O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Bozor iqtisodiyoti tizimi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Totalitar-rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi
- Aralash iqtisodiy tizim.
- Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish imkoniyatini beradigan usullar
- Mamlakatning boyligi quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisi bilan baholanadi
- YaLPI MILLIY MAHSULOT
Bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordagi talabni qondirishga qaratilgan,
bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko’rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi. Bozor tizimida daromad topish chegaralanmaydi, boy bo’lish ta’qiqlanmaydi, o’ziga to’q, farovon yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo’ladi. Bozor tizimi asosida tovar ishlab chiqarish, pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning barcha mamlakatlarida bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas. Totalitar-rejali yoki buyruqbozlik-ma’muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to’la to’kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug’iga binoan hal qilinadi. Boy bo’lish ta’qiqlanadi, kambag’allarning tengligi hukm suradi. Bunday iqtisodiy tizim sobiq sotsialistik mamlakatlarda bo’lgan. Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va nobozor aloqa- munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyot yuksak texnologiya, g’oyat yuqori mehnat unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to’kinchilikni ta’minlaydi. Aholining ko’pchiligi mulk sohibiga aylanadi. · Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish imkoniyatini beradigan usullar: Xalqaro bozorda raqobatbardoshlik afzalligini ko’rsatkichi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini baholaydigan muhim ko’rsatkichdir. Milliy iqtisodiyotda u yillik milliy daromad xajmini yil davomida sarflangan barcha resurslarning qiymatiga bo’lgan nisbatidir. Mamlakatning boyligi quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisi bilan baholanadi: 1. Aholining jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) 2. Tabiiy resurlar qiymati 3. Mehnat resurslarining qiymati 4. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va turlari korxonalarining qiymati. Mamlakat ixtiyoridagi mavjud resurlar yuqoridagi ko’rsatilgan usullar bilan aniqlanishi mumkin. Milliy iqtisodiyot faoliyati har xil makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Qanchalik mahsulot ko’p ishlab chiqarilsa, shunchalik mamlakat boy bo’ladi, iqtisodiyot samarali faoliyat ko’rsatadi va hokazo. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot xilma-xildir. Uning soni va xillari millionlar bilan o’lchanadi va xilma xil o’lchov birliklari bilan ifodalanadi (dona, metr, tonna, kilovat soat va hokazo ) ularni bir-biri bilan taqqoslab yoki qo’shib bo’lmaydi. SHuning uchun ularning hammasini yagona asosga keltiradigan, yagona o’lchov birligi zarur bo’ladi. Ana shunday ko’rsatkich bo’lib amaliyotda qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi (so’m, dollar, yevro, rubl, funt sterling va hokazo). 20 Makroiqtisodiyotda quyidagi ko’rsatkichlar yordamida iqtisodiyotning rivojlanishi yoki pasayishi, uning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, o’lchanadi; ·Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ·Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ·Inflyatsiya ·Davlat byudjeti taqchilligi ·Deflyator-inflyatsiyaning xaqiqiy darajasini ifodalovchi ·Iste’mol baholar indeksi ·Ishsizlik darajasi va ishsizlik soni, aholining ish bilan bandliligi darajasi ·Aholini moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, uning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va qator boshqalar. Ishlab chiqarishning natijalarini ifodalaydigan makroiqtisodiy ko’rsatkich bu YaLPI MILLIY MAHSULOT (YaMM) hisoblanadi. YaMM bir yil ichida Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling