tasdiqladi. Amaliy ish jarayonida O’zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni o’tkazishni o’ziga xos yo’lini to’g’riligi va ta’sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar jahon jamoatchiligi tomonidan ma’qullandi. Mazkur tamoyillarni amalga oshirib, respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, eng muhimi – bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma-bosqich ilgarilab borish ta’minlandi. O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning «O’zbekiston modeli», «O’zbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bo’ldi. SHu borada bir misol keltirish o’rinlidir. Bugun barcha davlatlarni tashvishga solayotgan, hali-beri davom etayotgan, jahon miqyosida eng dolzarb,eng og’ir masala bo’lib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozni hisobga olgan holda, O’zbekiston oxirgi yetti yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8-8,5 foiz iqtisodiy o’sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir. O’zbekiston iqtisodiyoti yigirma yil davomida 3,5 barobardan ziyod o’sdi. Yalpi ichki mahsulot jon boshiga 2,5 barobar oshdi. O’zbekiston Respublikasi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xo’jaligi majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. SHu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling