O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


taqsimotiga asosan xom ashyoni yetkazib beruvchi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

taqsimotiga asosan xom ashyoni yetkazib beruvchi mavqeini egallardi. Bunday
sharoitda xalq xo’jaligini “milliy iqtisodiyot” tushunchasi bilan taqqoslash
mumkin emas edi.
Endilikda O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi,
iqtisodiy rivojlanishning o’z yo’lini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan
respublikada hozirgi zamon milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi. Mustaqillik
yillarida O’zbekiston yangi davlatchilikni shakllantirish, istiqlolni real mazmun


11
bilan to’ldirish, Sovet Ittifoqining qulashi tufayli vujudga kelgan yalpi ijtimoiy-
iqtisodiy inqiroz sharoitida bozor munosabatlariga o’tishning qiyin va mashaqqatli
yo’lini bosib o’tdi. O’tgan davr sobiq yagona xalq xo’jalik majmuasi xarobalari
o’rnida milliy iqtisodiyotnnig tamal toshini qo’yish davri hamdir. Bugun
mamlakatda yangi iqtisodiy tizimning asosiy unsurlari shakllantirilgan – yangi
iqtisodiy xokimiyat organlari, milliy moliya, ichki va tashqi bozor, bozor
institutlari tizimi, xo’jalik qonunchiligi me’yorlari yaratildi.
“... Mamlakatimiz 1991 yilda o’z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy
taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. O’tgan davrda amalga oshirilgan
barcha ishlarimizni baholar ekanmiz, bugungi O’zbekistonning shakllanishidagi
ikki bosqichni alohida ajratib ko’rsatish uchun barcha asoslarimiz bor:
birinchi bosqich – 1991-2000 o’tish davri va milliy davlatchilik asoslarini
shaklantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o’zgarishlar davri. Ikkinchi
bosqich – 2001-2010 iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish siyosiy hayotimizni,
qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni isloh qilish aholi
turmush darajasini muntazam oshirib borishni ta’minlash
2
...
Jahon xo’jaligining shakllanishi ham bir necha bosqichlardan iboratdir.
1. (XV – XVII asrlar) – yangi yerlarning ochilishi – buyuk geografik
kashfiyotlar bilan bog’liq bosqich bo’lib, asosiy savdo yo’llari Hind va
Atlantika okeani orkali o’tgan. Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya
Gollandiya kabi davlatlar eng katta mustamlakalarga ega bo’lgan va jahon
savdosiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan;
2. (XVIII – XIXasrlar) – xalqaro savdo dunyoning barcha mamlakatlari va
regionlarini qamrab olgan davr. Xalqaro mehnat taqsimoti, jahon bozorining
rivojlanishi, mexanizatsiya va mashinalashgan sanoat Yevropaning bir
qancha mamlakatlari va AQSHda vujudga keladi;
3. Jahon iqtisodiyotining kengayishi( XIX asr oxiri XX asr o’rtalarini o’z
ichiga oladi) bunda transport, qit’alararo aloqalar, dunyo bozorining tez
rivojlanishi (etakchi davlatlar tomonidan dunyoni qayta bo’lib olinishi,
kapital migratsiyasi);
4. Jahon iqtisodiyotining chuqurlashuvi (XX asr oxiridan hozirgacha) yirik
mashina industriyasi, transport va dunyo bozorining birgalikda rivojlanishi,
jahon xo’jaligining globallashuv, integratsiyalash jarayonlarini
chuqurlashishi, yirik mintaqaviy integratsiyani vujudga kelish davri.
Har qanday jamiyatning shakllanishi va taraqqiy etishida shu jamiyatni
boshqara oladigan qonunlar dasturlar muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda
ham jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy xayotini yaxshilashga va erkin fuqarolik jamiyati
qurishga karatilgan bir qator qonunlar qabul qilindi: «Mulkchilik to’g’risida»,

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling